O‟zbеkiston rеspublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi


 Insonlar orasida individual farqlarni oʻrganishning



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/103
tarix05.06.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#125392
növüУчебное пособие
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   103
13873 2 1824F1578C458376EEAC34C18110D2F59D6B5DDB

17.2. Insonlar orasida individual farqlarni oʻrganishning
evolutsion sohasi. 
Odamlarning o‟quv, mehnat va ijodiy faoliyatidagi o‟ziga xoslikni 
tushuntirish uchun psixologiya fani birinchi navbatda qobiliyatlar va iqtidor 
masalasiga murojaat qiladi. Chunki qobiliyatli odamdan avvalo jamiyat 
manfaatdor, qolaversa, o‟sha insonning o‟zi ham qilgan har bir harakatidan o‟zi 
uchun naf ko‟radi. Qobiliyatlar muammosi eng avvalo inson aqlu-zakovatining 
sifati, undagi malaka, ko‟nikma va bilimlarning borligi masalasi bilan bog‟liq. 
Ayniqsa, biror kasbning egasi bo‟lish istagidagi har bir yoshning aqli va 
intellektual salohiyati uning malakali mutaxassis bo‟lib yetishishini kafolatlagani 
uchun ham psixologiyada ko‟proq qobiliyat tushunchasi aql zakovat tushunchasi 
bilan bog‟lab o‟rganiladi. Har bir normal odam o‟zining aqlli bo‟lishini xohlaydi, 
“Men aqlliman” demasa-da, qilgan barcha ishlari, gapirgan gapi, yuritgan 
mulohazasi bilan aynan shu sifat bilan odamlar uni maqtashlarini xohlaydi. 
“Aqlsiz, nodon” degan sifat esa har qanday odamni, hattoki, yosh bolani ham xafa 


152 
qiladi. Yana shu narsa xarakterliki, ayniqsa, bizning Sharq xalqlarida biror kimsaga 
nisbatan “o‟ta aqlli” yoki “o‟ta nodon” iboralari ham ishlatilmaydi, biz bu 
xususiyatlarni o‟rtacha tasniflar doirasida ishlatamiz: “Falonchining o‟g‟li 
anchagina aqlli bo‟libdi, narigining farzandi esa biroz nodon bo‟lib, ota-onasini 
kuydirayotgan emish” degan iboralar aslida “aqllilik” kategoriyasi insonning 
“yuragi”ga yaqin eng nozik sifatlariga aloqadorligini bildiradi. 
Ilm-fandagi an‟analar shundayki, aql va idrok masalasi, odamning intellektiga 
bog‟liq sifatlar juda ko‟plab tadqiqotlar obyekti bo‟lgan. Olimlar qobiliyatlarning 
rivojlanish mexanizmlari, ularning psixologik tarkibi va tizimini aniqlashga, 
ishonchli metodikalar yaratib, har bir kishining aqli sifatiga aloqador bo‟lgan 
ko‟rsatgichni o‟lchashga uringanlar. Ko‟pchilik olimlar odam intellektida uning 
verbal (ya‟ni so‟zlarda ifodalanadigan), miqdoriy (sonlarda ifodalanadigan), 
fazoviy ko‟rsatgichlarni aniqlab, ularga yana mantiq, xotira va xayol jarayonlari 
bilan bog‟liq jihatlarni ham qo‟shganlar. 
Ch.Spirmen faktorial analiz metodi yordamida yuqorida sanab o‟tilgan 
ko‟rsatgichlar o‟rtasida bog‟liqlik borligini isbot qilib, aqlning haqiqatan ham 
murakkab tuzilmaga ega bo‟lgan psixik xususiyat ekanligini ko‟rsatdi. Boshqa bir 
olim J.Gilford esa aqlni bir qator aqliy operatsiyalar (analiz, sintez, taqqoslash, 
mavhumlashtirish, umumlashtirish, sistemaga solish, klassifikatsiya qilish) 
natijasida namoyon bo‟ladigan xususiyat sifatida o‟rganishni taklif etgan. Bu 
olimlar aql so‟zidan ko‟ra intellekt so‟zini ko‟proq ishlatib, bu so‟zning o‟ziga xos 
talqini borligiga e‟tiborni qaratganlar. Chunki ularning fikricha, intellektual 
salohiyatga ega bo‟lgan shaxsnigina qobiliyatli, deb atash mumkin. Intellektual 
salohiyat esa bir tomondan hayotdagi barcha jarayonlarga, boshqa tomondan – 
shaxsga bevosita aloqador tushuncha sifatida qaralgan va uning ahamiyati 
shundaki, u borliqni va bo‟ladigan hodisalarni oldindan bashorat qilishga imkon 
beradi. Shu o‟rinda “intellekt” so‟zining lug‟aviy ma‟nosini tushunib olaylik. 
Intellekt – lotincha so‟z – intellectus – tushunish, bilish va intellectum – aql 
so‟zlari negizidan paydo bo‟lgan tushuncha bo‟lib, u aql-idrokning shunday 
bo‟lagiki, uni o‟lchab, o‟zgartirib, rivojlantirib bo‟ladi. Bu – intellekt va u bilan 


153 
bog‟liq qobiliyatlar ijtimoiy xarakterga ega ekanligidan darak beradi. 
Intellekt – bu intellektual testlar orqali aniqlanadigan jarayon; 
Intellekt – bu umumlashtirilgan ta‟lim olish qobiliyati. 
Intellekt – bu majoziy abstrakt fikrlash qobiliyati. 
Intellekt – bu murakkab muhitga moslashuv, unda o‟zini tutish 
samaradorligini ta‟minlaydigan jarayon. 
Darhaqiqat, qobiliyatlar va intellektga bevosita tashqi muhit, undagi insoniy 
munosabatlar, yashash davri ta‟sir ko‟rsatadi. Buni biz bugungi kunimiz misolida 
ham ko‟rib, his qilib turibmiz. Yangi avlod vakillari – kelajagini XXI asr bilan 
bog‟lagan o‟g‟il-qizlarning intellekt darajasi ularning ota-bobolarinikidan ancha 
yuqori. Hozirgi bolalar kompyuter texnikasidan tortib, texnikaning barcha turlari 
juda tez o‟zlashtirib olmoqda, jahon tillaridan bir nechtasi bilish ko‟pchilik uchun 
muammo bo‟lmay qoldi, minglab topshiriqlardan iborat testlarni ham yoshlar 
o‟zlashtirishda qiynalmayaptilar. Qolaversa, oila muhitining aql o‟sishiga ta‟sirini 
hamma bilsa kerak. Agar bola oilada ilk yoshligidan ma‟rifiy muhitda tarbiyalansa, 
uning dunyoqarashi keng, xohlagan soha predmetlaridan beriladigan materiallarni 
juda tez va qiyinchiliksiz o‟zlashtira oladi. Hattoki, bunday bolaga oliy o‟quv 
yurtida beriladigan ayrim predmetlar mazmuni ham o‟ta tushunarli, ular yanada 
murakkabroq masalalarni yechishni xohlaydi. 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin