O‟zbеkiston rеspublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/103
tarix05.06.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#125392
növüУчебное пособие
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   103
13873 2 1824F1578C458376EEAC34C18110D2F59D6B5DDB

Iste‟dodli bolalar - o‟zini umumiy yoki maxsus iste‟dodini namoyon qilgan 
bolalar. Iste‟dodli bolaning aqliy rivojlanishini tashxis qilinib aniqlanadi. 
Ixtiyoriy esda olib qolish - maxsus mnemik harakatlar, ya‟ni asosiy maqsad 
esda olib qolishdan iborat bo‟lgan harakatlar mahsuli. 
Ixtiyorsiz xotira - biror narsani esda olib qolish yoki eslash uchun maxsus 
maqsad bo‟lmagan holda esda olib qolish va qayta esga tushirish 
Iroda – kishining o‟z oldiga qo‟yilgan maqsadlarga erishishi uchun 
qiyinchiliklarni yengib o‟tishiga qaratilgan faoliyati va xulq-atvorini ongli 
ravishda tashkil qilishi va o‟zini-o‟zi boshqarishidir. 
Istak - intilishning maqsadi aniq bo‟lmagan holat. Bu maqsadga erishuvning 
yo‟li va vositalarini to‟la anglab yetmaslikdan iborat irodaviy holat.
Ishonchlilik - obyektiv voqelikdagi narsa va hodisalarni fikran to‟g‟ri, shak-
shubhasiz aks ettirishdan iborat mantiqiy kategoriya. 
Ishontirish - shaxsga muayyan ta‟sir o‟tkazish; buning natijasida kishi irodasi 
va ongidan qat‟iy nazar, unda muayyan holat, hissiyot, munosabat vujudga 
keltiriladi. 
Individuallik - muayyan shaxsning boshqa shaxslardan ajratib turuvchi, 
shaxsning o‟ziga xos xislatlari.
 
Kayfiyat - inson his-tuyg‟usining yaxlit shakli, kechinmalarining umumiy 
holati. Kayfiyat doirasi har xil; u insonning umumiy kechinmalaridan to zerikish, 
qo‟rquv, xafalik yoki quvnoqlik, umid va qiziqish kabilargacha bo‟lgan barcha 
shakllarni o‟z ichiga oladi. 
Kinestezik sezgi - (yunon. kineo - harakatga keltirmoq) proprioretseptorlar 
qo‟zg‟alishi natijasida o‟z tana a‟zolari harakati va holatini sezish. 
Ko‟ruv sezgisi – ko‟ruv analizatori bevosita ta‟sir etib turgan ranglar va 
yorug‟likni aks ettirishdan iborat sezgi turi. 


199 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin