O‟zbеkiston rеspublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi


 Hayot tarzi, inson individual xususiyatlari, hamkorlik



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/103
tarix05.06.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#125392
növüУчебное пособие
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   103
13873 2 1824F1578C458376EEAC34C18110D2F59D6B5DDB

17.4. Hayot tarzi, inson individual xususiyatlari, hamkorlik
faoliyati-shaxs rivojlanishining asoslari. 
Jahon psixologiyasida xulq-atvor, muomala va faoliyat muvaffaqiyatini 
ta‟minlovchi omillarning eng muhimi tariqasida insonning emotsional hayoti 
yotishi aksariyat nazariyotchi psixologlar tomonidan ta‟kidlab o„tiladi. Bu 
talqinning haqqoniyligiga hech qanday e‟tirozlar bo„lishi mumkin emas, chunki 
mazkur omil eksperimental psixologiyaning mustaqil soha sifatida vujudga 
kelishidan e‟tiboran ustuvor, dalil taqozo qilmaydigan atribut singari tadqiqot 
predmeti mohiyatiga singib ketgan. Shuni alohida ta‟kidlab o„tish lozimki, inson 
muomalasining, xulq-atvorining kechishi, faoliyatining muvaffaqiyatli, sermahsul 
yakunlanishi ko„p jihatdan shaxsning emotsional holatlariga (emotsional ton, 
kayfiyat, stress, affekt va hokazo), izohlanishi murakkab bo„lgan ruhiy 
kechinmalarga, yuksak his-tuyg„ularga bog„liq. O„yin, mehnat, o„quv, muomala va 
boshqa faoliyat turlarining muvaffaqiyatli kechishi, shaxslararo munosabatlarda 
xulq-atvorning namoyon bo„lishi ijobiy psixologik holat sifatida baholansa, 
emotsiya va hissiyotning barqaror, maqsadga yo„nalgan tarzda hukm surish 
ehtimoli e‟tirof etiladi. His-tuyg„ularning mustahkamligi, barqarorligi, 
mukammalligi sifatlarining mavjudligi ularning dinamik stereotiplar tipiga 
aylanganligidan dalolat beradi, faoliyat va xulqning shaxs tomonidan ongli 
ravishda boshqarish uslubi shakllanganligini bildiradi. Tabiatning tarkibiy qismlari 


157 
va jamiyatning a‟zolari bilan turli shakldagi, har xil xususiyatli munosabatga 
kirishishi, ular bilan muomala qilish maromlarining davriy (muvaqqat tarzda) 
o„zgarishni vujudga keltiradi. Ana shu o„zgarish tufayli muvaffaqiyat va 
muvaffaqiyatsizlik, omad va omadsizlik, optimizm va pessimizm, romantika va 
realiya, simpatiya va antipatiya, progress va regress, jo„shqinlik va tushkunlik, 
faollik va sustlik kabi birinchisi ijobiy (pozitiv) ikkinchisi esa salbiy (negativ) 
ruhiy hodisa kelib chiqadi. Faoliyat va xulqning amaliyotda bir tekis kechishini 
ta‟minlovchi emotsional holat barqarorligining buzilishi unga qiyos qilingan 
muvaffaqiyatning birlamchi omili to„grisidagi ilmiy ma‟lumotlarni shubha ostida 
qoldiradi. Binobarin, jamiki narsaning boshlang„ich asosi, manbai emotsiya degan 
g„oyani, uning qiymatini umumiy fonda birmuncha qadrsizlantiradi, lekin ikkinchi 
darajali omilga aylantirib yubormaydi. Omillarning birlamchi va ikkilamchi, 
ustuvor va yetakchi, umumiy va xususiy, obyektiv va subyektiv, muhim va 
nomuhim mezonlar, alomatlar, o„lchamlar yordami bilan baholanishi ushbu 
psixologik masala mohiyatini oqilona talqin qilish zaruriyatini vujudga keltiradi. 
Holbuki shunday ekan, ularning mohiyatini, keltirib chiqaruvchi sabablarini, 
harakatlantiruvchi kuchlarini muayyan dalillarga asoslanib tahlil qilish muammosi 
maydonga keladi. 
Inson faoliyati va xulqini muayyan qonuniyatlarga asoslangan holda amalga 
oshishi ham obyektiv, ham subyektiv shart-sharoitlarga bog„liq. Tabiiy omillarni 
keltirib chiqaruvchi obyektiv (tashqi) shart-sharoitlar, ya‟ni mikro va makro muhit, 
moddiy borliq, yordamchi vositalarning mavjudligi, ularning yuksak talablarga 
javob bera olish imkoniyati, tashqi qo„zg„atuvchilarning bezararligi, vaqt va 
fazoviy o„lchovlarning muvofiqligi, mutanosibligi kabilardan tarkib topadi. 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin