O‟zbеkiston rеspublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi


Kuzatish - shaxsni qiziqtirgan narsalar va tevarak atrofidagi hodisalarni bilish  uchun maqsadli va rejali tarzda idrok etish .  Kuzatish metodi



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə81/103
tarix05.06.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#125392
növüУчебное пособие
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   103
13873 2 1824F1578C458376EEAC34C18110D2F59D6B5DDB

Kuzatish - shaxsni qiziqtirgan narsalar va tevarak atrofidagi hodisalarni bilish 
uchun maqsadli va rejali tarzda idrok etish . 
Kuzatish metodi - faoliyat mahsulini tahlil etish, erkin tavsifnomalarni 
umumlashtirish usuli. 
Layoqat – individning ma‟lum faoliyatning bajarishga undovchi saylanma 
yo‟nalganligi. Nerv tizimining ba‟zi irsiy determinlashgan anatom-fiziologik 
xususiyati. 
Longityud – tadqiqot - (ing. longitude - uzoq muddat) insonning yosh va 
individual o‟zgarishlar ko‟lamini o‟rganish maqsadida yashash davri fazalari 
o‟zgarmas bo‟lgan guruhni uzoq va uzluksiz tekshirish usuli. 
Lyusher testi - ruhiy holatni aniqlovchi rangli test. 
Metod - (yunon. methodos - tadqiqot, tekshirish) bilishning nazariy va amaliy 
o‟zlashtirish usullari yig‟indisi. 
Mexanik xotira - (yunon. mechane - qurol, mashina) muayyan material 
ma‟nosini, mazmunini, ichki mohiyatini, ichki mantiqiy bog‟lanishlariga 
tushunmagan holda takrorlashga asoslangan xotira turi.
Mehnatsevarlik – insonning mehnat faoliyati jarayoniga ijobiy shaxsiy 
munosabatidan iborat bo‟lgan xarakter xususiyati.
Melanxoliya (yunon. melas - qora, chole - o‟t, safro) - temperament 
turlaridan psixik faollikning sust, tez ta‟sirlanuvchilik, hatto arzimagan narsalar 
uchun ham juda chuqur ta‟sirotga berilishi bilan xarakterlanadi.
Melonxolik - Gippokrat ta‟limotiga ko‟ra, temperamentning bir turi. Yuksak 
darajadagi ta‟sirchanlik va hissiyotning zoxiran nisbatan sust ifodalanganligi. 
Orzu - shaxsning o‟zi uchun yoqimli bo‟lgan istiqbol obrazlarini ongida 
yaratishdan iborat xayol turi.
Oltinchi sezgi - odamdagi asosiy besh sezgidan tashqari har xil holatlarda 
namoyon bo‟ladigan sezgi. 
Obrazli xotira - tasavvur, tabiat va hayot manzaralarini, shuningdek, tovush, 
hid, ta‟mlarni esda olib qolishdan iborat bo‟lgan xotira.


200 
Operativ xotira - (lot. operatio - harakat) xotira turi. Kishi tomonidan 
bevosita amalga oshirilayotgan zaruriy xatti-harakatlar, shularga xizmat qiluvchi 
mnemik jarayonlar. 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin