testning «sinov uslubi» ekanligi ko‗pchilikka ayon bo‗lib qoldi.
Psixologik
testlarning har qanday boshqa testlardan farqi shundaki, ular yordamida shaxs va
jamiyatga aloqador bo‗lgan o‗rganilastgan hodisa xususida ham sifat, ham miqdor
harakteristikalarini olish, ularni ko‗chilikda qayta-qayta sinash va ma‘lumotlarni
korrelyatsion analiz orqali ishonchlilikka tekshirish mumkin bo‗ladi. Ayni testga
qo‗yilgan talab hech qachon o‗zgarmaydi, hattoki, shunday testlar borki, ular turli
millat va elat vakillarida, turli davrlarda ham o‗zgarmagan holda ishlatilaveradi.
Masalan, Ravenning aqliy intellektni o‗lchash, Ettelning va Ayzenkning shaxs
testlari shular jumlasidandir. Ularning ham turlari mavjud.
Test — so‘rov oldindan qatiy tarzda qabul qilingan
savollarga beriladigan
javoblarni taqozo etadi.
Masalan, Aizenkning 57 ta savoldan iborat testi shaxsdagi introversiya—
ekstroversiyani o‗lchaydi, savollarga «ha» yoki «yo‗q» tarzida javob berish
so‗raladi.
Test — toshiriq odam xulqi va holatini amalga
oshirgan ishlari asosida
baholanish nazarda tutadi. Masalan, shaxs tafakkuridagi kreaktavlilikni aniqlash
uchun ko‗incha bir qarashda oddiygina toshiriq beriladi: berilgan 20 ta doira
shaklidagi shakllardan o‗zi xohlagancha rasmlar chizish imkoniyati beriladi.
Ma‘lum vaqt
va tezlikda bajarilish suroati, rasmlarning o‗ziga xos va
betakrorligiga qarab shaxs fikrlashi jarayonining naqdar nostandart,
ijodiy va
kreaktivligiga baho berilib, miqdoriy ko‗rsatgich aniqlanadi.
Bu kabi metodlarning umumiy afzalligi ularni turli yosh, jins va kasb egalariga
nisbatan qo‗llashning qulayligi, bir guruhida natija bermasa, boshqa guruhda yana
qayta tekshiruv o‗tkazish imkoniyatining borligi bo‗lsa, kamchiligi-baozan
tekshiriluvchi agar testning mohiyatini yoki kalitini bilib qolsa, sun‘iy tarzda uning
kechishiga ta‘sir ko‗rsatashi, faktlarni kalsifikatsiya qilishi mumkinligidir.
Testlar ichida p
roektiv testlar debnomlanuvchi testlar ham borki, testning asl
maqsadi tekshiriluvchiga sir bo‗ladi. Ya‘ni, tekshiriluvchiga
shunday toshiriq
beriladiki, u toshiriqni bajarayotib, nimani aniqlanayotganligini,
natijasi qanday
bo‗lishini oldindan bilmaydi. Masalan, mashhur Rorshaxning «siyoh dog‗lari»
testi, yoki TAT (tematik aertsetsion test), tugallanmagan hikoyalar kabi testlarda
bir narsaning roektsiyasidan go‗yoki ikkinchi bir narsaning mohiyati aniqlanadi.
o‗sha 1921 yilda kashf etilgan «siyoh dog‗lari» va ularga qarab tekshiriluvchining
nimalarni eslayotganligi, dog‗lar nimalarga o‗xshayotganligiga qarab, uning shaxs
sifatidagi yo‗nalishlari, hayotiy tamoyillari,
qadriyatlariga munosabati, ishni
bajarish paytidagi emotsional holatlari aniqdanadi. Bu testlar juda noyob,
qimmatli, lekin uni faqat rofessional psixologgina qo‗llashi va natijalarni mohirona
tahlil qilishi talab qilinadi.
Dostları ilə paylaş: