O‟zbеkiston rеspublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi


 Sezgi tushunchasiga falsafiy yondoshuvlar



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/103
tarix05.06.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#125392
növüУчебное пособие
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   103
13873 2 1824F1578C458376EEAC34C18110D2F59D6B5DDB

19.2. Sezgi tushunchasiga falsafiy yondoshuvlar. 
Ma'lumki bizni o‟rab turgan tashqi olamdagi narsa va hodisalarning juda ko‟p 
belgi va xususiyatlari mavjud. Masalan, narsalarning rangi, ta'mi, hidi, qattiq yoki 
yumshoqligi, g‟adir-budur yoki tekisligi, harorat va boshqalar. Ana shu narsa va 
hodisalarning turli xil belgi, xususiyatlarini biz ham turlicha sezgi a'zolarimiz 
orqali ongimizda aks ettiramiz. Tevarak-atrofimizdagi narsa va hodisalarning turli 
xil belgi hamda xususiyatlari har doim ham bizning sezgi a'zolarimizga ta'sir etib 
turadi. Natijada bizda turli sezgilar hosil bo‟ladi. Chunonchi, nurlarning 
ko‟zimizga ta'sir qilishi natijasida ko‟rish sezgisi, har xil tezlik va kuchlanishdagi 
havo to‟lqinlarining quloqimizga ta'sir etishi natijasida eshitish sezgisi, nafas olish 
paytida havo bilan birga burun bo‟shlig‟iga kirgan har turli modda zarrachalarining 
ta'siri natijasida hid sezgisi, biror narsani qo‟limiz yoki badanimizga tegib ta'sir 


171 
etish natijasida teri (taktil - biror narsaning terimizga tegishi) yoki bosim sezgisi va 
shu kabi sezgilar har doim hosil bo‟ladi.
Demak, sezgi deb- atrofimizdagi narsa va hodisalarning sezgi a'zolarimizga 
bevosita ta'sir etishi natijasida ularning ayrim belgi va xususiyatlarini miyamizda 
aks ettirilishini aytamiz. Sezgi bilish jarayonlari ichida oddiy psixologik jarayon 
bo‟lib, tashqi olamdagi narsa va hodisalarni aks ettiradi. Tashqi olamdan 
kelayotgan qo‟zg‟atuvchilarning muayyan reseptorlarga bevosita ta'sir etish orqali 
ayrim belgi va xususiyatlarni va organizm ichki holatini aks ettiradi. Ma'lumki, 
insondan sezishning dastlabki bosqichi hissiy bilishdan boshlanib, keyinchalik u 
mantiqiy bilishga o‟tadi. Sezgi ham oddiy psixologik jarayon bo‟lgani bilan uning 
yuzaga kelishi o‟z-o‟zidan hosil bo‟lmaydi. Ular jumlasiga quyidagilar kiradi:
 Sezgi a'zolariga ta'sir etadigan narsa va hodisaning bo‟lishi.
 Sezuvchi apparat, ya'ni analizatorning mavjud bo‟lishi. Masalan, havoning 
sovuqligini, temirning qattiqligini, qorning yumshoqligi va boshqalarni sezamiz. 
Sezgi idrok bilan bog‟liq bo‟ladi, lekin narsa va hodisani idrok qilishdan 
oldin uni sezish lozim, shu bois sezgilar materiyaning sezgi a'zolarimizga ta'siri 
natijasidir. Sezgi axborotlarini qabul qilib, tanlab, to‟plab, har bir sekundda 
axborotlar oqimini qabul qilib va qayta ishlab miyaga yetkazib beradi. Natijada 
tevarak - atrofdagi tashqi olamni va organizm o‟z ichki holatini adekvat "mos" aks 
ettirishi hosil bo‟ladi. Sezgi a'zolari tashqi olamning inson ongiga olib kiradigan 
yo‟llaridan biridir. 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin