O‟zbеkiston rеspublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/103
tarix05.06.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#125392
növüУчебное пособие
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   103
13873 2 1824F1578C458376EEAC34C18110D2F59D6B5DDB

Ixtiyorsiz diqqat – ongimizning oldindan belgilangan maqsadsiz ravishda 
muayyan obyektga yo‟naltirilishi va unda to‟planishidan iborat diqqat turi.  
Parishonxotirlik - kishining maqsadga qaratilgan, yo‟naltirilgan faoliyatining 
funksional yoki organik buzulishi, diqqatni ma‟lum obyektga qarata olmaslik. 
Zavqlanish - biror-bir mufaqqiyatli ijodiy ishni ko‟rish, eshitish, yoki sezish 
orqali paydo bo‟ladigan ruhiy holat. 
Instinkt (lot. instinctus-ichki mayl, intilish) - organizmning tashqi yoki ichki 
ta‟sirotlar natijasida paydo bo‟ladigan murakkab tug‟ma harakatlari majmui
murakkab shartsiz refleks (ovqatlanish, himoyalanish, jinsiy instinkt va b.) 
Odamda instinkt uning ongi bilan boshqariladi. 
Idrok - sezgi a‟zolariga to‟g‟ridan-to‟g‟ri ta‟sir etuvchi narsa va 
hodisalarning kishi ongida yaxlit holda psixik aks ettirishdan iborat psixik jarayon. 
Idrok aniqligi - idrok obrazlarini idrok qilinayotgan narsalarga qanchalik 
muvofiq kelish darajasi.
Idrokning konstantligi - (lot. constantis-o‟zgarmas, doimiy) idrok 
qilinayotgan narsalarning o‟lchami, shakli va rangi ungacha bo‟lgan masofani 
o‟zgartirganda ham nisbatan turg‟unlik holatining o‟zgarmasligi. 
Idroklilik - idrokning to‟liqligi, aniqligi va tezligi kabi ijobiy xususiyatlardan 
tashkil topgan aql sifati, zehn tezligi.
Idrok tezligi - idrok qilinayotgan narsaning sezgi a‟zolariga ta‟sir qila 
boshlagan paytdan , to bu narsaning obrazini anglab olgunimizgacha o‟tgan vaqt. 
Illyuziya - (lot. illusio-aldash) borliqning, voqelikning noto‟g‟ri idrok etilishi,
idrokning chalg‟ishi. Sezgi a‟zolari takomillashganmaganligi natijasidagi qo‟rquv. 
Induksiya - (lot. industio - keltirib chiqarish) juz‟iy yoki yakka hollarda 
umumiyga, ayrim faktlardan umumlashmalarga qarab boradigan induktiv xulosa 
chiqarishga asoslangan mantiqiy bilish metodi, tafakkur formasi. 


198 
Iste‟dod - shaxsning rivoj topib, qobiliyatlarida namoyon bo‟ladigan tug‟ma 
layoqatlari yoki boshqacha aytganda shaxsning tabiiy va muayyan ijtimoiy muhit 
ta‟sirida erishgan noyob xislatlari. Biror sohada yuksak darajadagi qobiliyat. 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin