9
bo‗lmagan haqqoniy (real)
borliq bilan, ikkinchi tomondan esa, shu
borliqning shaxs (subyekt, tadqiqotchi) ongida in‘ikosi bilan bog‗liq
bo‗lgan subyektivlikka aloqador murakkab jarayondir. Uning shaxs
bilan, subyektivlik bilan bog‗liqligi Sharqu g‗arbda mashhur juda
qadimgi hikmatli so‗zda "Hamma qaraydi, lekin hamma ham
ko‗rolmaydi" matalida o‗z
aksini topgan, zeroki, "ko‗ra olish" maxsus
tayyorgarlikka ega bo‗lgan, o‗ziga xos tadqiq qurollari bilan
qurollangan,
ulardan
foydalanish
k o‗nikmalariga
ega bo‗lgan
shaxslarga, mutaxassislarga xos harakatdir
1
.
Ilmiy tadqiqning muhim tarkibiy qismlardan biri tadqiq manbayi
(o‗rganish obyekti)dir. Tadqiq manbayi deganda ilmiy tadqiqning
voqelikda mavjud bo‗lgan, o‗rganilishi kerak bo‗lgan
n arsa-hodisa,
ularning orasidagi munosabat - aloqalar, qonuniyatlarning xilma -xil
ko‗rinishlarda, shakl va turlarda yuzaga chiqishi tushuniladi. Nimada
biror narsa-hodisani tavsiflash,
aniqlash, sharhlash, ochish ilmiy
tadqiq oldida maqsad qilib qo‗yilgan bo‗lsa, o‗sha narsa tadqiq
manbaidir. Tilshunoslik fanining tadqiq manbayi inson tili,
fikrini
shakllantirish va uni ifodalashning eng asosiy vositasidir.
Tadqiq manbaiga turlicha yondashish mumkinligi bois fanda ayni
bir tadqiq manbai turli jihatlardan va turli mufassallikda qayta -qayta
o‗rganilishi lozim va bu tadqiq mavzusida o‗z aksini topishi zarur.
Ilmiy tadqiq mavzusi (odatda, ilmiy ishning sarlavhasi) tadqiq
manbayiga va tadqiq predmetiga ishorani o‗z ichiga oladi.
Ilmiy tadqiq mavzusi, oda tda, ilmiy tadqiqotning sarlavhasidir.
Sarlavha qanchalik qisqa, ixcham va sermazmun bo‗lsa,
shuncha
yaxshi. Chunki sarlavha qanchalik qisqa, aniq va mazmundor bo‗lsa,
ilmiy tadqiqotning shunchalik uqilgan va yetilganligiga ishora qilib
turadi. Aksincha uzundan-uzoq sarlavha noqulay va ishning g‗o‗rligi
1
Неъматов Ҳ. Лингвистик тадқиқ методикаси ва методологияси. –Бухоро, 2006.
10
nishonalaridan biridir. Sarlavhada ortiqcha so‗zlar bo‗lmasligi kerak.
2
Mavzuning ixcham va aniqligi uning to‗liq uqilganligining
nishonasidir.
Tadqiqot mavzusining o‗rganilish tarixi deganda tanlangan mavzu
fanda kimlar tomonidan qay darajada o‗rganilganligi tushuniladi.
Tadqiqotchi mavzuning o‗rganilish
tarixini, ya‘ni undan oldin shu
masala bo‗yicha kimlar nimalar qilganligini, qanday yutuqlarni qo‗lga
kiritganlarini, qaysi muammolarni o‗rtaga qo‗yga nliklarini tugal
bilmog‗i lozim. Busiz tadqiqotchi ilmiy tadqiq ishiga kirishishi,
hatto
sarlavha belgilashi va asoslashi mumkin emas. O‗rganayotgan
(mutolaa qilayotgan) ilmiy -tadqiqiy asarlardagi ilmiy havolalar
tadqiqotchiga yangi -yangi tadqiqotlarni topish va o‗rganish uchun
yo‗llanmadir.
Dostları ilə paylaş: