O‟zbеkiston rеspublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi


Xarakter aksentuatsiyasi -



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə87/103
tarix05.06.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#125392
növüУчебное пособие
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   103
13873 2 1824F1578C458376EEAC34C18110D2F59D6B5DDB

Xarakter aksentuatsiyasi - (yunon. charakter - xususiyat, nishon, belgi, 
akcentus - urg‟u) xarakterning alohida xususiyatlariga ortiqcha urg‟u berilishi.
Xarakterning ma‟naviy sifatlari - odamoshavandalik, samimiylik
rostgo‟ylik, gumanizm, mehribonlik, adolatlilik, mehnatsevarlik, o‟z qadr 
qimmatini bilishlik kabilardan iboratdir. 
Xarakter xislatlari - ijtimoiy muhit ta‟sirida tarkib topgan, shaxsning xatti-
harakatlarida muntazam uchraydigan doimiy xususiyat va sifatlari yig‟indisi. 
Xolerik - (yunon. chole - safro, sariq o‟t) temperament turi, u hissiyotning 
jo‟shqinligini, kayfiyatning birdaniga tez o‟zgarib qolishi, hissiyotning
muvozanatsizligi va umuman harakatchanligi bilan ifodalanadi. 
Xudbinlik - kishining faqat o‟z manfaatini ko‟zlovchi salbiy xarakter xislati, 
boshqalar manfaati bilan hisoblashmaslik. 


206 
Xayol - mavjud tasavvurlar asosida yangi obrazlarni yaratishdan iborat psixik 
aks ettirish jarayonlaridan biri. U ixtiyorsiz va ixtiyoriy, ijodiy xayol va tasavvur 
xayol turlariga ajraladi.
Xayolparast - (yunon. phantasia - tasavvur, xayol) kishining voqea
dalillarini asta-sekin buzib, ularni o‟z xohishiga qarab fikr-xayoliga moslab 
tasvirlab berishi. 
Eksperiment metodi – yangi psixologik bilimga ega bo‟lish uchun obyektiv 
tarzda ilmiy bilishning asosiy vositasi. U laboratoriya va tabiiy eksperiment 
metodlarga bo‟linadi. 
Empirik metod - (yunon. emperia - tajriba, methodos - tadqiqot) 
tekshiriluvchi haqidagi ma‟lumotlarni tajribaga asoslanib, amaliy tajribalar bilan 
aniqlash usuli. 
Eksteroretseptiv sezgilar – tashqi olamdagi narsa va hodisalarning turli 
xususiyatlari haqida darak beruvchi, tana sirtida joylashgan retseptorlar, sezgilar. 
Masalan: ko‟rish, eshitish, hid va ta‟m bilishdan iborat tashqi sezgilar.

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin