134
15.4. Ijtimoiylashuv jarayonida shaxs hayotiy yoʻnalishining shakllanishi.
Shaxs yoʻnalganligining eng muhim tarkibiy qismlari.
Ijtimoiylashuvning institutlaridan tashqari uning oqibati masalasi ham
psixologiyada muhim amaliy ahamiyatga ega. Shaxs ijtimoiylashuvining eng
asosiy mahsuli – bu uning hayotda o‟z o‟rnini topib, jamiyatga manfaat keltiruvchi
faoliyatlarda ishtirok etishidir. Shu nuqtai nazardan olib qaralganda, shaxsning
yo‟nalganligi masalasiga ham fanda katta e‟tibor beriladi. Ijtimoiylashuv
jarayonida shaxs hayot-faoliyatini yo‟naltirib turadigan va real vaziyatlarga
nisbatan turg‟un, barqaror motivlar majmuiga ega bo‟lishlik shaxsning
yo‟nalganligi deb ataladi.
Mas‟uliyat. Bu ijtimoiylashuv jarayonida shaxsning yetukligini belgilovchi
muhim ko‟rsatgichlardan sanaladi. Oxirgi yillarda g‟arb va rus psixologiyasida
nazorat lokusi nazariyasi (teoriya lokusa kontrolya) keng tarqaldiki, unga ko‟ra,
har bir insonda ikki tipli mas‟uliyat kuzatiladi.
Birinchi tipli mas‟uliyat shundayki, shaxs o‟zining hayotida ro‟y berayotgan
barcha hodisalarning sababchisi, mas‟uli sifatida faqat o‟zini tan oladi. (“Men
o‟zim barcha narsalarga mas‟ulman. Mening hayotim va yutuqlarim faqat o‟zimga
bog‟liq, shuning uchun o‟zim uchun ham, oilam uchun ham o‟zim javob
beraman”). Mas‟uliyatlilikning ikkinchi turi undan farqli, barcha ro‟y bergan va
beradigan voqyea, hodisalarning sababchisi tashqi omillar, boshqa odamlar (ota-
ona, o‟qituvchilar, hamkasblar, boshliqlar, tanishlar va boshqalar).
Xorij mamlakatlarda o‟tkazilgan tadqiqotlarning ko‟rsatishicha, ikkinchi turli
mas‟uliyat ko‟proq o‟smirlarga xos bo‟lib, ulardan 84% mas‟uliyatni faqat
boshqalarga yuklashga moyil ekanlar. Bu ma‟lum ma‟noda yoshlar o‟rtasida
mas‟uliyatsizlikning avj olganligidandir. Shuning uchun ham “Nazorat lokusi”
tushunchasini fanga kiritgan amerikalik olim
J.Rotter (
J.Rotter)ning fikricha,
mas‟uliyatni o‟z bo‟yniga olishga o‟rgatilgan bolalarda xavotirlik, neyrotizm,
konformizm holatlari kam uchrarkan. Ular hayotga tayyor, faol, mustaqil fikr
yurituvchilardir.
Dostları ilə paylaş: