105
10. Xaridorga zarur mahsulotning birinchi, ikkinchi va uchinchi
do„konda bo„lish ehtimolligi mos ravishda 0,7; 0,8; 0,9 ekanligi ma‟lum
bo„lsa, quyidagi hodisalarning ehtimollarini toping.
a) zarur mahsulot ko„pi bilan ikkita do„konda bor;
b) zarur mahsulot kamida 2 ta do„konda bor.
J: a) 0,49 b) 0,902
11. Lotereyaning har 10200 ta biletining 100 tasiga turli buyumlar va 30
tasiga esa pul yutuqlari qo„yilgan. Bir dona lotereya bilet egasining
buyum yoki pul yutug„ini yutib olish ehtimolligini toping.
J: 0,013
12. Yashikda 9 ta oq va 12 ta qora shar bor. Tavakkaliga 4 ta shar
olindi. Ularning ichida aqalli bittasi oq bo„lish ehtimolligini toping.
J:
13. Guruhda 30 ta talaba bo„lib, ulardan 10 tasi matematika to„garagiga
qatnashadi. Guruh ichida tavakkaliga 6 ta talaba tanlab olindi. Ularning
ichidan hech bo„lmaganda bittasi matematika to„garagiga qatnashadigan
talaba bo„lishi ehtimolligini toping.
J:
14. Zavodda ishlab chiqarilgan mahsulotning sifatli bo„lish ehtimolligi
0,9 ga teng. Tavakkal tekshirilgan 4 ta buyumdan faqat uchtasi sifatli
bo„lishi ehtimolligini toping.
J: 0,2187
15. Bitta o„q otishda nishonga tekkizish ehtimolligi birinchi mergan
uchun r ga teng, ikkinchi mergan uchun 0,6 ga teng bo„lib, merganlar bir
vaqt o„q uzganda rosa bitta o„qning nishonga tegish ehtimolligi 0,42
bo„lsa, r ni toping.
J: 0,9
Dostları ilə paylaş: