o‗zida ko‗gina odamlar fikrini o‗rganish mumkin bo‗ladi. Unga kiritilgan savollar,
ulardan kutiladigan javoblar (yoiqanketa), yoki erkin o‗z fikrini bayon etish
imkoniyatini beruvchi (ochiq anketa) so‗rovnomalar aniq va ravon tilda javob
beruvchilar tushunish darajasiga monand to‗zilgan bo‗lsa, shubhasiz, qimmatli
birlamchi materiallar to‗planadi.
So‗roqning ham
erkin va standartlashtirilgan shakllari mavjud bo‗lib,
birinchisida oldindan nimalar so‗ralishi qat‗iy belgilab olinmaydi, ikkinchi
shaklida esa, hattoki, komg‗yuterda dasturi ishlab chiqilib, minglab odamlarda
bir xil talablar doirasida so‗roq o‗tkazilishi nazarda tutiladi. So‗rovlar
o‗tkazilishida hal qilinishi lozim bo‗lgan
eng muhim masalalardan biri
so‗raluvchilarni tanlashdir. Chunki agar saylovoldi kamaniyalarida yoki talaba-
yoshlarning o‗z ijtimoiy harakatini to‗zish borasidagi fikrlari o‗rganilganda,
tabiiy bir muammo paydo bo‗ladi: necha kishini va qaerlardan so‗rash lozim,
degan. Tanlov obyektini tanlashda uning tarkibiga kiruvchilarning u yoki bu
ijtimoiy qatlamga mansubligi muhim rol o‗ynaydi. Masalan, talaba yoshlarning
fikrini o‗rganish uchun barcha talabalar fikrini mutloq o‗rganish shart emas.
Tanlov agar 10% deb belgilansa, o‗zbekiston oliy o‗quv yurtlarida tahsil
olayotgan barcha talabalar sonidan kelib chiqib, o‗shaning 10 foizi o‗rtasida, bir
necha oliygohlarda so‗roq o‗tkazilishi kifoya qiladi. Barcha nafaqaho‗rlarning
ijtimoiy
-ximoya borasidagi fikrlarini o‗rganish kerak bo‗lganda
ham shu
tamoyil nazarda tutiladi. Demak, tarkiban monand guruhlar ajratib olingach,
tadqiqotchi o‗sha guruhning tushunish darajasi va ehtiyojlaridan kelib chiqib,
so‗roq o‗tkazadi yoki intervyular uyushtiriladi.
Savolnomalarda savol berish tartibi va mazmuni ham katta ahamiyatga ega.
Yoshlarga «Siz vatanarvarmisiz?» yoki jamoatchilikka «Siz tinchlik
tarafdorimisiz?» kabi savollarining javobi aniq bo‗lgani uchun ham odatda
resondentlarga havola etilmaydi. Psixologik nuqtai nazardan o‗sha vatanarvarlik
belgilarining namoyon bo‗lishini savollarda mujassam etish yoki dunyoda tinchlik
bo‗lishi uchun har bir insondan nimalar talab qilinishini o‗rganish,
birinchidan,
turli xil fikrlarni to‗lashga yordam beradi, ikkinchidan, ijtimoiy xulqning turli
qirralarini aniqlashga imkon beradi. Yanada sodda qilib paytilsa, olamga «Siz
aqllimisiz?» degan savolni intellektual darajani
aniqlashga imkon beruvchi
savollar, toshiriqlar yoki testlar bilan almashtirishni nazarda tutadi.
Ko‗incha psixologik so‗rovlarda odam o‗z fikrini ochiq va erkin bayon etishi
uchun ismi-sharifini aytmasligi tavsiya etiladi, bu anonim surov deyiladi. Baozi
bir so‗rovnomalarda esa «ismingiz» deyish o‗rniga «o‗zingiz o‗ylab togan ism-
sharifingiz?» deb ham qator ajratiladi. Bu ham anonim so‗rov o‗tkazish
usuli
sifatida oxirgi yillarda qo‗llanib kelinmoqda. Xulosa qilinadigan bo‗lsa, shuni
paytish kerakki, so‗rov metodlari inson psixologiyasini o‗rganish, uning dunyo
qarashi, saviyasini aniqlashning qmmatli usulidir. Lekin uni rofessional tarzda
to‗g‗ri ishlatish va natajalarni to‗g‗ri tahlil qilish juda katga amaliy ahamiyatga
egadir.
Dostları ilə paylaş: