О‗zbekistоn respublikasi оliy va о‗rta maxsus ta‘lim vazirligi



Yüklə 0,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/19
tarix13.04.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#97259
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
1- mavzu Shaxs psixologiyasining metodologik printsiplari

Psixologik eksperiment 
Eksperimentning mohiyati shundaki, aynan shu yo‗l bilan bir omilning ta‘siri 
ikkinchi bir omil ta‘sirini tahminlashi yoki hodisaning ro‗y berishiga olib 
kelganligi isbotlanadi. 
Ya‘ni, ekseriment psixik hodisalarning sabablarini aniqlash va ilmiy farazlarni 
isbot qilishga yordam beradi. Masalan, o‗quvchilarning o‗zlashtirish darajalari 
qanday omillarga bog‗liq, degan savol paydo bo‗lsa va bunday omillardan biri 


o‗quv jarayonida tarqatma materiallardan keng foydalanish lozimligi fikri taxmin 
qilinsa, o‗sha ekseriment sinfida tarqatma materiallar ishlatiladi, ikkinchi sinov 
sinfda esa eskicha o‗qitilaveradi. Natija ma‘lum muddatdan keyin bolalarning 
o‗zlashtirish darajasi, darsga munosabatlari, xotiralari kuchi orqali tahlil qilinadi. 
Mana shunga o‗xshash jarayonlar va sinovlar ekseriment deyiladi va hayotda va 
psixologik amaliyotda ko‗lab murakkab ekserimentlar aniq dasturlar asosida 
o‗tkaziladi, yangiliklar ochiladi. 
Har qanday ekseriment uchun odatda ataylab shunday sun‘iy bir vaziyat 
shakllantiriladiki, aynan shu vaziyatda tadqiqotchini qiziqtirayotgan psixik jarayon 
yoki hodisa ajratiladi, o‗rganiladi, ta‘sir ko‗rsatiladi va baholanadi. Agar tabiiy 
ekseriment o‗sha qiziqtirayotgan fenoment tekshiriluvchi uchun tabiiy hisoblangan 
sharoitlarda (masalan, mehnat jarayonida, kanikulda, yozgi lagerda, litsey 
auditoriyasida va shunga o‗xshash) maqsadli tashkil etilib, o‗rganilsa, laboratoriya 
ekserimenti maxsus joylarda, maxsus asbob-uskunalar vositasida ataylab 
o‗rganiladi. Masalan, diqqatingizning xususiyatlarini bilish kerak bo‗lsa, 
psixologiya laboratoriyasida maxsus taxistosko deb atalgan moslama yordamida 
yoki «dandolt halqachalari» deb nomlangan jadvallar yordamida o‗rganish 
mumkin bo‗ladi. Hattoki, ijtimoiy munosabatlar borasida ham o‗zaro hamjihatlik, 
liderlik va konformlilik hodisalarini tekshirish uchun guruhiy integratorlar va 
gomeostat deb nomlanuvchi moslamalar yaratilgan va ular yordamida guruhdagi 
turli xil hodisalar o‗lchangan. 
Ekseriment o‗tkazishning asosiy shartlaridan biri tekshirilayotgan oboektda 
ekseriment hamda nazorat guruhlarining bo‗lishidir. Tadqiqotchining taxmini 
asosida birinchi guruhda u yoki bu o‗lchovlar, tekshirishlar, shart-sharoitlar 
kiritilsa, nazorat guruhi o‗sha yangiliklar va sun‘iy kiritilgan omillar ta‘siridan holi 
qilinadi. Ekseriment so‗ngida natijalar ikkala guruh misolida taqqoslanib, kerakli 
xulosalar chiqariladi. Oddiy qilib paytilsa, agar maosh mehnat motivatsiyalaridan 
biri deb, uning ta‘sirini o‗rganish kerak bo‗lsa, ekserimental guruh a‘zolariga 
maoshlar ko‗paytirib beriladi, nazorat guruhi esa eski maoshda qoldiriladi. Ikkala 
guruh a‘zolarining esa kundaliklik ish samaralari, ishga munosabati, ishlab 
chiqarishdagi mahsuldorlik maxsus mezonlar asosida taqqoslab chiqiladi. Demak, 
ekseriment uchun maxsus sharoitlar va natijalarni to‗g‗ri tahlil qilish uchun 
rofessional psixologlar kerak. 

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin