О‗zbekistоn respublikasi оliy va о‗rta maxsus ta‘lim vazirligi


Shaxsning eng muhim xususiyatli jihatlaridan biri - bu uning



Yüklə 0,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/19
tarix13.04.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#97259
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
1- mavzu Shaxs psixologiyasining metodologik printsiplari

Shaxsning eng muhim xususiyatli jihatlaridan biri - bu uning 
individualligidir. Individuallik deganda insonning shaxsiy psixologik 
xususiyatlarining betakror birikmasi tushuniladi. Individuallik kishining o‗ziga 
xosligini, uning boshqa odamlardan farqini aks ettiruvchi psixologik fazilatlar 
birikmasidir. Individuallik tarkibiga xarakter, temperament, psixik jarayonlar, 
holatlar, hodisalar, hukmron xususiyatlar yig‗indisi, iroda, faoliyat motivlari, inson 
maslagi, dunyqarashi, iqtidori, har xil shakldagi reaksiyalar, qobiliyatlari va shu 
kabilar kiradi. Individuallik individning boshqalardan farqlaydigan ijtimoiy 
xususiyatlari va psixikasining o‗ziga xosligi hamda uning qaytarilmasligidir.
Zikr etilgan psixologik xususiyatlarning bir xildagi birikmasini o‗zida 
mujassamlashtirgan odam yo‗q, inson shaxsi o‗z individualligi jihatidan 
betakrordir.
"Endopsixika" va "ekzopsixika" haqida tushuncha. Hozirgi kunda asosiy 
muammolardan biri bir shaxsning boshqa odamlardan ajratib turadigan individual 
tuzilishga ega ekanligidir. Ushbu psixologik muammoni hal qilish shaxsning 
mazkur tuzilishining ichki sharoitlarida ifodalanuvchi xulq-atvorni oldindan 
bashorat qilish imkonini yaratadi. Shaxs tuzilishi bilan bog‗liq bo‗lgan ikkinchi 
masala esa bunday tuzilishning bir necha tarkibiy qismlarga ajratishni taqozo etadi 
binobarin, ushbu bo‗laklarning yig‗indisi yaxlit inson shaxsini vujudga keltiradi. 
Jahon psixologiya fanida psixologlar shaxsning psixologik tuzilishining tarkibiy 
qismlarini turli jihatlariga asoslanib, turkumlarga ajratishni tavsiya etmoqdalar. 
Hozirgi zamon jahon psixologiyasida biologik (tabiiy) va ijtimoiy omillarning 
voqelikka ta'siri ostida shakllangan inson shaxsida ikkita muhim qism bo‗lganligini 
tasdiqlovchi nazariya yuksak mavqeni egallab turibdi. Mazkur nazariyaga binoan 
"ichki psixik" ("endopsixik" - yunoncha endo ichki degan ma'noni bildiradi) degan 
g‗oyani ilgari surdilar. Uning talqiniga ko‗ra, "endopsixika" shaxsning psixik 
tuzilishining ichki qismlari sifatida psixik elementlar va funksiyalarning o‗zaro 
bog‗liqligini aks ettiradi. Uning negizida insonning nerv-psixologik tuzilishi bilan 
"endopsixika" aynan bir narsa degan tushuncha tasdiqlanadi, chunki u odam 


shaxsining ichki mexanizmini yuzaga keltiradi. Psixik tuzilishning "endopsixik" 
qismi bo‗lsa, shaxsning tashqi muhitga nisbatan munosabatini, shaxsga qarama-
qarshi bo‗lgan barcha jihatlarni, shaxslararo va ob'ektiv munosabatini belgilaydi. 
"Endopsixika" o‗z navbatida shaxsning ta'sirlanishi, xotira, tafakkur, xayol kabi 
bilish jarayonlarining xususiyatlarini irodaviy zo‗r berish xislatlarini ixtiyorsiz 
harakatlarni va shu kabi fazilatlarni aks ettiradi. "Ekzopsixika" esa o‗z tarkibida 
shaxs munosabatlarining tizimini va uning qiziqishlari, mayllari, ideallari, maslagi 
ustunlik qiluvchi, hukmron hissiyotlarini, egallagan bilimlarni, tajribalarni qamrab 
oladi. Tabiiy asosga ega bo‗lgan "endopsixika" biologik shart-sharoitlarga bog‗liq 
bo‗lsa, "ekzopsixika" aksincha ijtimoiy voqeliklar ta'sir ostida yuzaga keladi, tarkib 
topadi va takomillashib boradi. Ta'kidlab o‗tilgan, fikrlarni tasdiqlash maqsadida 
ular o‗tkazgan tajribalariga murojaat qilamiz. qo‗sh omillik nazariyasi 
tadqiqotchilari 
tajribalarida 
80-130 
sm 
balandlikdagi 
odamning 
shaxs 
xususiyatlarini tarkib toptirish uchun o‗rganilgan. Buning natijasida ular shaxsi 
tuzilishida ko‗p xislatlari o‗xshashligi topilgan. Bunday odamlarning past (pakana) 
bo‗lishlaridan tashqari, ularning tuzilishida hech qanday nuqson va kamchilik yo‗q 
ekanligi aniqlangan. Bunday toifaga kiruvchi bolalarga xos kulguni hech bir 
tanqidsiz, o‗ta soddalikni, muayyan darajada emosional (hissiy) zo‗riqishni 
namoyon qiladigan vaziyatga nisbatan chidamlilikni, uyat hissining kamroq 
ekanligini uchratish mumkin. Shaxsning xislatlariga na "endopsixika", na 
"ekzopsixika" qismlarini kiritish mumkin emas. Chunki shaxsning sifatlari mitti 
odamlarning mahsuli bo‗lib ular bo‗yicha nisbatan o‗z tengqurlari o‗rtasidagi farq 
aniqlangan davrdan e'tiboran shunday bir ijtimoiy vaziyatda paydo bo‗lishi, tarkib 
topishining takomillashishi tabiiydir. Shuni alohida ta'kidlab o‗tish joizki, mitti 
odamlarga bo‗ydor kishilarga qaraganda boshqacha munosabat - ularni pisand 
qilmaslik, kamsitilish, ular ham barcha kabi narsalarni his qilishi, orzu qilishi, 
ajablanishi, jayron qolishi sababli ularda shaxsning o‗ziga xos tuzilishi vujudga 
keladi. Bunday yaqqol voqelik ularning ruhiy ezilishini, ba'zan boshqalarga, xatto 
o‗zlariga nisbatan tajovuzkorona yo‗l tutish-larini niqoblaydi, xolos. Mabodo biz 
mitti o‗zlari bilan bap-baravar bo‗yli kishilar muhitida yashaydi deb tasavvur 
qilsak, u holda ularda ham tevarakatrofdagi boshqa odamlardagi kabi mutlaqo 
boshqacha shaxsiy fazilatlar, xususiyatlar, xislatlar sifatlar mujasassamlashishi 
mumkin bo‗lar edi. 
Taraqqiyparvar (gumanistik) psixologiya fanida ta‘kidlanganidek, shaxs tuzilishidagi 
tabiiy, organik jihatlar va holatlar uning ijtimoiy shart-sharoitlariga bog‗liq tarkibiy 
qismlaridir. Shaxs tuzilishidagi tabiiy (anatomik-fiziologik va boshqa sifatlar) va ijtimoiy 
omillar yaxlit birlikni tashkil qiladi va ular hech mahal ixtiyorsiz ravishda bir-biriga qarama-
qarshi qo‗yilishiga yo‗l qo‗ymaslik kerak. 
Shunday qilib, ilmiy psixologiya fanida barcha kategoriyalarga umumbashariy, 
umuminsoniy tamoyil nuqtai nazardan yondashish shaxs tuzilishida tabiiy (biologik) va 
ijtimoiy (sotsial) omillar rolini tan oladi, inson shaxsidagi biologik va ijtimoiy vokeliklarni 
atigi shular-ning negizida qarama-qarshi qo‗yishga tanqidyy munosabatda bo‗ladi. 

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin