mohiyatini yoritishda o‗ziga xos yondashuvga egadirlar.
Mazkur nazariyalar
qatoriga
biogenetik,
sosiogenetik,
psixogenetik,
kognitiv,
psixoanalitik,
bixevioristik kabilarni kiritish mumkin.Ularni quyidagi tizimda yaqqol ko‗rish
imkoniyatini beradi.
SHAXSNI O‘RGANISH BORASIDAGI NAZARIYALARI
Biogenetik: (S.Xoll, E.Krechmer, Z.Freyd va boshqalar)
Sotsiogenetik:
-Ijtimoiylashuv nazariyasi.
-O‘rganish nazariyasi
- Rollar nazariyasi
Psixogenetik:
- Psixodinamik
-Koginitiv
-Personal
Biogenetik nazariyaning negizida yetilish bosh omil sifatida qabul qilingan
bo‗lib, qolgan jarayonlarning taraqqiyotini ixtiyoriy xususiyat kasb etib, ular bilan
o‗zaro aloqa tan olinadi, xolos. Mazkur nazariyaga binoan, taraqqiyotning bosh
omili biologik determinantlarga (aniqlov-chilarga)
qaratiladi va ularning
mohiyatida ijtimoiy-psixologik xususiyatlar keltirib chiqariladi. Taraqqiyot
jarayonining o‗zi biologik etilishning universal bosqichi sifatida sharhlanadi va
talqin qilinadi. Biogenetik qonunni F.Myuller va Gekkellar kashf qilishgan,
biogenetik qonuniyat fanning taraqqiyoti nazariyani tashkil qilganda hamda
antidarvinchilarga qarshi kurashda muayyan darajada tarixiy rol o‗ynagan. Biroq
fanning individual va tarixiy taraqqiyoti munosabatlarini tushuntirishda qo‗pol
xatoliklarga yo‗l qo‗yilgan. Jumladan, biologik qonunga ko‗ra shaxs
psixologiyasining individual taraqqiyoti (ontogenez)
butun insoniyatni tarixiy
taraqqiyotining (filogenez) asosiy bosqichlarini qisqacha takrorlaydi, degan g‗oya
edi. Biogenetik nazariyaning yirik namoyondalaridan bo‗lmish amerikalik psixolog
S.Xoll psixologik taraqqiyotning bosh qonuni deb "rekapitulasiya qonuni"ni
(filogenezni qisqacha takrorlanishini) hisoblaydi. Uning fikricha, ontogenezdagi
individual taraqqiyot filogenezning muhim bosqichlarini takrorlaydi. Biogenetik
konsepsiyaning boshqa bir turi nemis "konstitusion psixologiyasi" (inson tana
tuzilishiga asoslangan nazariya) namoyondalari tomonidan ishlab chiqilgan.
E.Krechmer shaxs tipologiyasi negizida bir qancha biologik omillarni (masalan
tana tuzilishining tipi va boshqalarni) kiritib, insonning jismoniy tipi bilan
psixologik xususiyati o‗rtasida uzviy bog‗liqlik mavjud deb taxmin qiladi.
E.Krechmer odamlarni ikkita katta guruhga ajratadi va uning bir boshida sikloid
toifasiga xos (tez qo‗zg‗aluvchi, his-tuyg‗usi o‗ta barqaror), ikkinchi uchida
shizoid toifasiga (odamovi, munosabatga qiyin kirishuvchi, his-tuyg‗usi
cheklangan) xos odamlar turishini aytadi. Bu taxminni u shaxs rivojlanishi davriga
ko‗chirishga
harakat qiladi, natijada o‗smirlarda sikloid xususiyatlari (o‗ta
qo‗zg‗aluvchanlik, tajovuzkorlik, affektiv tabiatlilik, ilk o‗spirinlarda esa
shizoidlik xususiyatlari) bo‗ladi degan xulosa chiqaradi. Biogenetik nazariyaning
namoyondalari amerikalik psixologlar A.Gezell, S.Xoll taraqqiyotning biologik
modeliga asoslanib ish ko‗radilar va bu jarayonda muvozanat, integrasiya va
yangilanish sikllari o‗zaro o‗rin almashinib turadi, degan xulosaga keladilar.
Psixologiya tarixida biologizmning eng yaqqol ko‗rinishi
Zigmund Freydni
shaxsning barcha xatti-harakatlari (xulqi) ongsiz biologik mayllar yoki instinktlar
bilan shartlangan, ayniqsa, birinchi navbatda u jinsiy maylga (libidoga) bog‗liqdir.
Biologik nazariyaga qarama-qarshi bo‗lgan nazariya sosiogenetik nazariya
hisoblanadi. Sosiogenetik yondashuvga binoan shaxsda ro‗y beradigan o‗zgarishlar
jamiyatning tuzilishi ijtimoiylashish usullari va uni qurshab turgan odamlar bilan
o‗zaro munosabati vositalaridan kelib chiqqan holda tushuntiriladi. Ijtimoiylashuv
nazariyasiga ko‗ra inson biologik tur sifatida tug‗ilib, hayotning ijtimoiy
shartsharoitlarining bevosita ta'siri ostida shaxsga aylanadi. G‗arbiy Evropaning
eng muhim nufuzli nazariyalaridan biri bu rollar nazariyasidir. Ushbu nazariyaning
mohiyatiga binoan jamiyat o‗zining har bir a'zosiga status (haq-huquq) deb
nomlangan xatti-harakat (xulq)ning barqaror usullari majmuasini taklif qiladi.
Inson ijtimoiy muhitda bajarishi shart bo‗lgan maxsus rollari shaxsning xulq-atvor
xususiyatlarida o‗zgalar bilan munosabat muloqot o‗rnatishda sezilarli iz qoldiradi.
AQShda keng tarqalgan nazariyalardan yana biri bu individual tajriba va bilimlarni
egallash (mustaqil o‗zlashtirish) nazariyasidir. Mazkur nazariyaga binoan
shaxsning hayoti va uning voqelikka nisbatan munosabati ko‗pincha ko‗nikmalarni
egallash, bilimlarni o‗zlashtirishdan iborat bo‗lib, uning samarasi qo‗zg‗atuvchini
uzluksiz ravishda mustahkamlab borilishining mahsulidir. Bu nazariyaning
tarafdorlari E.Torndayk va B.Skinnerlar hisoblanadi. K.Levin
tomonidan tavsiya
qilingan "fazoviy zarurat maydoni" nazariyasi psixologiya fani uchun (o‗z davrida)
muhim ahamiyatni kasb etadi. K.Levinning nazariyasiga ko‗ra, individning xulqi
(xatti-harakati) psixologik kuch vazifasini o‗tovchi ishtiyoq (intilish) maqsadlar
bilan boshqarilib turiladi, va ular fazoviy zarurat maydonining ko‗lami va tayanch
nuqtasiga yo‗naltirilgan bo‗ladi. Psixologiyada psixogenetik yondashish ham
mavjud bo‗lib, u biogenetik, sosiogenetik omillarning qiymatini kamsitmaydi,
balki psixik jarayonlar taraqqiyotini birinchi darajali ahamiyatga ega, deb
hisoblaydi. Ushbu yondashuvni uchta mustaqil yo‗nalishga ajratib tahlil qilish
mumkin, chunki ularning har biri o‗z
mohiyati, mahsuli va jarayon sifatida
kechishi bilan o‗zaro tafovutlanadi. Psixologiyaning irrasional (aqliy bilish
jarayonlaridan tashqari) tarkibiy qismlari bo‗lishi emosiya, mayl va shu kabilar
yordamida shaxs xulqini tahlil qiluvchi nazariya psixodinamika deyiladi. Mazkur
nazariyaning yirik namoyondalaridan biri amerikalik psixolog E.Eriksondir. U
shaxs rivojini 8 ta davrga ajratadi va ularning har qaysisi o‗ziga xos betakror
xususiyatga egaligini ta'kidlaydi. Kognitiv yo‗nalishning asoschilari qatoriga
J.Piaje, J.Kelli va boshqalarni kiritish mumkin. J.Piajening intellekt nazariyasi
ikkita muhim jihatga ajratilgan bo‗lib, u intellekt funksiyalari va intellekt davrlari
ta'limotini o‗z ichiga qamrab oladi. Intellektning asosiy
funksiyalari uyushqoqlik
(tartiblilik) va adaptasiya (moslashish, ko‗nikish) dan iborat bo‗lib, intellektning
funksional invariantligi deb yuritiladi. Sobiq sovet psixologiyasida shaxsning
rivojlanishi
muammosi
L.S.Vigotskiy,
P.P.Blonskiy,
S.L.Rubinshteyn,
A.N.Leontev, B.G.Ananev, L.I.Bojovich singari yirik psixologlarning asarlarida
o‗z aksini topa boshlagan. Keyinchalik bu masala bilan shu?ullanuvchilar safi
kengayib bordi. Xuddi shu boisdan shaxsning tuzilishi, ilmiy manbai,
rivojlanishning o‗ziga xosligi bo‗yicha yondashuvda muayyan darajada tafovutga
ega. Hozirgi davrda shaxsning rivojlanishi yuzasidan mulohaza yuritilganda
olimlarning ilmiy qarashlarini muayyan guruhlarga ajratish va undan so‗ng
ularning mohiyatini ochish maqsadga muvofiq. Ontogenezda
shaxs taraqqiyotini
bir necha bosqichlarga ajratish va ularning har biriga alohida ilmiy psixologik ta'rif
berish nuqtai-nazaridan yondashishni quyidagi nazariya va yo‗nalishlarini ko‗rsatib
berish mumkin. Jumladan, rivojlanishdagi inqirozga binoan (L.S.Vigotskiy);
motivasion yondashish (L.I.Bojovich); faoliyatga ko‗ra munosabat (D.B.Elkonin);
shaxsning ijtimoiylashuv xususiyatiga e'tiboran (A.V.Petrovskiy); shaxsning tutgan
pozisiyasini hisobga olib (D.I.Feldshteyn) va hokazo. Shunday qilib, jahon va
hamdo‗stlik mamlakatlari psixologlari tomonidan bir qator puxta ilmiy-
metodologik asosga ega bo‗lgan shaxsning rivojlanishi nazariyalari ishlab
chiqilgan. Ularning aksariyati ontogenezda shaxsning shakllanishi qonuniyatlarini
ochishga muayyan hissa bo‗lib, xizmat qiladi, amaliy
va nazariy muammolarni
echishda keng ko‗lamda qo‗llaniladi.
Dostları ilə paylaş: