O‟zbеkiston rеspublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/103
tarix05.06.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#125392
növüУчебное пособие
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   103
13873 2 1824F1578C458376EEAC34C18110D2F59D6B5DDB

 
Nazorat savollari: 
1. Muhitning fiziologik xarakteristikasi haqida ma‟lumot bering? 
2. Sezgi tushunchasiga falsafiy yondoshuvlar haqida nimalarni bilasiz? 
3. Sezgi borasidagi nazariyalar haqida? 
4. Sezgining reseptor va reflektor nazariyalari haqida tushuntirib bering? 
 
 


180 
20-MAVZU. SEZGILARNI KLASSIFIKASIYASI. 
Tayanch tushunchalar: interoseptiv, eksteroseptiv, proprioseptiv, konkakt, 
distant, analizator, periferik, ko‟rish sezgilari, eshitish sezgilari, hid bilish 
sezgilari, ta'm bilish sezgilari, teri sezgilari, muskul-harakat (kinestetik), statistik 
sezgilar. 
20.1. Interoseptiv, eksteroseptiv va proprioseptiv sezgilar va
ularning inson xatti-harakatidagi oʻrni. 
Interioretseptiv sezgilarning obyektiv ahamiyati juda yuqori, chunki ular ichki 
jarayonlarni o‟zaro o‟rin almashtirish balansini ta‟minlab turishning asosi 
hisoblanadi. Boshqacha so‟z bilan aytganda, ular organizmlardagi jarayonlarni 
o‟zaro o‟rin almashib turishining gemostazi (barqarorligi) deb ataladi. Ichdan 
paydo bo‟ladigan signallar xatti-harakatni vujudga keltiradi, stress, zo‟riqish, affekt 
holatlarini yo‟qotish (bartaraf qilish, pasaytirish), tug‟ilib kelayotgan mayllarni esa 
qoniqtirishga yo‟naltirilgan bo‟ladi. Oqibat natijada, ichki tana a‟zolarining 
faoliyatini izdan chiqish holati yuz berishi mumkin. Xuddi shu sababdan tibbiyot 
psixologiyasida interioretseptiv sezgilar ham muhim rol o‟ynaydi. Somatik va 
visperal jarayonlar, ruhiy holatlar (psixosomatika) o‟rtasidagi munosabatlarni 
o‟rganish imkonini yaratadi. 
Interioretseptiv sezgilarning fiziologik mexanizmlari interioretsepsiya bilan 
birgalikda K.M.Bikov, V.N.Chernigovskiylar tomonidan atroflicha o‟rganilgan. Bu 
narsalarning barchasi shartli reflektor faoliyati mexanizmlaridan kelib chiqqan 
holda sharhlab berilgan. 
Proprioretseptiv sezgilar tana dvigatel apparatining va gavdaning fazodagi 
holati to‟g‟risida signallar bilan ta‟minlab turadi. Ular inson harakatining 
regulyatorini va afferent asosini tashkil qiladilar. Periferik retseptorlar 
muskullarda, paylarda va bo‟g‟imlarda joylashgan bo‟lib, maxsus tanachalari 
shakliga egadirlar. Mazkur tanachalar Puchchini tanachalari deb ataladi. 
Tanachalarda vujudga keluvchi qo‟zg‟atuvchilar muskullarining taranglashuvi 
natijasida va bo‟g‟imlar holatining o‟zgarishida, nerv tolalari (iplari) yordamida 
orqa miyaning orqa ustunidagi (stolbasidagi) oq suyuqliklarga yetkaziladi. 


181 
Qo‟zg‟ovchilar Burdax va Goll yadrosining quyi bo‟limlariga yetib keladi va 
undan po‟stosti tugunlaridan o‟tib, bosh miya katta yarim sharining 
qorong‟ilashgan zonasida o‟z harakatini yakunlaydi. 
Proprioretseptorlar harakatining afferent asosi ekanligi A.A.Orbeli, 
P.K.Anoxin (hayvonlarda), N.A.Bernshteyn (odamlarda) tomonidan o‟rganilgan. 
Psixologik ma‟lumotlarga ko‟ra, gavdaning fazodagi holati sezgirligi statik 
sezgilarda o‟z ifodasini topadi. Uning markazi ichki quloq kanallarida joylashgan 
bo‟lib, o‟zaro bir-biriga perpendikulyar bo‟shliqda tutash holatda yotadi. Masalan, 
bosh holatining o‟zgarishi quyidagi sxemaga binoan amalga oshadi: 
a) o‟zgarish endolimfa suyuqligiga bog‟liq qo‟zg‟alish; 
b) eshitish nervi; 
v) vestibulyator nerv; 
g) bosh miya po‟stining chakka bo‟lmasi; 
d) miya apparatiga o‟tadi. 
Vestibulyator sezgirlik apparati qurish bilan bevosita aloqada bo‟lib, fazoni 
oriyentirlash jarayonida ishtirok etadi. Masalan, avtomobilning yo‟ldan o‟tishi 
(qatnovi), qalin o‟rmonni kesib o‟tish payti va hokazo. Xuddi shunday holat 
uchishda ham yuzaga kelishi mumkin. Patologiya holatida ham xuddi shunday 
jarayonga duch kelinadi. Eksterioretseptiv sezgilar moddalikdan (5 tadan) tashqari 
intermodal nospesifik sezgi turkumlariga ham ajratiladi. Masalan, eshitish organi 
(a‟zosi) orqali sekundiga 10-15 tebranishni sezish mumkin, lekin quloq bilan emas, 
balki suyaklar yordamida (miya qopqog‟i, tirsak, tizza uchlari orqali) payqash 
vibratsiya sezgirlik deyiladi. Masalan, karlarning tovushlarning idrok qilishi, 
pianinoni ushlab turish, pol yoki mebelning harakati kabilar. Odatda, vibratsion 
sezgirlik intermodal sezgi deb ham nomlanadi. Intermodalning boshqa bir 
ko‟rinishi mana bunday holatda namoyon bo‟ladi: 
a) hid, ta‟m va maza sezgilarida; 
b) o‟ta kuchli tovushda, o‟ta yorqin yorug‟likda; 
v) tricheminal, ya‟ni uch xil ta‟sirning uyg‟unlashgan, integrativ holatida 
kabilar. 


182 
Sezgining nospesifik shakli - terining foto sezgirligi ranglarning nozik 
jilolarini ajratish, qo‟l uchlari bilan sezish orqali ro‟yobga chiqadi. Terining foto 
sezgirligi A.N.Leontev tomonidan kashf qilingan bo‟lib, bu narsa ko‟pgina 
holatlarga oqilona yondashish imkoniyatini vujudga keltiradi. Ushbu kashfiyot qo‟l 
uchiga yashil va qizil rangli yorug‟lik yuborish orqali dunyo yuzini ko‟rgan. Rang 
signallarining og‟riq qo‟zg‟atuvchilar bilan munosabati qiyosiy jihatdan olib 
borilganda, insonni faol mo‟ljallash (oriyentrlash) jarayonida uning qo‟l uchi 
terisiga kelib tushadigan rang nurlarini farqlashga o‟rgatish mumkin ekan. 
Psixologiya fanida trening foto sezgirligi tabiati hali yetarli darajada 
o‟rganilgani yo‟q. Shunga qaramasdan, talamitik tizim va po‟st ostining 
qo‟zg‟alganida asab tizimi hamda teri ektodermlaridan kelib chiqqan, atrofga 
yoyilgan (tarqalgan), rudimentlar yorug‟lik sezish elementlari maxsus sharoitda 
muvaffaqiyatli harakat qiladi. Ko‟pincha “oltinchi tuyg‟u, hissiyot” sharofat bilan 
inson tomonidan “masofa”ni sezish, ko‟r odamlarda to‟siqni his qilish ushbu 
jarayon uchun yorqin misol bo‟la oladi. Ehtimol, yuz terisining issiq havo 
to‟lqinlarini idrok qilish, to‟siq oralig‟ida mavjud bo‟lgan tovush to‟lqinlarini 
(tebranishlarini) o‟zida aks ettirish terining foto sezgirligini ilmiy jihatdan 
izohlashga muayyan negiz (asos) bo‟lib xizmat qilishi mumkin. Insonning aks 
ettirish jarayoni o‟z mohiyati va xarakteri jihatidan 2-bosqichdan iboratdir. 1) 
Hissiy (aks ettirish) bilish bo‟lib, u sezish, hissiy qabul qilish, xotira va 
tasavvurlardan iboratdir. 2) Aqliy bilish bosqichi bo‟lib, u tafakkurdan iboratdir. 
Hissiy bilishning boshlang‟ich shakli - sezgidir. Chunki hissiy bilishning 
boshqa shakllari – hissiy qabul qilish sezgiga nisbatan ancha murakkab bo‟lib, u 
sezish asosida vujudga keladi. Hissiy qabul qilishning sezishdan farqi shundaki, 
unda predmetlarning ayrim xossalarni emas, balki predmet bir butun holda aks 
etadi. Hissiy bilishning yana bir shakli tasavvurdir. Tashqi ta‟sir natijasida vujudga 
kelgan nerv va miya qobig‟ining ma‟lum qismidagi qo‟zg‟alish – sezish, qabul 
qilish – ma‟lum davrgacha o‟z izini qoldiradi, ya‟ni tashqi ta‟sir to‟xtagandan 
so‟ng qo‟zg‟alishning, sezishning izi saqlanib qoladi. O‟sha ta‟sir etgan predmetga 
aloqador bo‟lgan, unga qandaydir munosabatda bo‟lgan hodisa ta‟siri natijasida 


183 
izlar yana qayta tiklanishi mumkin. Miya qobig‟ida saqlanib qolgan shu fiziologik 
izlarning tiklanishi, qaytadan qo‟zg‟alishi tasavvur, xotirani vujudga keltiradi. 
Insonning bilish jarayoni hissiy bilish bilangina cheklanmaydi. Hissiy bilish 
yoki jonli kuzatish inson bilishining pastki bosqichida vujudga keladi, bu bosqich 
asosida ijtimoiy mehnat jarayonida ikkinchi yuqori bosqich – aqliy bilish, tafakkur 
paydo bo‟ladi. Hissiy bilish orqali obyektiv reallikdan olingan “materiallar”ni 
qayta ishlash, ularni munosabatlari, ichki xususiyatlarini aniqlash, muhim va 
asosiy tomonlarini nomuhimlaridan ajratib olish, ularning qonuniyatlarini ochish 
aqliy bilish va tafakkurda amalga oshiriladi. 
Ekstroreseptiv sezgilar intermodal, nospesifik sezgi turkumlariga ham 
ajratiladi. Masalan, eshitish organi orqali 10-15 sekundga tebranishni sezish 
mumkin, lekin quloq bilan emas, balki suyaklar yordamida (miya qopg‟og‟i, tirsak, 
tizza uchlari) payqash - vibrasiya sezgilari deyiladi. Masalan, karlarni tovushlarni 
idrok qilishi. Odatda vibratsion sezgirlik intermodal sezgi deb ham nomlanadi. 
Uning quyidagi ko‟rinishlari ham mavjud:
a) hid, ta'm va maza sezgilarida; 
b) o‟ta kuchli tovushda, o‟ta yorqin yorug‟likda; 
v) uch xil ta'sirning uyg‟unlashgan integrativ holatida;
Sezgining nospesifik shakliga terining foto sezgirligi kirib, u ranglarni, nozik 
jumlalarni ajratish, qo‟l uchlari bilan sezish orqali ro‟yobga chiqadi. Terining foto 
sezgirligi A.N.Leontev tomonidan kashf qilingan bo‟lib, bu narsa ko‟pgina 
holatlarga oqilona yondashish imkoniyatini vujudga keltiradi. Tadqiqot asosan qo‟l 
uchiga yashil va qizil ranglarni yuborish orqali amalga oshirilgan. Terining foto 
sezgirligi tabiati psixologiyada yetarli darajada o‟rganilmagan. 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin