shaxsining ichki mexanizmini yuzaga keltiradi. Psixik tuzilishning "endopsixik"
qismi bo‗lsa, shaxsning tashqi muhitga nisbatan munosabatini, shaxsga qarama-
qarshi bo‗lgan barcha jihatlarni, shaxslararo va ob'ektiv munosabatini belgilaydi.
"Endopsixika" o‗z navbatida shaxsning ta'sirlanishi, xotira, tafakkur, xayol kabi
bilish jarayonlarining xususiyatlarini irodaviy zo‗r berish xislatlarini ixtiyorsiz
harakatlarni va shu kabi fazilatlarni aks ettiradi. "Ekzopsixika" esa o‗z tarkibida
shaxs munosabatlarining tizimini va uning qiziqishlari, mayllari, ideallari, maslagi
ustunlik qiluvchi, hukmron hissiyotlarini, egallagan bilimlarni, tajribalarni qamrab
oladi. Tabiiy asosga ega bo‗lgan "endopsixika" biologik shart-sharoitlarga bog‗liq
bo‗lsa, "ekzopsixika" aksincha ijtimoiy voqeliklar ta'sir ostida yuzaga keladi, tarkib
topadi va takomillashib boradi. Ta'kidlab o‗tilgan, fikrlarni tasdiqlash maqsadida
ular o‗tkazgan tajribalariga murojaat qilamiz. qo‗sh omillik nazariyasi
tadqiqotchilari
tajribalarida
80-130
sm
balandlikdagi
odamning
shaxs
xususiyatlarini tarkib toptirish uchun o‗rganilgan. Buning natijasida ular shaxsi
tuzilishida ko‗p xislatlari o‗xshashligi topilgan. Bunday odamlarning past (pakana)
bo‗lishlaridan tashqari, ularning tuzilishida hech qanday nuqson va kamchilik yo‗q
ekanligi aniqlangan. Bunday toifaga kiruvchi bolalarga xos kulguni hech bir
tanqidsiz, o‗ta soddalikni, muayyan darajada emosional (hissiy) zo‗riqishni
namoyon qiladigan vaziyatga nisbatan chidamlilikni, uyat hissining kamroq
ekanligini uchratish mumkin. Shaxsning xislatlariga na "endopsixika", na
"ekzopsixika" qismlarini kiritish mumkin emas. Chunki shaxsning sifatlari mitti
odamlarning mahsuli bo‗lib ular bo‗yicha nisbatan o‗z tengqurlari o‗rtasidagi farq
aniqlangan davrdan e'tiboran shunday bir ijtimoiy vaziyatda paydo bo‗lishi, tarkib
topishining takomillashishi tabiiydir. Shuni alohida ta'kidlab o‗tish joizki, mitti
odamlarga bo‗ydor kishilarga qaraganda boshqacha munosabat - ularni pisand
qilmaslik, kamsitilish, ular ham barcha kabi narsalarni his qilishi, orzu qilishi,
ajablanishi, jayron qolishi sababli ularda shaxsning o‗ziga xos tuzilishi vujudga
keladi. Bunday yaqqol voqelik ularning ruhiy ezilishini, ba'zan boshqalarga, xatto
o‗zlariga nisbatan tajovuzkorona yo‗l tutish-larini niqoblaydi, xolos. Mabodo biz
mitti o‗zlari bilan bap-baravar bo‗yli kishilar muhitida yashaydi deb tasavvur
qilsak, u holda ularda ham tevarakatrofdagi boshqa odamlardagi kabi mutlaqo
boshqacha shaxsiy fazilatlar, xususiyatlar, xislatlar sifatlar mujasassamlashishi
mumkin bo‗lar edi.
Taraqqiyparvar (gumanistik) psixologiya fanida ta‘kidlanganidek, shaxs tuzilishidagi
tabiiy, organik jihatlar va holatlar uning ijtimoiy shart-sharoitlariga bog‗liq tarkibiy
qismlaridir. Shaxs tuzilishidagi tabiiy (anatomik-fiziologik va boshqa sifatlar) va ijtimoiy
omillar yaxlit birlikni tashkil qiladi va ular hech mahal ixtiyorsiz ravishda bir-biriga qarama-
qarshi qo‗yilishiga yo‗l qo‗ymaslik kerak.
Shunday qilib, ilmiy psixologiya fanida barcha kategoriyalarga umumbashariy,
umuminsoniy tamoyil nuqtai nazardan yondashish shaxs tuzilishida tabiiy (biologik) va
ijtimoiy (sotsial) omillar rolini tan oladi, inson shaxsidagi biologik va ijtimoiy vokeliklarni
atigi shular-ning negizida qarama-qarshi qo‗yishga tanqidyy munosabatda bo‗ladi.
Dostları ilə paylaş: