O‟zbеkiston rеspublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/103
tarix05.06.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#125392
növüУчебное пособие
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   103
13873 2 1824F1578C458376EEAC34C18110D2F59D6B5DDB

Sensor buzilish – sezgi a‟zolari faoliyatining buzilishi. 
Sensorika – sezgi va idrokning birgalikda umumlashtiruvchi tushuncha. 
Stress (ing. stress - zo‟riqish) – to‟satdan va kuchli ta‟ssurot natijasida hosil 
bo‟ladigan ruhiy zo‟riqish holati. 
Sangvinik – (yunon. sanguis - qon) ruhan kuchli, faol, harakatchan, tez va 
yorqin qiyofali, hissiyoti o‟zgaruvchan, nutqi tez, ba‟zan e‟tiborsiz va 
shoshiluvchan bo‟lgan temperament turi. Sangvinik inson dilkash va mehribon 
bo‟ladi. 
Sangvinik temperament - (lot. sanguis - qon, temperamentum - qismlarning 
zaruriy nisbati) shaxsning tez, kuchli lekin beqaror emotsional qo‟zg‟aluvchanligi 
va psixik jarayonlari bilan sifatlanadigan individual xususiyati. 
Temperament (mijoz) - (lot. temperamentum - qorishma, aralashma) 
individning psixik faoliyati (sur‟ati, ritmi, psixik jarayon va holatlar jadalligi)dagi 
dinamik xususiyatlar jihatidan uning tavsifi. Asosiy komponentlari individning 
umumiy harakatchanligi, motorikasi (harakatlar ko‟rinishi) va emotsionalligi. 
Taktil sezgilar - teri sezgilarining biror narsaning badanga tekkanini, 
bosilganini, tebranishini aks ettirishdan iborat turi. 
Ta‟m - sezgi turi (shirin, achchiq, chuchuk, tuzli). Analizatorlar til o‟zagidagi 
nerv tugunlari hamda bosh miya po‟stloq qismidagi ta‟m markazidir. 
Tabiiy eksperiment - (lot. experimenum - sinov, tajriba) o‟yin, mehnat va 
o‟quv faoliyatini tekshiriluvchiga sezdirmasdan psixologik o‟rganish usuli. 
Tahlil - tafakkur qilish usuli, bunda murakkab obyektlar qismlarga bo‟lib 
o‟rganiladi. 
Test - (ing. test - tekshirmoq) psixologik standart sinov. Bu sinov natijalariga 
ko‟ra sinalayotgan shaxsning to‟liq yoki ayrim psixofiziologik xususiyatlari, 
shuningdek, bilim, malaka, ko‟nikmalari to‟g‟risida xulosa chiqariladi. 
Tasavvur - oldin shakllangan manzaralar asosida tuzilgan obrazlarning 
psixik akslanish shakli. Tasavvur faqat insonga xos. Tasavvur sezgi va idrok bilan 
uzviy bog‟liq, lekin, ulardan farq qilib, ancha umumlashgan xarakterga egadir. 


204 
Talant - (yunon. talanton - qimmatbaho, qimmat narsa) qobiliyatlar, ayniqsa 
maxsus qobiliyatlar rivojlanishining yuqori darajasi. Talantli kishi ishga ijodiy 
yondashadi. Muayyan faoliyatning muvaffaqiyatli va ijobiy ravishda bajarilishini 
ta‟minlaydigan qobiliyat hamda iste‟dodlar yig‟indisidan iborat, talantli kishilar, 
odatda, yuksak ijodiy, keng mazmunli, tanqidiy va mahsuldor aql egalari 
bo‟ladilar.
Tafakkur - inson aqliy faoliyatining yuksak shakli. Sezgi, idrok va 
tasavvurlar orqali bevosita bilib bo‟lmaydigan narsalarni ongli ravishda aks etish 
mumkin. Fikr yuritish, o‟ylash, jiddiy ravishda yangilikni qidirish va ochishga 
ijtimoiy jihatdan bog‟liq, aloqador psixik jarayon. Shuningdek, uning tahlili va 
sintezida voqelikni bevosita va umumlashtirib aks ettirish jarayonidir. Tafakkur 
amaliy faoliyat asosida hissiy bilishlardan paydo bo‟ladi va hissiy bilish 
chegarasidan ancha tashqariga chiqib ketadi. Intuitiv, ko‟rgazmali - obrazli
amaliy, so‟zli-mantiqiy, ijodiy, nazariy tafakkur turlari mavjud. 
Tafakkur - inson aqliy faoliyatining yuksak bosqichi. Sezgi, idrok, va 
tasavvurlar orqali bevosita bilib bo‟lmaydigan narsa va hodisalar tafakkurda ongli 
ravishda aks etadi. 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin