O‟zbеkiston rеspublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/103
tarix05.06.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#125392
növüУчебное пособие
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   103
13873 2 1824F1578C458376EEAC34C18110D2F59D6B5DDB

Maqsadlar va ideallar. Ijtimoiylashuvning mas‟uliyat hissiga bog‟liq 


135 
yo‟nalishlaridan yana biri shaxsda shakllanadigan maqsadlar va ideallardir. Ular 
shaxsni kelajakni bashorat qilish, ertangi kunini tasavvur qilish va uzoq va yaqinga 
mo‟ljallangan rejalarni amalga oshirishga tayyorligini ta‟minlaydi. Maqsad va 
rejasiz inson – ma‟naviyatsiz pessimistdir. Bu maqsadlar doimo o‟zining 
anglanganligi va shaxs real imkoniyatlariga bog‟liqligi bilan xarakteralanadi. 
Ularning shakllanishi va ongda o‟rnashishida ma‟lum ma‟noda ideallar ham rol 
o‟ynaydi. Ideallar – shaxsning hozirgi real imkoniyatlari chegarasidan tashqaridagi 
orzu-umidlari bo‟lib, ongda mavjudligi va har doim ham amalga oshmasligi bilan 
xarakterlanadi. Chunki ularning paydo bo‟lishiga sabab bevosita tashqi muhit 
bulib, o‟sha ideallar obyekti bilan shaxs imkoniyatlari o‟rtasida tafovut bo‟lishi 
mumkin. Masalan, o‟smirning ideali otasi, u otasiday mashhur va el suygan 
yozuvchi bo‟lmoqchi. Bu orzuga yaqin kelajakda erishib bo‟lmaydi, lekin aynan 
ana shunday ideallar odamga maqsadlar qo‟yib, unga erishish yo‟lidagi 
qiyinchiliklarni yengishga irodani safarbar qilishga yordam beradi. 
Qiziqishlar va e‟tiqod. Qiziqishlar ham anglangan motivlardan bo‟lib, ular 
shaxsni atrofida ro‟y berayotgan barcha hodisalar, olamlar, ularning o‟zaro 
munosabatlari, yangiliklar borasida faktlar to‟plash, ularni o‟rganishga imkon 
beruvchi omildir. qiziqishlar mazmunan keng yoki tor, maqsad jihatidan 
professional, bevosita yoki bilvosita bo‟lishi, vaqt tomondan barqaror, doimiy yoki 
vaqtinchalik bo‟lishi mumkin. qiziqishlarning eng muhim tomoni shundaki, ular 
shaxs dunyoqarashi va e‟tiqodini shakllantirishga asos bo‟ladi. Chunki e‟tiqod 
shaxsning shunday ongli yo‟nalishiki, u insonga o‟z qarashlari, prinsiplari va 
dunyoqarashiga mos tarzda yashashga imkon beradi. Xalq doimo e‟tiqodli 
insonlarni hurmat qiladi. E‟tiqodning predmeti turlicha bo‟lishi mumkin – Vatanga 
e‟tiqod, dinga, fanga, kasbga, ahloqiy normalarga, oilaga, go‟zallikka va shunga 
o‟xshash. Insonning insonligi, uning jamiyatdagi mavqyei va nufuzi ma‟lum 
ma‟noda undagi e‟tiqodlilik darajasi bilan belgilanadi. Ayrim insonlar butun umri 
mobaynida faqat bitta narsaga e‟tiqod qiladilar. Masalan, Mir Alisher Navoiyning 
butun hayoti xalqqa va millatga fidoiylikning namunasi sifatida, turkiy xalqlar 
adabiyotiga asos solishga bag‟ishlanganligi, Imom Buxoriy, Ibn Sino singari 


136 
buyuk allomalarning turli tayziqlarga qaramay ilm va ijod yo‟lidagi qat‟iyatlari, 
erishgan yutuqlari e‟tiqodlilikning yorqin namunasidir. Bunday misollar Sharqning 
va g‟arbning buyuk shaxslari misolida juda ko‟p. Mansur Xalloj, Nasimiy, 
Boborahim Mashrab kabi hur fikrli zotlar esa qatl qilingan chog‟larida ham o‟z 
e‟tiqodlari va tanlagan yo‟llaridan qaytmaganlar. 
E‟tiqodlilik nuqtai nazardan ham odamlar bir-birlaridan farq qiladilar. Tarixda 
shunday shaxslar borki, ular butun ongi hayotini faqat bir narsaga bag‟ishlab o‟tib 
ketadilar, lekin ularga o‟sha ixlos va kuchli e‟tiqod xalq tomonidan e‟tirof etilib, 
mehnatlari, ilmiy kashfiyotlari yoki o‟sha kasbga sadoqatlari tufayli o‟zlariga 
tiriklidayoq o‟chmas haykal qoldirganlar. Ayrim odamlar esa o‟zlaridagi 
qiziqishlar va e‟tiqodni hayotlari mobaynida o‟zgartirib boradilar. Masalan, 
yoshligida sportning biror turiga astoydil ihlos qilgan odam bu borada katta 
natijalarga erishadi, uni yurt taniydi. Umrining ma‟lum bosqichida u shu erishgan 
yutuqlarini boshqa shaklda takomillashtirib, ustoz-murabbiy sifatida o‟qitishga 
astoydil kirishadi. Umrining yana bir bo‟lagida tashkilotchi-rahbar sifatida ana shu 
sohani yanada yuksaklikka ko‟tarishga xizmat qiladi. Mukarrama Turg‟unboyeva, 
Yunus Rajabiy, Komil Yashin, Rufat Risqiyev, Abror Hidoyatov, Abdulla Oripov, 
Ozod Sharofiddinov kabi yuzlab zamonamiz qahramonlarining hayot-faoliyatlari 
ana shunday e‟tiqodlilikning yorqin misolidir. 
Demak, agan insonda biror narsaga e‟tiqod shakllangan bo‟lsa, undan yaxshi 
inson bo‟lib, odamlarga nafi tegishiga umil qilish mumkin. Lekin e‟tiqodsizlikdan 
qo‟rqish kerak. Agar atrofimizda biror bir narsaga aniq ishonmaydigan, maqsad-
maslagi yo‟q kishini ko‟rsangiz, unga yordam berish yo‟lini izlash kerak, chunki 
bu odamdagi e‟tiqodsizlik nafaqat uning o‟ziga, balki atrofdagilarga ham faqat 
salbiy ta‟sir ko‟rsatadi. E‟tiqodli inson avvalo o‟zgalarga ziyon keltiruvchi 
amallardan o‟zini tiyadi, yolg‟on gapirmaydi. Unda har doimo lafz bo‟ladi, ya‟ni 
bir narsani qilaman, deb ahd qilsa, albatta, butun kuchi va iqtidorini safarbar qilib, 
ungi bajaradi, boshlagan ishini oxiriga yetkazadi. E‟tiqodli inson nima 
qilayotganligini, nima uchun aynan shu ishni qilayotganligini juda yaxshi anglaydi. 
Shu tufayli haqiqiy e‟tiqodli inson ilmga intiladi, o‟z hayotining mazmun-


137 
mohiyatini tushunishga intiladi, go‟zallik yaratish, har tomonlama barkamol 
bo‟lishga tirishadi, yaxshilarga oshno bo‟lish, buyuklikka havas uning hayotiy 
shioriga aylanadi. Haqiqiy e‟tiqod sohibida sog‟lom fikr bo‟lib, bu fikr orqali u 
insoniyatning umrboqiyligini idrok etadi, o‟zidan oilasiga, farzandlariga nimadir 
qoldirib ketishni istab yashaydi. Shuning uchun ham e‟tiqodlilik – shaxsdagi jur‟at, 
mardlik, fidoiylik, iroda, vijdon, qat‟iyat, halollik, isnonparvarlik, vatanparvarlik 
kabi qator ijobiy sifatlar bilan bog‟liqdir. 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin