O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi


Akusherlik va ginekologiya fanidan talabalar bilimini reyting tizimi asosida baholash mezonlari



Yüklə 392,5 Kb.
səhifə35/40
tarix02.01.2022
ölçüsü392,5 Kb.
#2680
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40
Akusherlik va ginekologiya fanidan talabalar bilimini reyting tizimi asosida baholash mezonlari

Akusherlik va ginekologiya fani bo’yicha reyting jadvallari, nazorat turi, shakli, soni hamda har bir nazoratga ajratilgan maksimal ball, shuningdek joriy va oraliq nazoratlarining saralash ballari haqidagi ma`lumotlar fan bo’yicha birinchi mashg`ulotda talabalarga e`lon qilinadi.

Talabalarning fan bo’yicha o’zlashtirish darajasining Davlat ta`lim standartlariga muvofiqligini ta`minlash uchun quyidagi nazorat turlari o’tkaziladi:

- joriy baxolash (JB);

- talaba mustaqil ishi (TMI);

- oraliq baholash (OB);

- yakuniy baholash (YAB)

Fan bo’yicha talabaning semestr (o’quv yili) davomidagi o’zlashtirish ko’rsatkichi 100 ballik tizimda baholanadi.

Ushbu 100 ball baholash turlari bo’yicha quyidagicha taqsimlanadi:





Baxolash turi

Maksimal ball

Koeffitsient

Saralash bali

1.

Auditoriyadagi o’quv mashg`ulotlarni baxolash+TMI

50

0,5

27,5

2.

Oraliq baholash

20

0,2

11,0

3.

YAkuniy baholash

30

0,3

16,5




JAMI

100

1

55,0

JORIY BAHOLASH (JB)

JBda talabaning fanni mavzulari bo’yicha bilim va amaliy ko’nikma darajasini aniqlash va baholab borish ko’zda tutiladi. Akusherlik va ginekologiya fani bo’yicha JB og`zaki, o’rgatuvchi-nazorat tarqatma materiallari bilan ishlash, kasallikni diagnostika qilish, mustaqil ishlarni bajarish, uy vazifalarni tekshirish va shu kabi boshqa shakllarda o’tkazilishi mumkin.

Baholashda talabaning bilim darajasi, amaliy mashg`ulot materiallarini o’zlashtirishi, nazariy material muhokamasida va ta`limning interaktiv uslublarida qatnashishning faollik darajasi, shuningdek, amaliy bilim va ko’nikmalarni o’zlashtirish darajasi (ya`ni nazariy, analitik va amaliy yondoshuvlar) hisobga olinadi. Har bir mashg`ulotda barcha talabalar baholanishi shart.

Joriy nazoratda talabalar bilimi ta`lim modeliga asoslangan xolda quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi: nazariy, amaliy qism va TMI (50:40:10)






96-100

91-95

86-90

81-85

76-80

71-75

66-70

61-65

55-60

31-54

0-30

Nazariy qism

52- 50

46-48

43-45

41-42

38-40

36-38

33-35

31-33

28-30

15-27

0-18

Amaliy qism

35-40

36-38

34-36

32-34

31-32

28-30

26-28

24-26

22-24

12-22

0-12

TMI

9-10

9

9

8-9

7-8

7

7

6

5-6

4-5

0


Talabalar bilimini joriy baholashda quyidagi mezonlar inobatga olinadi:

Akusherlik va ginekologiya fani bo’yicha talabalar bilimini baholashda quyidagi namunaviy mezonlar inobatga olinadi

O’zlashtirish

%


Baho

Talabaning bilim darajasi

90-100%

A`lo “5”

Kasallik etiologiyasi, tasnifi, diagnostikasi, klinikasi, davolash va profilaktikasi bo’yicha to’liq va to’g`ri javob berish. Mustaqil xulosa va qaror qabul qilish, ijodiy fikrlay olish,mustaqil mushohada yuritish. Vaziyatli masalalarni to’g`ri va ijodiy echish,javoblarni to’liq asoslab berish. Interaktiv o’yinlarda faol va ijodiy qatnashish va ularni echishda ijobiy xulosalar tahlil qilish.

91-95%

A`lo “5”

Kasallik etiologiyasi, tasnifi, diagnostikasi, klinikasi, davolash va profilaktikasi bo’yicha to’liq va to’g`ri javob berish. Ijodiy fikrlay olish,mustaqil mushohada yuritish. Vaziyatli masalalarni to’g`ri va ijodiy echish, javoblarni to’liq asoslab berish. Interaktiv o’yinlarda faol va ijodiy qatnashish, to’g`ri qaror qabul qilish. Tug`ruq tarixi va partogrammani yozishda 1ta grammatik xato qilingan ayrim noaniqliklar.

86-90%

A`lo “5”

Kasallik etiologiyasi, tasnifi, diagnostikasi, klinikasi, davolash va profilaktikasi bo’yicha qo’yilgan savollar to’liq yoritish, lekin 1-2 qo’pol bo’lmagan xatoga yo’l qo’yilishi. Mustaqil tahlil qilish. Vaziyatli masalalarni to’g`ri echish,lekin ayrim noaniqliklar ko’rsatish. Interaktiv o’yinlarda faol qatnashish,to’g`ri qaror qabul qilish. Tug`ruq tarixi va partogrammani yozish, yozilganda 2-3ta grammatik xatolar qilishi ayrim noaniqliklar.

81-85%

YAxshi “4”

Kasallik etiologiyasi, tasnifi, diagnostikasi, klinikasi, davolash va profilaktikasi bo’yicha qo’yilgan savollar to’liq yoritish, lekin 2-3 qo’pol bo’lmagan xatoga yo’l qo’yish. Amalda qo’llay olish, mohiyatini tushunish,bilish,aytib berish,tasavvurga ega bo’lish. Vaziyatli masalalarni to’g`ri echish, lekin javoblar to’liq yoritilmasligi. Interaktiv o’yinlarda faol qatnashish, to’g`ri qaror qabul qilish.Tug`ruq tarixi va partogrammani yozish, yozilganda 2-3 grammatik xatolarga yo’l qo’yish..

76-80%

YAxshi “4”

Savollar to’g`ri, lekin to’liq yoritilmasligi. Talaba kasallik etiologiyasi, tasnifi, diagnostikasi, davolashni bilishi lekin profilaktikasini yaxshi bilolmasligi. Mohiyatini tushunish, bilish, aytib berish, tasavvurga ega bo’lish. Interaktiv o’yinlarda faol qatnashish. Vaziyatli masalalarga to’liq javob bermasligi. Tug`ruq tarixi va partogrammani yozish, lekin yozganda 3-4 xatoga yo’l qo’yishi.

71-75%

YAxshi “4”

Savollar to’g`ri, lekin to’liq yoritilmasligi. Talaba kasallik etiologiyasi, tasnifi, diagnostikasini bilishi lekin davolash va profilaktikasini yaxshi bilolmasligi. Mohiyatini tushunish, bilish, aytib berish,tasavvurga ega bo’lish. Vaziyatli masalalarga to’liq javob bermasligi. Tug`ruq tarixi va partogrammani yozish, lekin yozganda 3-4 xatoga yo’l qo’yishi.

66-70%

Qoniqarli

“3”


Savollarning yarmi xatolarga yo’l qo’yilgan holda yoritish.Talaba kasallik etiologiyasi tasnifini bilishi lekin kasallik diagnostikasi, klinikasi va profilaktikasi bo’yicha xatolarga yo’l qo’yishi. Faqat ba`zi savollar bo’yicha mohiyatini tushunish,bilish, aytib berish, tasavvurga ega bo’lish. Vaziyatli masalalarni to’g`ri echish, lekin javoblar asoslab berilmagan. Tug`ruq tarixi va partogrammani yozish, lekin yozganda xatolarga yo’l qo’yishi

61-65%

Qoniqarli

“3”


Savollarning yarmi xatolarga yo’l qo’yilgan holda yoritilishi. Talaba kasallik etiologiyasi tasnifini bilishi lekin kasallik diagnostikasi, klinikasi va profilaktikasi bo’yicha xatolarga yo’l qo’yishi.Faqat ba`zi savollar bo’yicha mohiyatini tushunish, javobi to’liq emas. Vaziyatli masalalarni to’g`ri echish, lekin javoblar asoslab berilmasligi xato qo’yilishi. Tug`ruq tarixi va partogrammani yozish, lekin yozganda xatolarga yo’l qo’yishi

55-60%

Qoniqarli

“3”


Savollarning yarmi xatolarga yo’l qo’yilgan holda yoritilish. Talaba kasallik etiologiyasi tasnifini bilishi lekin kasallik diagnostikasi, klinikasi va profilaktikasi bo’yicha xatolarga yo’l qo’yishi. Javobi noaniq mavzu bo’yicha birmuncha tasavvurga egallash. Vaziyatli masalalarni echishda xatoga yo’l qo’yish.Tug`ruq tarixi va partogrammani yozish, lekin yozganda ko’p xatolarga yo’l qo’yishi

50-54%

Qoniqarsiz

“2”


Savollarning 1/3 to’g`ri yoritilgan. Kasallik etiologiyasi,tasnifini yoritishda xatoga yo’l qo’yilgan.Vaziyatli masalalar noto’g`ri echilgan. Tug`ruq tarixi va partogrammani yozish, lekin yozganda ko’p qo’pol xatolarga yo’l qo’yilishi

46-49%

Qoniqarsiz

“2”


Savollarning 1/4 to’g`ri yoritilgan. Kasallik etiologiyasi yoritishda xatoga yo’l qo’yilgan. Vaziyatli masalalar noto’g`ri echilgan. Tug`ruq tarixi va partogrammani yozish, lekin yozganda ko’pi noto’g`ri yozilgan

41-45%

Qoniqarsiz

“2”


Savollarning 1/5 to’g`ri yoritilgan. Talaba kasallik etiologiyasi, tasnifinini bilmaydi. Diagnostikasi va klinikasini yoritishda xatoga yo’l qo’yilgan. Tug`ruq tarixi va partogrammani yozganda ko’p qo’pol xatolarga yo’l qo’yilgan

36-40%

Qoniqarsiz

“2”


Savollarning 1/10 noto’g`ri yoritilgan.Kasallik etiologiyasini bilmaydi tasnifini aytishdav aralashtirib yuboradi. Diagnostikasi va klinikasi bo’yicha tushuncha yo’q.

31-35%

Qoniqarsiz

“2”


Savollarga javob bermadi. Kasallik etiologiyasi, tasnifi, diagnostikasi, klinikasi, davolash va profilaktikasi bo’yicha qo’yilgan savollarga umuman javob berolmaydi. Tug`ruq tarixi va partogrammani yozishni umuman bilmaydi.

ORALIQ BAHOLASH

OBda talaba tomonidan fanning bir necha mavzularni o’z ichiga olgan bo’limi yoki qismi bo’yicha bilim va amaliy ko’nikmalarni o’zlashtirish darajasi baholanadi.

Akusherlik va ginekologiya fani bo’yicha OB o’quv yilida 2 marotaba (har semestrda - 1): akusherlik va ginekologiya bo’limlari bo’yicha o’tkaziladi. OB ga o’quv mashg`ulotlaridan qarzi bo’lmagan talabalar qo’yiladi.

OB kafedra majlisining qarori bilan yozma yoki og`zaki shakllarida o’tkaziladi. OB bo’yicha belgilangan maksimal reyting balining 55%dan kam ball to’plagan talaba YABga qo’yilmaydi.

Oraliq nazoratni o’tkazish jarayoni kafedra mudiri tomonidan tuzilgan komissiya ishtirokida davriy ravishda o’rganib boriladi va uni o’tkazish tartiblari buzilgan hollarda, oraliq nazorat natijalari bekor qilinadi va oraliq nazorat qayta o’tkaziladi.



Yüklə 392,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin