O‟zbеkiston rеspublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə86/103
tarix05.06.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#125392
növüУчебное пособие
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   103
13873 2 1824F1578C458376EEAC34C18110D2F59D6B5DDB

Tush (odam uxlaganida) - bosh miya yarim sharlari po‟stlog‟ida hosil 
bo‟ladigan xayolning ixtiyorsiz faoliyati, ong bilan tashqi muhit o‟rtasidagi aloqa 
ma‟lum darajada uziladi. 
Unutish - oldin xotirada bo‟lganni qayta tiklanmaslik,ya‟ni esga qoldirgan 
narsa va hodisalarning zarur paytda aytib bera olmaslik jarayoni. 
Fenomenal xotira - idrok qilingan narsa va hodisalarni, ularning bog‟lanishi 
munosabatlarini favqulotda tez hamda aniq esda qoldirish va esga tushirishdan 
iborat nodir xotira qobiliyati. 
Fazoni idrok qilish - voqelikdagi narsa va hodisalarning fazoda tutgan 
o‟rnini, shaklini, miqdorini uch o‟lchov asosida (balandlik, kenglik, uzunlik) 
bevosita aks ettirish.


205 
Flegmatik - (yunon. flegma – balg‟am, shilimshiq modda) yuragi keng, 
barqaror intilish va kayfiyatga, doimiy va chuqur his-tuyg‟ularga, xatti-harakatlari 
va nutqi bir xil maromda bo‟lgan, ruhiy holati tashqi tomonda ifoda etiluvchi 
temperament turi. 
Flegmatik temperament - sekin, kuchsiz, va beqaror emotsional 
qo‟zg‟aluvchanlik bilan xarakterlanadigan xususiyat. 
Xotira - o‟tmish tajribalarini esga tushirish qobiliyati, tashqi olam voqealari 
va organizm reaksiyalari haqidagi axborotni uzoq saqlab ong va xatti-harakatlar 
sohasiga ko‟p martalab joriy eta olishdan iborat nerv tizimining xususiyatlaridan 
biri. U esda qolish, esda saqlash va esga tushirish jarayonlariga ajratiladi. U 
ixtiyoriy va ixtiyorsiz xotira, bevosita va bavosita xotira, qisqa muddatli va uzoq 
muddatli xotiralarga ajratiladi. Xotiraning fiziologik asoslari bosh miya yarim 
sharlari 
qobig‟ida 
muvaqqat 
nerv 
bog‟lanishlarining 
hosil 
bo‟lishi, 
mustahkamlanishi va keyinchalik faollashuvidir.
Xarakter - (yunon. charakter - nishon, xislat belgi) kishidagi barqaror psixik 
xususiyatlarning induvidual birligi. Odamning xatti-harakatlari va atrof-muhitga 
munosabatida namoyon bo‟ladigan shaxsiy psixik xususiyatlari yig‟indisi. 
Xarakterni tashkil qiluvchi xususiyatlar xarakter xislatlari deyiladi. 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin