namoyon bo‘lishi guruh tarzidagi o‘zaro munosabatlarning namoyon bo‘lishi sifatida, guruh tarzidagi namoyon bo‘lish esa shaxsning o‘zini namoyon qilishining aniq shakli sifatida yuzaga chiqadi. Bu shaxs tuzilishining ta’riflaridan birini shaxsning intraindivid kichik sistemasini tashkil qiladi. Intraindivid va interindivid kichik sistemalari shaxsning o‘zini namoyon qilishining barcha jihatlarini aks ettira olmaydi.
Shaxsning tuzilishini tarkib toptiradigan uchinchi bir qismni - metaindivid (indieidning ustki ko‘riniish) kichik tuzilishini ham alohida ko‘rsatish imkoniyati mavjuddir.
Bunda shaxs individning organik gavdasidan tashqariga chiqarilib qolmasdan,
balki uning boshqa individlar bilan «shu erda va endilikda» mavjud bo‗lgan
aloqalaridan ham tashqarida joylashtiriladi. Bunday guruhrlda subyektning o‗z
faoliyati yordamida bilib yo bilmasdan boshqa kishilarga o‗tkazadigan
«jamg‗armalari» psixologning diqqat markazida bo‗ladi. Bu bilan individ shaxs
sifatida o‗zi bilan u yoki bu darajada bog‗liq ‗damlarning aqliy va hissiy-irodaviy
jihatlarida faol tarzda hosil qilinadigan tub o‗zgarishlar subyekti bo‗lib xizmat
qiladi. Gap subyektning boshqa individlarga taosir o‗tkazishi chog‗idagina emas,
balki bevosita bir lahzalik o‗zaro birgalikda harakat qilish chegaralaridan
tashqarida ham o‗zligini boshqalarda o‗ziga xos davom ettirishdsk faol jarayon
haqida bormoqda. Subyektning o‗zligiki boshqa individda davom etgirishdan,
boshqa kishilarga o‗tkazilgan «jamg‗armalar» hisobiga o‗zining shaxs sifatida
boshqalar «ko‗ngildagidek» o‗rnashib qolishi tahminlashdan iborat bo‗lgan bu
jarayon personalizatsiya (personajlashtirish) degan nom olgandir.
Shaxsni tadqiq etish metodlari. Aniq izlanish redmetiga ega bo‗lgan har qanday
fan o‗sha redmetning mohiyatini yoritish va materiallar to‗lash uchun maxsus usullar
va vositalardan foydalanadi va ular fanning metodlarn deb yuritiladi. Fanning
salohiyati va obro‗si ham birinchi navbatda o‗sha metodlar yordamida to‗langan
mahlumotlarning ishonchliligi va validliligiga bog‗liq bo‗ladi. Bu fikrlar bevosita
psixologiyaga ham aloqador bo‗lib, metodlar masalasi bu fanda juda katta ahamiyatga
molik masala sifatida qaraladi. Chunki yuqorida taokidlaganimizdek, psixik
hodisalarni bevosita qo‗l bilan ushlab, ko‗z bilan ilg‗ab, quloq bilan sezish qiyin.
Lekin juda ko‗lab fanlar bilan faol hamkorlik shunga olib kelganki, psixologiyaning
har bir tarmog‗i o‗z vazifalarini echish va ma‘lumotlarga ega bo‗lishuchun ko‗lab
metodlarni sinovlardan o‗tkazib, eng ishonchli va mukammallarini saqlab qolgan.
Matematik statistika va ehtimollar nazariyasining psixologiya sohasida
qo‗llanilishi va unda erishilgan muvaffaqiyatlar avvalo har bir metodning
ishonchlilik darajasnni aniqlash, qolaversa, to‗langam ma‘lumotlarning qay
darajada asosli va valid ekanligini isbotlashga yordam beradi.
Havola etilayotg‗an metodlar turkumi R.S.Nemovning «Psixologiya» (1996y.)
kitobidan olingan va ular amaliyotda ishlatilayotgan eng asosiy metodlar
hisoblanadi.