O‟zbеkiston rеspublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi


 Sezgining reseptor va reflektor nazariyasi



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/103
tarix05.06.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#125392
növüУчебное пособие
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   103
13873 2 1824F1578C458376EEAC34C18110D2F59D6B5DDB

 
19.4. Sezgining reseptor va reflektor nazariyasi. 
Tashqi olam xususiyatlari to‟g‟risidagi va shaxsning o‟z gavdasini tuta bilish 
yuzasidan bilimlar, ma‟lumotlar, xabarlar va taassurotlar manbai bu sezgilar bo‟lib 
hisoblanadi. Shuning uchun sezgilar inson organizmiga, ya‟ni uning tana a‟zolariga 


176 
tushadigan axborotlarning asosiy kanali (yo‟li) sanalib, ular tashqi dunyo hamda 
ichki tana a‟zolari to‟g‟risidagi xabarni bosh miya katta yarim sharlari va bosh 
miyaning tarkiblariga yetkazib turadi, xuddi shu boisdan inson o‟zini qurshab 
turgan makro muhitni oriyentirlash (mo‟ljallash) imkoniyatiga egadir. Agarda 
mazkur kanallar berk bo‟lib qolgan taqdirda, sezgi organlari zarur axborotlar bilan 
ta‟minlamaydi, binobarin, ongni hukm surish imkoniyati o‟z-o‟zidan yo‟qoladi. 
Psixologiya fanida shunday ilmiy dalillar mavjudki, mabodo inson 
axborotlarning shaxobchasidan mahrum bo‟lsa, u holda u uyqu holatiga 
sho‟ng‟iydi. Masalan, tasodifan teri-tuyush sezgilari patologiyaga uchrasa, unda 
odam (ko‟pincha vaqtincha, muvaqqat) ko‟rish, eshitish, hid sezishdan mahrum 
bo‟lishi mumkin. Mabodo axborotlar tuzatish shaxobchasi ilk bolalik yoshi davrida 
buzilsa, kar yoki ko‟r bo‟lib qolsa, u taqdirda uning aqliy rivojlanishida keskin 
to‟xtalish (vaqtincha orqada qolish) yuzaga keladi. Agarda bola maxsus usul yoki 
uslubga o‟rgatilsa tabiiy ravishda mavjud kamchiliklarning o‟rnini to‟ldirib 
bo‟lmaydi. Sezgini bunday tarzda tushuntirilishiga nisbatan har xil munosabatlar 
psixologiya tarixida mavjud bo‟lib, ularning hech qaysisi asosiy manba ekanligiga 
shubha bilan qarashga moyildirlar. Hozir ularning ayrimlariga qisqacha to‟xtalib 
o‟tamiz va haqiqiy mohiyatini ochib berishga intilamiz. 
Nemis faylasufi Xristian Volf “Ratsional psixologiya” (1732) va “Empirik 
psixologiya” (1734) kitoblarida: ongning ichki holati, aqliy fikr yuritishga 
qobiliyatlilik tabiiy moddiy asos zamiridan kelib chiqib, tashqi olamdan kelib 
tushadigan axborotlar shoxobchasiga, ya‟ni sezgi kanaliga, hech qanday bog‟liq 
emas deb tushuntirishga harakat qildi. Sezgilarga mana bunday yondashish 
nazariyotchisi fanga “ratsionalizm” tushunchasi bilan birga kirib keldi. X.Volf va 
uning tarafdorlari psixik jarayonlar (sezgi, idrok, xotira va boshqalar) murakkab 
ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot mahsuli emas, degan g‟oyani ilgari surdilar. Shuning 
bilan birga “Ong”, “Aql” tarixiy evolyutsiya natijasi emas deb, inson psixikasiga 
o‟zgacha yondashib, uni izohlab berish mushkul bo‟lgan “birlamchi” xususiyat 
ekanligini tushuntirishga intildilar. Mazkur nazariyaga asoslangan psixologlar 
insonning sezgilari uning tashqi olam bilan bog‟lab turuvchi birdan-bir shaxobcha 


177 
ekanligini inkor qilishgacha borib yetdilar va voqelikni mana bunday tarzda 
izohlashga harakat qildilar: go‟yoki sezgilar insonni tashqi olamdan ajratib 
turadilar, ular atrof-muhit o‟rtasidagi bartaraf qilib bo‟lmaydigan devor 
hisoblanadilar.
Berkli, Yung, I.Myuller, Gelmgols singari olimlar sezgi organlarining 
“spesifik energiyasi” nazariyasini ishlab chiqdilar. Bu g‟oyaning asoschisi sifatida 
Iogann Myuller qat‟iy pozitsiyada turib, uni butun vujudi bilan himoya qilishga 
intildi. Ushbu nazariyaga binoan, har qaysi sezgi a‟zosi hoh quloq, hoh til, hoh teri 
bo‟lishidan qat‟iy nazar, tashqi dunyoning ta‟sirini aks ettirmaydi, atrof-muhitda 
bo‟lib turgan real, yaqqol jarayonlar yuzasidan axborotlar berishga qobil emas, 
faqat u tashqi ta‟sirdan shaxsiy jarayonlarning qo‟zg‟atuvchisidan turtki bo‟ladi, 
xolos. Mazkur nazariyaga ko‟ra, har bir sezgi a‟zolari o‟zining “spesifik 
energiyasi”ga ega, har qanday ta‟sirdan qo‟zg‟aladi. Masalan, ko‟zni bosib, unga 
elektr toki bilan ta‟sir qilib ko‟rilsa, unda yorug‟lik sezgisi hosil qilinadi; quloqqa 
elektr qo‟zg‟atuvchisi bilan ta‟sir o‟tkazilsa, u holda tovush sezgisi vujudga keladi. 
Binobarin, sezgi a‟zolari tashqi ta‟sirni aks ettirmaydi, balki ulardan, ya‟ni ularning 
ta‟siridan qo‟zg‟aladi, xolos. Inson hech qachon tashqi voqelik, yaqqol dunyoning 
obyektiv ta‟sirlarni idrok qilmaydi, balki sezgi a‟zolari faoliyatida o‟zlarining 
shaxsiy subyektiv holatlarini aks ettiradi. Mazkur nazariyaga binoan, inson 
obyektiv dunyoni idrok qila olmaydi, u subyektiv jarayonlarni aks ettiradi, oqibat 
natija “dunyo element” (mayda qism)larni idrok qilish vujudga keladi. Psixologiya 
tarixida “subyektiv idealizm” degan yo‟nalish ham yuzaga kelgan bo‟lib, ungacha, 
“inson faqat o‟zi”nigina biladi, xolos. Undan tashqari hech narsa hukm surishi 
mumkin emas. Bu nazariya o‟ziga xos g‟oyaga ega bo‟lib, fan tarixida “solipsizm” 
(yagona “Men”) nomini olgan edi. Sezgilarning retseptor va reflektor nazariyalari. 
Sezgilarning retseptor nazariyasiga ko‟ra, retseptor yoinki sezgi a‟zolari ularga 
ta‟sir qiluvchi qo‟zg‟atuvchilarga nisbatan sust (passiv) javob qaytaradi, sezgilar 
harakatga qarama-qarshi turuvchi sust jarayondir, harakatning o‟zi esa aksincha 
faol (aktiv)dir. 


178 
Hozirgi davrda sezgilarning retseptor nazariyasi mutlaqo sezgi jarayonining 
fiziologik mexanizmini ochib berishga yaroqsiz ekanligini qator tadqiqotchilar 
tomonidan ishonchli omillarga suyangan holda ta‟kidlab o‟tilgandir. Sezgi 
jarayonining faol (aktiv)ligini tan oluvchi nazariya - sezgilarning reflektor 
nazariyasi deb ataladi. Ushbu fikrni asoslash uchun misollarga murojaat etaylik va 
hayvonot olamida aks ettirishni tahlil qilib ko‟raylik. Hayvonlar va jonivorlarning 
sezgilari sust (passiv) xususiyatga emas, balki tashqi olam ta‟sirining biologik 
ahamiyatga molik jihatlarini faol (aktiv) ravishda ajratgan holda xatti-harakatni 
amalga oshiradilar. Masalan, bolari (asalari) bir xil turkumdagi gullarga nisbatan 
aralash holdagi gullarga faol (aktiv)roq javob reaksiyasini bildiradi; qirg‟iy irish-
chirish hidlariga, undan ko‟ra suv o‟tlarining ildizlari hidiga chaqqon harakat 
qiladi. Mushuk sichqonning qitirlashiga e‟tiborini kuchaytiradi, lekin xuddi shunga 
o‟xshash kamerton tovushini keltirsak, aslo unga parvo ham qilib qo‟lmaydi. 
Bu omillar shuni ko‟rsatib turibdiki, birinchidan, sezgilar faollik (aktivlik) 
xususiyatiga ega, ikkinchidan, ularning vujudga kelishida harakat tarkiblari 
ishtirok etadi. AQShlik psixolog Neffning ta‟kidlashicha, mikroskop ostiga olib 
teriga igna sanchilsa, xuddi shu uchastkada (maydonda) reflektor harakat 
reaksiyalari kuzatilgan; tomirning qisilishi, teri galvanik refleks (KGR), goho ko‟z 
harakati, bo‟yin muskullarining taranglashuvi, qo‟lning harakat reaksiyasi sodir 
bo‟lishi mumkin. 
Jahon psixologlari tomonidan narsalarning murakkab tomonlarini tanish, 
farqlash harakatning ishtirokisiz amalga oshmasligi ta‟kidlab o‟tilgan. Masalan, 
ko‟zni yumib jismni farqlash uchun qo‟l bilan uni paypaslash kerak, aks holda 
uning holati, shakli, qattiq yoki yumshoqligi, g‟adir-budurligini bilib, sezib 
bo‟lmaydi. I.M.Sechenovning fikriga ko‟ra, jismni ko‟z bilan idrok qilish uchun 
ko‟z o‟sha narsani “qidirsin”, faqat shundagina maqsadga muvofiq harakat yuzaga 
chiqqan bo‟ladi. Hozirgi davrda psixologiya fanida ko‟z harakatlari nazariyasi 
ishlab chiqilgan bo‟lib, ular va makro va mikro, ixtiyoriy hamda ixtiyorsiz 
ko‟rinishlarga ajratiladi. Ular quyidagi nomlar bilan ifodalanadi: konvergent, 
divergent, gorizontal, vertikal, siklofuzion, torsion, version, vergent, sakkadik, 


179 
tremor, dreyf, fliki kabilar. Ko‟z harakati yordami bilan fazoda o‟rin almashib 
turgan jismlarni tanish, bilib olish va identifikatsiyalash amalga oshiriladi. Ko‟z 
harakatlari uch juft tashqi muskullari, ya‟ni miya bosh suyagining III, IV va VI juft 
nervlari orqali ro‟yobga chiqadi. Ko‟zning mikro va makro harakatlari sezgining 
mexanizm rolini bajarish imkoniyatiga ega. Eshitish sezgisi eshitish va tovush 
apparatlari tarkiblarining yaqin ishtirokida vujudga keladi. Shunday qilib, 
yuqoridagi mulohazalarga ko‟ra, elementlar (sodda) faol reflektor jarayoni, 
shuningdek, murakkab faol retseptor faoliyat jarayoni (paypaslash, suratga tikilish 
kabilar) mavjud bo‟lib, sezgilarning vujudga kelishini ta‟minlab turadi. Psixologik 
ma‟lumotlarning tahliliga ko‟ra, faol harakatning har qaysisi sezgining reflektor 
nazariyasidan iboratdir. 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin