6
Bitiruv malakaviy ish ining bajarilishi
Malakaviy ish oliy o‗quv
yurtining, odatda, ushbu maqsadda
maxsus ajratilgan xonalarida bajariladi. Ayrim hollarda, malakaviy ish
korxonalar, muassasalar, ilmiy, loyihalash
va boshqa muassasalarda
bajarilishi mumkin.
Malakaviy ishning bajarilishi bo‗yicha talabaning hisobot berish
muddatlarini dekanat nazorat etadi. Dekanat belgilagan muddatlarda,
talaba malakaviy ishning bajarilishi haqida rahbar va kafedra mudiri
oldida hisobot beradi. Kafedra mudiri malakaviy ishning tayyorlik
holatini belgilaydi.
Talaba –
ish muallifi, tanlangan qarorning to‗ g‗riligiga va uning
topshiriqqa muvofiqligiga, malakaviy ishda ko‗chirmachilik holati
yo‗qligiga javob beradi.
Bitiruv malakaviy ish ini himoya etish
Belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan malakaviy ish talaba
tomonidan rahbarga taqdim etiladi. Rahbar,
malakaviy ish talab
darajasida bajarilganligiga ishonch bildirgandan so‗ng, ishni o‗z taqrizi
bilan birga kafedra mudiriga taqdim etadi. Taqrizda talabaning faolligi,
qaror qilingan qarorlardagi yangiliklar va malakaviy ishning boshqa
ijobiy tomonlari tavs iflanadi. Kafedra mudiri,
taqdim etilgan materiallar
asosida, malakaviy ishni talaba tomonidan DAKda himoya qilishga
kiritish haqida qaror qabul qiladi. Agar kafedra mudiri talabaning
malakaviy ishini himoyaga kiritish mumkin emas deb hisoblasa, masala
kafedra yig‘ilishida rahbar ishtirokida muhokama etiladi.
Kafedra
majlisining bayonnomasi fakultet dekani tomonidan tasdiq uchun
rektorga taqdim etiladi.
Taqrizchilar
tarkibi
bitiruvchilarni
iste ‘mol
qiluvchi
soha
mutaxassislari safidan tanlanadi. Taqrizchil arga oliy o‗quv yurtlarining
professor va o‗qituvchilari ham jalb etilishi mumkin.
7
Fakultet dekani malakaviy ishni taqriz bilan himoya uchun DAKka
yuboradi.
Bitiruv malakaviy ishni himoya qilish tartibi O‗zbekiston
Respublikasi oliy o‗quv yurtlari bitiruv chilarini yakuniy davlat
attestatsiyasi to‗g‗risidagi Nizomda belgilanadi.
BMI himoyasi zamonaviy axborot
texnologiyalari vositasida
taqdimot (presentatsiya) shaklida tashkil etiladi va o‘tkaziladi.
Arxiv,
ARM
va
kafedralarda
saqlanayotgan
yoki
internet
resurslaridan
foqdalanib
aynan
ko‘chirib
olinganligi
rasmiy
himoyagacha aniqlanib tasdig‘ini topgan bitiruv malakaviy ishlari
kafedra mudiri taqdimnomasiga asosan rector buyrug‘I bilan bekor
qilinadi va bitiruvchiga qoniqarsiz baho qo‘yilib, ish rahbari key ingi 3
yil davomida BMI ga rahbar etib tayinlanmaydi.
OTM da axborot texnologiyalari vositasida taqdimot shaklida BMI
himoyasini tashkil etish uchun yetarli darajada maxsus jihozlangan
auditoriyalar belgilanadi.
Malakaviy ish himoyasidan so‗ng (kamida 10 yil) oliy o‗quv
yurtida saqlanadi. Har xil masala bo‗yicha
bitiruv malakaviy ishni
boshqalarga topshirish zaruriyati mavjud bo‗lgan holda (tadbiq etish,
tanlovlar va h.) ishdan nusxa olinadi (ishning asl nusxasi oliy o‗quv
yurtida qoldiriladi).
Bitiruv malakaviy ishiga ilmiy rahbarning yozma xulosasi hamda
ichki va tashqi taqrizchidan taqriz olinadi. Ilmiy rahbarning ish haqidagi
xulosasida quyidagi masalalar yoritilishi shart:
1. BMI mavzusining dolzarbligi;
2. BMIning maqsad va vazifalari talaba tomonidan qa y darajada
yoritilganligi;
3. BMI mavzusidagi ilmiy yangiliklar;
4. Tadqiqot natijalarining qay darajada asoslanganligi;
5. Talabaning BMI yozishdagi shaxsiy mahorati;
8
6. BMIdan chiqarilgan xulosalarning nazariy -amaliy ahamiyati;
7. Ishning BMIlarga qo‗yiladigan talablar ga moslik darajasi;
8. BMI mavzusining amaliyot bilan aloqasi va bog‗liqligi.
BMIga berilgan ichki va tashqi taqrizlarda quyidagi masalalar
yoritilishi zarur:
1. BMI mavzusining dolzarbligi;
2.
Tadqiqotning yangiligi;
3. Ishdagi ilmiy-amaliy natijalarning qay darajada asoslab
berilganligi;
4. BMIning amaliyot uchun ahamiyati;
5. BMI mazmuni va uning tugallanganlik darajasi;
6. Materialni bayon etish tili va uslubi;
7. BMIning ilmiy-nazariy qiymati;
8. Ishning BMIlarga qo‗yiladigan talablarga moslik darajasi;
9. BMIni yozishda talabaning masalaga mustaqil yondasha
olganligi va turli ilmiy-nazariy fikrlarga shaxsiy munosabati.
Dostları ilə paylaş: