О‗zbekistоn respublikasi оliy va о‗rta maxsus ta‘lim vazirligi


Qiziqishni psixologik mohiyatining to‘rtinchi ko‘rinishiuni oliy nerv



Yüklə 0,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/19
tarix13.04.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#97259
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19
1- mavzu Shaxs psixologiyasining metodologik printsiplari

Qiziqishni psixologik mohiyatining to‘rtinchi ko‘rinishiuni oliy nerv 
faoliyati xususiyatlari va temperament tiplari bilan birga mujassamlashgan 
holda namoyon bo‘lishidir. qiziqishning nerv-fiziologik mexanizmlari to‗g‗risida 
mulohaza yuritilganda, dastavval rus olimi I.P.Pavlovning oliy nerv faoliyati 
haqidagi ta'limotini ta'kidlab o‗tish joiz, uning "bu nima?" refleksi, ya'ni 


orientirovka (mo‗ljal olish) refleksi qiziqishning moddiy negizini tushuntirishda 
muhim ahamiyat kasb etadi. I.P.Pavlov va uning shogirdlaridan keyin P.K.Anoxin, 
N.A.Bernshteyn, B.M.Teplov, V.S.Merlin, V.D.Nebilisin va boshqalar insondagi 
qiziqishning nerv - fiziologik mexanizmlarini bosh miya katta yarim sharlari 
po‗stloqida orientirovka refleksi negizida murakkab muvaqqat boqlanishlarning 
vujudga kelishidir, degan tarzda talqin qildilar. Qiziqishning moddiy asoslari 
o‗zaro induksiya qonuni, po‗stlog‗dagi optimal qo‗zg‗alish o‗choqi va dinamik 
stereotiplar (I.P. Pavlov), dominanta (A.A. Uxtomskiy), orientir murakkab 
psixofiziologik hodisa ekani (E.N. Sokolov) va boshqalar bo‗lib hisoblanadi. 
Psixologiyada qiziqish mana bunday tiplarga ajratilishi mumkin:
Mazmuniga ko‗ra: shaxsiy va ijtimoiy;
Maqsadiga binoan: bevosita va bilvosita;
Ko‗lamiga qaraganda: keng va tor;
Qiziqishlar darajasi bo‗yicha: barqaror va beqaror va boshqalar. Qiziqishning 
mazmun jihatidan o‗zaro tafovutlanishi quyidagilarda mujassamlashadi: bilish 
ehtiyojlarining ob'ektlari qaysilar, bilimning mazkur faoliyat maqsadi bilan 
mutanosibligi; shaxsning yashayotgan muhitiga nisbatan munosabati kabilar. 
Qiziqishning maqsad jihatidan farqi bevosita va bilvosita namoyon bo‗ladigan 
qiziqishlarning voqelik, jismlar va hodisalarning emosional jozibaliligi, his-
tuyg‗ularga ega bo‗lishligi, tashqi ta'sirlarga beri-luvchanligi tufayli vujudga 
keladi. Bevosita qiziqishlar o‗rganilayotgan narsaning ma'nosi bilan uning shaxs 
106 faoliyati uchun ahamiyati mos tushgan taqdirda paydo bo‗lishi mumkin. 
Psixologiyada bevosita qiziqishning yuzaga kelishi faoliyatning maqsadini anglash 
bilan bog‗liq bo‗lgan bilishni ehtiyoj deb atash qabul qilingan. U yoki bu narsalarni 
(hodisalar mohiyatini) bilish, ko‗rish, idrok qilish, anglab etish uchun qiziarli 
tuyulgan ichki kechinmalar bevosita qiziqishni aks ettiradi. Bilvosita qiziqishlar 
mehnat faoliyati yoki ta'lim olish jarayonining muayyan ijtimoiy ahamiyati bilan 
uning shaxs uchun sub'ektiv ahamiyati o‗zaro mos tushganida bilvosita qiziqish 
yuzaga keladi. Mehnat faoliyati va ta'lim jarayonini ongli tashkil etish etakchi va 
ustuvor rol o‗ynaydigan bilvosita qiziqishlarni tarkib toptirish uchun maxsus 
tamoyillarga, 
omilkor 
yo‗l-yo‗riqlarga 
o‗rgatish maqsadga muvofiqdir. 
Odamlarning qiziqishlari o‗zining ko‗lami bilan bir-biridan farq qiladi. Shunday 
shaxslar toifasi ham mavjudki, ularning qiziqishlari faqat bir sohaga qaratilgan 
bo‗ladi. Boshqa bir toifaga taalluqli odamlarda esa qiziqishlar qator sohalarga, 
fanlarga, ob'ektlarga yo‗naltirilganini uchratishimiz mumkin. Lekin turli sohaga 
nisbatan qiziqishlarning biri, agarda ularni oqilona boshqarish imkoniyatiga bo‗lsa, 
ikkinchisiga salbiy ta'sir etishi mumkin emas, qiziqishning torligi ko‗pincha salbiy 
hodisa sifatida baholanishi mumkin, lekin ayni chog‗da ularning kengligi ham 
nuqson tariqasida tahlil qilinsa bo‗ladi. Biroq shaxsning barkamol shaxs bo‗lib 
kamol topishi qiziqishlar ko‗lamini tor emas, balki keng miqyosda bo‗lishini 
taqazo etadi. Qiziqishlar o‗zlarining darajasiga qarab barqaror va beqaror turlarga 
ajratiladi. Barqaror qiziqishga ega bo‗lgan shaxs uzoq vaqt davomida yoqtirgan 
predmetlariga, obyktlariga, hodisalarga nisbatan o‗z maylini hech o‗zgarishsiz 
saqlab tura oladi. Shu boisdan inson ehtiyojlarini o‗zida mujassamlashtiruvchi
shaxsning ruhiy fazilatiga aylana boshlagan qiziqishlar barqaror qiziqishlar 


deyiladi. Inson shaxsi xulq-atvorining o‗z motivlari bo‗ladi.

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin