Korxonalarda mehnat resurslaridan oqilona foydalanish
II.BOB. KORXONALARDA MEHNAT RESURSLARIDAN OQILONA FOYDALANISH YOLLARI VA ISTIQBOLLARI 2.1Korxonalarda mehnat unumdorligi darajasini oshirishning xorijiy mamlakatlar tajribasi. Ayni vaqtda dunyo tajribasi korxonalar mehnat unumdorligini oshirishning iqtisodiy usullariga otish korsatdi-ki, mehnatni oqilona tashkil etish va normalashtirmasdan turib bunga erishib bolmaydi.
Buning yaqqol tasdigi sifatida har xil mamlakatlarning yangi texnologiyalaridan foydalanishda qariyib bir xil yondashuvi ularning ishlab chiqarish salohiyatini jahon iqtisodiyotida tenglasha olmaganini korsatish mumkin. Otgan asrning ortalarida Garbiy Yevropa va AQSH ishlab chiqarishining iqtisodiy salohiyati taqqoslanganda u Garbiy Yevropaga nisbatan
AQShda ancha yuqori darajada boldi. Bunday holatning sabablarini aniqlash maqsadida 50-yillarda Stenford Universiteti (AQSH) hamda Yevropa mutaxassislarining ishtirokida butun jahon ilmiy tekshiruvlari otkazildi. Ushbu tekshiruv aniq korsatdiki, AQSH va Garbiy Yevropa mahsuldorligi ortasidagi farq mablag bilan taminlanganlik darajasiga bogliq emas. Kopgina Yevropa korxonalari iqtisodiy samaradorligi asosiy fondlar darajasining bir xil bolishiga qaramasdan, AQShdagi xuddi shunday korxonalardagiga nisbatan uchdan ikki barobar pats edi. Bunday holatning birdan bir togri tushuntirilishi Evropa korxonalarida mehnat unumdorligini oshirishdagi qollanilayotgan uslublaridagi qoloqlik edi.
Umuman korxona mehnat unumdorligini oshirishda korxonaning ishchi kuchi bilan taminlanish imkoniyatlarini tahlil qilish lozim. Ishchi kuchiga aholining zarur jismoniy kuchga, bilimga, tegishli tarmoqdagi mehnat konikmalariga ega bolgan qismi kiradi. Korxonaning kerakli ishchi kuchi bilan yetarli darajada taminlanishi, ulardan oqilona foydalanish mehnat unumdorligining yuqori darajada bolishi, mahsulot hajmini kopaytirish va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish uchun katta ahamiyatga ega. Xususan, barcha ishlarning xajmi va oz vaqtida bajarilishi, asbob-uskunalar, mashinalar, mexanizmlardan foydalanish samaradorligini va buning natijasi sifatida mahsulot ishlab chiqarish xajmi, uning tannarxi va boshqa bir qator iqtisodiy korsatkichlari korxonalarning ishchi kuchi bilan taminlanganligiga va ulardan samarali foydalanishiga bogliq.
Korxonaning ishchi kuchi bilan taminlanganligini aniqlash. Korxonaning ish kuchi bilan taminlanishi toifalari va kasblar boyicha xodimlarning xaqiqiy sonini reja ehtiyojlari bilan taqqoslash asosida aniqlanadi. Korxonaning eng muhim kasblardagi kadrlar bilan tamin etilishini tahlil qilishda alohida etibor beriladi. Ishchi kuchining sifat tarkibini organib chiqish zarur.
Agar ishchilarning xaqiqiy ortacha tarif razryadi ishlarning
rejalashtirilgan va ortacha tarif razryadidan past bolsa, u holda bu sifati pastroq mahsulot ishlab chiqarishga olib kelishi mumkin. Agar ishchilarning ortacha razryadi ishlarning ortacha tarif razryadidan yuqori bolsa, bunday xolda ishchilardan kam malaka talab qilinadigon ishlarda foydalangani uchun ularga qoshimcha haq tolash zarur.
Mamuriy-boshqaruv personali har bir xodimnig haqiqiy malumot darajasi egallab turgan lavozimiga mos kelishi nuqtai nazaridan tekshirish va kadrlar tanlash, ularni tayyorlash va malakasini oshirish bilan bogliq masalalarni organib chiqish lozim.
Hodimlarning malaka darajasi kop jihatdan ularning yoshiga, ish stajiga, malumoti va hokazolarga bogliq. Shu sababli ishlab chiqarish jarayonida ishchilarning yoshi, ish staji, malumoti boyicha ozgarishlar organiladi. Bu organish ishchi kuchining harakati natijasida sodir bolish sababli bu masalaga katta etibor beriladi.
Mavjud ishchi kuchidan yanada tolaroq foydalanish, mehnat unumdorligini oshirish, ishlab chiqarishni jadallashtirish, ishlab chiqarish jarayonlarini kompleks mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, ancha umumiyroq ishlab chiqarish texnikasini joriy etish, texnologiyani va ishlab chiqarishni tashkil etishni takomillashtirish hisobiga korxonani mehnat resurslari bilan taminlashdagi keskinlikni birmuncha bartaraf etish mumkin. Yuqorida sanab otilgan tadbirlarni otkazish natijasida mehnat resurslariga bolgan ehtiyojni qisqartirish zahiralari aniqlanishi lozim.
Agar korxona oz faoliyatini kengaytirsa, ishlab chiqarish quvvatlarini kopaytirsa, yani yangi ish orinlarini tashkil etsa, u holda mehnat resurslariga bolgan qoshimcha ehtiyojlar toifalar va kasblar boyicha aniqlash, ularni jalb qilish manbalarini topish kerak.
Ishlovchilarning mehnat salohiyatlarini xisobga olgan holda joylashtirish. Ishlab chiqarishning texnik bazasi qanchalik takomillashgan bolishiga, korxonalar eng yangi vositalar bilan qurollanganligiga qaramasdan, agar mutaxassis kadrlardan foydalanish masalasi togri yolga qoyilmagan bolsa, ishlab chiqarish jarayoni normal ketmaydi. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda inson omilining ahamiyati doimiy ravishda jamiyat ega bolgan har bir mehnat salohiyati ahamiyatining oshib borishi bilan bogliq. Shuning uchun korxonalarda kadrlarni togri joylashtirishga alohida etibor beriladi.
Ushbu ish jarayonida asosiy etibor ularni oqilona taqsimlash, son va sifat jihatidan foydalanish masalalariga qaratiladi. Son jihatidan qaralganda ishlovchilarning umuman korxona boyicha yoki bolimlar boyicha yetarliligi ishlab chiqarish vazifalarining xajmlari va mehnat jamoasining imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Korsatilgan uslubiy yondashuv shunga bogliqki, har qanday ishlab chiqarish jamoasining mehnat salohiyati olchovi aniqlanganda ishlovchilar sonidan emas, balki ularning salohiyat imkoniyatlaridan kelib chiqiladi.
Mehnat unumdorligi hisob-kitoblari umuman korxona boyicha yoki ishlovchilarning alohida funktsional guruhlari boyicha otkazilishi kerak. Hisobkitoblarni bunday detallashtirish alohida olingan kategoriyalardagi ishlovchilar sonining mavjud normativlar talablariga mos kelishini tahlil qilish imkonini beradi. Bu holda ishlovchilarni oqilona joylashtirish va ulardan foydalanishning umumiy mezoni bolib kadrlar tuzilmasidagi ozgarishlar hisoblanadi. Ayniqsa, ishlovchilar har bir kategoriyasi ulushining normativlarga mos kelishini tahlil qilish muhimdir. Lekin har doim ham turli ishlovchilar guruhlarining normativlariga mos kelishiga jiddiy amal qilinmaydi. Masalan, boshqaruv hodimlari ulushining oshib ketishi tashkiliy xarakterdagi negativ jarayonlarni korsatadi. Bunday oshib ketish ohir-oqibatda foyda olchamiga tasir qiladi.
Mehnatni jamoa (brigada) shaklida tashkil qilish korxonada kadrlardan foydalanish va joylashtirishning taraqqiy qilgan shaklidir. Faqat u zamonaviy ishlab chiqarish sharoitlariga mos keladi, ishlovchilarning mehnat va ijtimoiy faolligini oshirishga cheksiz imkoniyatlar ochib beradi, mehnat natijalariga jamoaviy masuliyat va ortoqlik hislarini uygotadi.
Ish hajmlaridan kam sonli ishlovchilar bilan bajarish jamoa ish vaqti jamgarmasidan foydalanishni yaxshilash xisobiga bolishi mumkin.
Mehnat faoliyatini tashkil etish nazariyasi va amaliyotini organish masalasini talqin qilish tashkilot va tizimning asosiy kategoriyalarini, shuningdek, ular bilan boglangan mehnat taqsimoti va kooperatsiyasi, tashkiliy tuzilmalarning qurilishi kabi muammolarini qarab chiqishni talab etadi.
Mehnat unumdorligi deganda insonni malum bir vaqt davomida biror mehnat turi bilan band bolishini hisobga olsak, bunga ilmiy va pedagogik faoliyat, ishlab chiqarish va boshqaruv faoliyati, tadbirkorlik va tijorat faoliyati va boshqalar misol bolishi mumkin. Keng mazmundagi «unumdorlik» tushunchasini mehnatga nisbatan tatbiq etilganda u ana shu mehnat predmetiga tasir korsatish faolligi darajasini va bunda sarflanadigan aqliy intellektual kuch-gayrat darajasini ozida aks ettiradi. Mehnat unumdorligi tushunchasini bunday talqin qilish ilmiy-texnikaviy, ishlab chiqarish, iqtisodiy va ijtimoiy vazifalarni hal qilishga har tamonlama, faol yondashish (ananaviy amaliyotga nisbatan), undan yanada kengroq foydalanish imkonini beradi.