O‟zbеkiston rеspublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə83/103
tarix05.06.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#125392
növüУчебное пособие
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   103
13873 2 1824F1578C458376EEAC34C18110D2F59D6B5DDB

Psixik reaksiya - tashqi yoki ichki ta‟sirotga javob sifatida paydo bo‟ladigan 
har qanday psixik jarayon. 
Psixologik test - psixologik standart mashqlar. Bu mashqlarning bajarish 
natijalariga ko‟ra tekshirilayotgan kishining psixofiziologik va shaxsiy 
xususiyatlari, shuningdek bilim, malaka va ko‟nikmalari to‟g‟risida xulosa 
chiqariladi. 
Rang sezish - ko‟zning idrok qilinayotgan narsa va hodisalarning rangini 
ajrata olish qobiliyati. 
Refleks - (lot. reflexus - aks etish) organizmning retseptorlar qo‟zg‟alishiga 
javob reaksiyasi. Vujudga kelgan qo‟zg‟alish markaziy nerv sistemasiga 
uzatilgach, u ham qo‟zg‟alish bilan javob qaytaradi. Qo‟zg‟alish efferent nervlar 
orqali turli a‟zolarga uzatiladi.
Refleksiya (in‟ioks, tajalliy) - (lot. reflexus - aks ettirish) subyektning u bilan 
muloqotga kirishgan sherigi tomonidan qay tarzda idrok etilishini anglab yetishi. 
Retseptor (lot. recipere - qabul qilmoq) tashqaridan yoki organizm ichki 
muhitidan ta‟ssurotni qabul qilib va uni nerv impulslariga aylantirib, markaziy nerv 
sistemasiga o‟tkazib beradigan sezuvchi nerv tolalari uchlari yoki maxsus 
hujayralar (ko‟z to‟r pardasi, ichki quloq va b.) 
Raddiya - tafakkurning turli operatsiyalari hamda formalaridan foydalangan 
holda biror fikrning yolg‟on ekanligini isbotlashdan iborat bo‟lgan mantiqiy 
operatsiya. 
Subyekt - (lot. subgestum - odam, kishi) obyektiv dunyoni biluvchi, uni 
o‟zining ehtiyoj va qiziqishlariga moslab o‟zgartiradigan ongli mavjudot. 
Sotsializatsiya (lot.societas-jamiyat) - o‟zaro munosabatlar tizimi bilan 
psixologik qovushuvchanlikning aniqlash maqsadida guruh va jamoalardagi 
shaxslararo munosabatlarni o‟rganishdan iborat psixologik tadqiqot metodi. 


202 
Sotsiometriya usuli – o‟zaro munosabatlari va psixologik moslashuvini 
aniqlash, guruh, jamoani shaxslararo munosabatlarini psixologik tekshirish va 
tahlil qilish usuli. (J.Moreno). 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin