shaxsga aylanadi, shuning uchun bu jarayon ijtimoiy-tarixiy xususiyatga
egadir. Dunyoga kelayotgan chaqaloqning gavda tuzilishi unda tik yurish uchun
imkoniyatining mavjudligini taqozo etsa, miyasining tuzilishi aql-hushining
rivojlanishi uchun imkoniyat tug‗diradi, qo‗llarining shakli shamoyili mehnat
qurollaridan foydalanish istiqbollarining mavjud-ligini ko‗rsatadi. Yuqorida
aytilganlarning barchasida chaqaloqning inson zotiga mansubligini ta'kidlanadi va
bu fakt individ tushunchasida qayd etiladi. Buni quyidagi sxema asosida
tushuntirish lozim.
Jahon psixologiyasi fanida onda-sonda uchrab turadigan shaxsni ijtimoiy
muhitning sust mahsuli deb tushuntirish va unda faollikni inkor etish o‗ta bahsli
fikrdir. Shuni alohida ta‘kidlab o‗tish kerakki, shaxsning ijtimoiy tajribani
o‗zlashtirish jarayoni odamning o‗zicha amalga oshirayotgan faoliyatiga va uning
bilan qanday maqsad ko‗zlayotganiga nisbatan munosabatini aks ettiruvchi ruhiy
dunyosi orqali namoyon bo‗ladi. Odatda, faollik shaxsga xos xulq-atvor, faoliyat,
muomala motivlarida, ustanovkalarida, amaliy ko‗nikmalarida ko‗zga tashlanadi.
Boshqacha so‗z bilan aytganda, faollik shaxsning atrof-muhitdagi voqelikni
egallashga intilgan sa‘y-harakatlarda vujudga keladi. Shaxsning faolligi uning o‗z
istiqboli uchun yo‗l-yo‗riq tanlashda, uni o‗zlashtirishda, hayotda o‗z mavqei va
o‗rnini topishda gavdalanadi.
Bir xil turmush sharoitlari shaxs faolligining turli shakllarini yaratish hamda har
xil hayotiy vaziyatni vujudga keltirish imkonitiga ega. Hayotda biron bir tanbeh
berishning o‗zi kimdadir ruhiy hisni uyg‗otsa boshqa birining sirtiga ham
yuqmasligi uchraydi. Shunday qilib, odamga ta‘sir qiluvchi barcha tashqi
qo‗zg‗atuvchilar ijgimoiy shart-sharoitlarga, faoliyatning ichki tarbiyaviy qismlari
(tomonlari, jihatlari, jabhalari, tarkiblari) tuzilishi yig‗indisi bilan boyitilishi
evaziga shaxs degan tushuncha hosil bo‗ladi.
Dostları ilə paylaş: