O‟zbеkiston rеspublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi


 Sezgilarni klassifikatsiyasiga evolyutsion va genetik yondoshuv



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/103
tarix05.06.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#125392
növüУчебное пособие
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   103
13873 2 1824F1578C458376EEAC34C18110D2F59D6B5DDB

 
20.3. Sezgilarni klassifikatsiyasiga evolyutsion va genetik yondoshuv. 
Psixologiya fanida uchta katta guruhga ajratilgan sezgilar (ekstroreseptiv,
proprioreseptiv, introreseptiv) o‟z navbatida quyidagi turlarga ajratiladi:
- Ko‟rish sezgilari; 
- Eshitish sezgilari; 
- Hid bilish sezgilari; 
- Ta'm bilish sezgilari; 
- Teri sezgilari; 
- Muskul - harakat (kinestetik); 
- Statistik sezgilar; 
- Organik sezgilar; 
Ko‟rish sezgilari 
Insonlar tomonidan rang va yoruqlikni sezish ko‟rish sezgilari orqali amalga 
oshadi va seziladigan ranglar xromatik va axromatik turlarga bo‟linadi. 
Psixofiziologik qonunga ko‟ra yoruqlik nurlari uchburchak shisha prizma orqali 
o‟tib singanda hosil bo‟ladigan rang xromatik ranglar deb atalib, ularga kamalak 
ranglar, ya'ni qizil, zarg‟aldoq, sariq, yashil, havo rang, ko‟k, binafsha tuslarini 
qamrab oladi. Odatda oq rang, qora rang, kulrang va ularning turlicha ko‟rinishlari
axromatik ranglar deb nomlanadi.
Ko‟rish sezgilarining organi ko‟z hisoblanib, u ko‟z soqqasi undan chiqib 
keladigan ko‟ruv nervlaridan tashkil topgan bo‟lib, ko‟z soqqasini tashqi tomirlari 
va to‟r pardalari o‟rab turadi. Tashqi pardaning tiniq bo‟lmagan oq qismi sklera 
yoki qotgan qattiq parda deb nomlanadi. Uning old tomoniga joylashgan bir 
muncha qavariq qismi tiniq mugus parda bo‟lib, uning oldingi qismi rangdor parda 
deb ataladi. Mazkur pardaning rangiga binoan uning tovlanishiga qarab, odamlarda 
ko‟z ko‟k, qora kabi jilva beradi. Rangdor pardaning o‟rta qismida yumaloq tiniq 


186 
modda bo‟lib, uni qorachiq deb ataymiz va u orqali ko‟z ichiga yoruqlik nurlari 
kiradi.
Ko‟zlarning uchinchi pardasi to‟r parda deb nomlanib, u ko‟z soqqasining 
deyarli butun ichki yuzasini qoplaydi. qorachiq bilan rangdor pardaning orqasida 
ikki tomoni qavariq, tiniq jism ko‟z gavqari joylashgan bo‟ladi. Yoruqlik nurlari 
unda to‟planib, so‟ng sinadi va to‟r pardaga narsa yoki jismning aksi, surati 
tushadi. Ko‟z soqqasining gavhari bilan to‟r parda o‟rtasidagi butun ichki yuzasi 
shishasimon jism deb nomlanuvchi maxsus tiniq suyuqlik bilan qoplangan bo‟ladi. 
To‟r parda rang va yoruqlikni sezish uchun muhim ahamiyatga ega bo‟lib, unda 
ko‟ruv nervining tarmoqlari joylashgandir. Ushbu tarmoqlarning chekkadagi 
uchlarida tayoqcha va kolbachalar deb ataladigan maxsus nerv hujayralari 
mavjuddir. Inson ko‟zini to‟r pardasida 130 millionga yaqin tayoqchalar va 
kolbachalar deb ataladigan maxsus nerv hujayralari mavjuddir. Inson ko‟zining 
to‟r pardasida 130 millionga yaqin tayoqcha va 7 millionga yaqin kolbacha bor deb 
taxmin qilinadi. Kolbachalar yordami bilan xromatik, ya'ni kunduzgi ranglar 
ko‟riladi. 
Tayoqchalar yoruqlikni yaxshi sezuvchan bo‟lib, xira va qorong‟u paytlarda 
o‟z funksiyasini bajaradi, axromatik ranglarni aks ettiradi. To‟r pardaning eng 
sezgir joyi - sariq dog‟ning asosan, kolbachalar bilan markaziy chuqurchasi 
hisoblanib, unga qaysi narsaning aksi tushsa, xuddi shuni hammadan ravshanroq 
ko‟ramiz. Obyektga tik qarash natijasida ko‟z muskullari unga qaratiladi va aks 
ettiruvchining sur'ati sariq dog‟ga tushadi. Bunday tarzdagi ko‟rish to‟g‟ri ko‟rish 
deyiladi. Odam ko‟zi ranglarning taxminan, 380 millimikrondan 780 
millimikrongacha uzunlikdagi to‟lqinlarning ta'sirini sezadi. Uch rangli sezgi 
nazariyasining asosiy qoidalari 1756-yilda M.V.Lomonosov tomonidan bayon 
qilingan bo‟lsa, 1856-yildan keyin nemis fizigi G.Gelmgols tomonidan uni to‟la 
isbotlab berilgan. Ushbu nazariyaga binoan to‟r pardaning kolbachalarida uchta 
asosiy element mavjuddir, ulardan birining qo‟zg‟alishi qizil rang sezgisini, 
ikkinchi qo‟zg‟alishi yashil rang sezgisi va uchinchi qo‟zg‟alishi binafsha rang 
sezgisini hosil qiladi. Nazariyaga ko‟ra yoruqlik to‟lqinlari birdaniga uchta 


187 
elementni bir xilda qo‟zg‟atsa, oq rang sezgisi vujudga keladi. Lekin yorug‟lik 
to‟lqinlari ikki yoki uch elementga ta'sir qilsa-yu, ammo bu bir tekis kechmasa, u 
holda sezuvchi elementlardan har birining qanchalik qo‟zg‟aluvchanligiga qarab, 
har xil rang sezgilari namoyon bo‟ladi.
Hozirgi zamon psixologiyasida ranglarni sezish yolg‟iz to‟r pardasidagi 
jarayonlar bilangina emas, balki miya po‟stida yuzaga keladigan boshqa jarayonlar 
bilan ham bog‟liq ekanligi to‟g‟risida ma'lumotlar mavjuddir. Zamonaviy 
ma'lumotlarga binoan tayoqchalarda ko‟rish purpuri degan maxsus modda borligi 
isbotlangan. Ko‟zga yoruqlik ta'siri etganda ko‟rish purpuri kimyoviy yo‟l bilan 
parchalanib, tarkibiy qismlarga bo‟linadi va mazkur jarayon ko‟rish nervini 
qo‟zg‟atib, yorug‟lik sezgisini hosil qiladi va qorong‟ulikda esa purpur funksional 
holatini qayta tiklaydi. 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin