О‗zbekistоn respublikasi оliy va о‗rta maxsus ta‘lim vazirligi


"Psixologiyadan qisqacha izohli lug‘atda" individ bo‘linmas, ayrim jins, shaxs



Yüklə 0,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/19
tarix13.04.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#97259
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
1- mavzu Shaxs psixologiyasining metodologik printsiplari

"Psixologiyadan qisqacha izohli lug‘atda" individ bo‘linmas, ayrim jins, shaxs 
ma'nolarini anglatib, biologik turga kiruvchi alohida tirik mavjudot sifatida 
ko‘rsatib o‘tiladi.
Keltirilgan ta'riflardan shuni xulosa qilish mumkinki shaxs deb muayyan 
jamiyatda yashovchi faoliyatning biror turi bilan shug‘ullanuvchi, kishilar 
bilan normal til orqali munosabatga kirishuvchi ongli individga aytiladi. 
Psixologiya fanida inson zotiga xoslik masalasi individ (lotincha individ — 
ajralmas, alohida zot degan ma‘no anglatadi), shaxs, individuallik (yakkahollik) 
tushunchalari orkali aks ettiriladi. Katta yoshdagi ruhiy sog‗lom (esi-hushi joyida) 


odamlar ham, chaqaloq ham, nutqi yo‗q, oddiy malakalarni o‗zlashtira olmaydigan 
akli zaiflar ham individlar deb ataladi. Biroq bulardan birinchisinigi-na shaxs deb 
atash an‘ana tusiga kirib qolgan, chunki o‗sha zotgina ijtimoiy mavjudod, ijtimoiy 
munosabatlar mahsuli, ijtimoiy taraqqiyotning faol qatnashchisi bo‗la oladi. 
Individ sifatida yorug‗ dunyoga kelgan odam ijtimoiy muhit ta‘sirida keyinchalik 
shaxsga aylanadi, shuning uchun bu jarayon ijtimoiy-tarixiy xususiyatga egadir. Ilk 
bolalik chog‗idanoq individ muayyan ijtimoiy munosabatlar tizimi doirasiga 
tortiladi, bunday shaxslararo munosabatlar tarzi tarixiy shakllangan bo‗lib, u 
yoshligidanoq shu tayyor (ajdodlar yaratgan) ijtimoiy munosabat, muomala, 
muloqot tizimi bilan ta-nisha boradi. Ijtimoiy qurshov (oila a‘zolari, mahalla ahli, 
ja-moatchilik, ishlab chiqarish jamoasi), ijtimoiy guruh ichida (kishilarning 
og‗ushida, ularning qalb to‗risida) odamning bundan keyingi rivojlanishi uni shaxs 
sifatida shakllantiruvchi, uning ongi va irodasining xususiyatlariga mutlaqo bog‗liq 
bo‗lmagan har xil xususiyatli munosabatlar majmuasini vujudga keltiradi. 

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin