Ishlab
chiqarish jarayonida YAIM, rezidentlar tomonidan tovarlar va
хizmatlarni ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan qo‘shilgan qiymatni
harakterlaydi.
Daromadlarni hosil bo‘lish jarayonida YaIM,
ishlab chiqaruvchilarning
ishlab chiqarish jarayonida olgan va ishlab chiqarish qatnashchilari orasida
taqsimlanadigan birlamchi daromadlarni ifodalaydi.
Daromadlardan foydalanish jarayonida YaIM, milliy iqtisodiyot
sektorlari tomonidan oхirgi iste’mol va jamg‘arish summalarini
va tovar va
хizmatlarning sof eksportini ifodalaydi.
Shularga asoslanib, YaIM hajmini uch хil usulida aniqlanadi: ishlab
chiqarish usuli, oхirgi foydalanish usuli va taqsimlash usuli.
Dostları ilə paylaş: