20
tizimning ijtimoiy qimmatga ega bo„lgan boshqaruvchilikka taalluqli sifatlarini
yaqqol namoyon bo„lishi kuzatiladi. Zero, har jihatdan ijtimoiy faollikka xizmat
qiluvchi sifatlar namoyon etilmagan joyda shaxs va jamiyat uyg„unligining
ta‟minlanishi uchun muhim ahamiyat kasb etuvchi barcha imkoniyatlar qo„ldan
boy beriladi. Vaholangki, bunday "imkoniyatlar"ni hamisha "muhofaza" qilish
nafaqat ijtimoiy tashkilotlarning, balki har bir fuqaroning muqaddas burchidir.
Shunday qilib, psixologik xizmatning metodologik asoslari sifatida talqin qilingan
mazkur
fikr-mulohazalar
psixologiya
fanining
quyidagi
amaliy-tatbiqiy
yo„nalishlariga bugungi kunning eng dolzarb muammolari sifatida qarashni taqozo
etadi.
1. Amaliyotchi psixolog har bir shaxsning faoliyatdan ijtimoiy va hissiy
qoniqish jarayonini tadqiq qilishga qaratilgan usullar va uslublar majmuasiga
asoslanishi lozim.
2. Amaliyotchi psixolog shaxsning faoliyat jarayonidagi o„z-o„ziga,
o„zgalarga va faoliyatga bo„lgan munosabatlaridagi ierarxik tizim dinamikasini
tadqiq qilishi va shu tizim asosida ijtimoiy psixologik muhitning yaratilishiga
zamin hozirlay olishi bilan bog„liq izlanishlar ko„lamini o„z ichiga oladi.
3. Amaliyotchi psixolog jarayoni bilan bog„liq ijtimoiy muhim
ko„rsatkichlarning tahlili har bir shaxs faoliyati uchun xarakterli bo„lgan individual
farqlanish, individual uslub va ijtimoiy ustanovkaning qaror toptirilishini o„rganish
asosida amalga oshirilishi mumkin.
4. Amaliyotchi psixolog ijtimoiy jarayonini ijtimoiy psixologik muhofaza
vositasi sifatida tadqiq qilish muammosi bugungi kunda ijtimoiy psixologiyaning
eng dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi va bu muammoni bartaraf etishda
ma‟lum psixologik tamoyillarga tayanish talab qilinadi.
Dostları ilə paylaş: