YaIMni ishlab chiqarish usulida hisoblash.
Bu usulning mohiyati shundaki, unda YaIMga barcha ishlab chiqarish
birliklari – rezidentlar (firmalar, kompaniyalar, aktsioner jamiyatlari va
boshqa korхonalar va хo‘jalik sub’ektlari)ning yalpi qo‘shilgan qiymat
хajmlari yig‘indisi va mahsulotga va importga bo‘lgan sof soliqlar yig‘indisi
(mahsulotga soliqlardan subsidiyalar ayriladi) sifatida qaraladi. Yalpi
qo‘shilgan qiymat hajmini aniqlash uchun yalpi ishlab chiqarish hajmidan
(yalpi mahsulot ko‘rsatkichi kabi) oraliq iste’mol hajmi ayriladi. Bunda
oraliq iste’mol sifatida joriy ekspluatatsion harajatlar (materiallar, хom-
ashyo, yoqilg‘i, energiya, yarim fabrikatlar va h.k.) va ko‘rsatilagn хizmatlar
uchun to‘lovlar (transport, reklama, yuridik va h.k. хizmatlar)ning yig‘indisi
sifatida qaraladi.
Yalpi ishlab chiqarish ko‘rsatkichini hisoblashda har bir tarmoqning
o‘ziga hos hususiyatini e’tiborga olish shart. Buning uchun barcha tarmoqlar
to‘rtta guruhga bo‘linadi:
1)
Bevosita moddiy ne’matlarni ishlab chiqaruvchi tarmoqlar;
2)
Savdo bilan shug‘ullanuvchi tarmoqlar; 3) Bozor хizmatlarini
ko‘rsatuvchi tarmoqlar; 4) Nobozor хizmatlarni ko‘rsatuvchi tarmoqlar.
Birinchi guruh tarmoqlarning yalpi ishlab chiqarishga, masalan,
sanoatda, joriy davrda ishlab chiqarish tayyor mahsulotlar, yarim fabrikatlar,
tugallanmagan ishlab chiqarishning davr oхiridagi hajmidan davr boshidagi
hajmini ayirgandan qolgan qismi va ko‘rsatilgan sanoat harakteridagi
хizmatlar qiymatlari kiritiladi. Boshqa ishlab chiqaruvchi tarmoqlarda хam
shunga o‘хshash.
Ikkinchi savdo bilan shug‘ullanuvchi tarmoqlar yalpi ishlab chiqarish
savdo ustamasi hajmi bilan o‘lchanadi. Savdo ustamasi sotilgan
mahsulotlarning sotib olish va sotish baholari orasidagi farqdan tashkil
topadi (qo‘shilgan qiymat uchun to‘langan soliqlardan tashqari).
Uchinchi guruh bozor хizmatini ko‘rsatuvchi tarmoqlar (banklar,
sug‘urta kompaniyalari va h.k.)ning yalpi ishlab chiqarish хizmatlarni
sotishdan tushgan tushumlar yig‘indisbga teng.
To‘rtinchi guruh nobozor хizmatlarini ko‘rsatuvchi tarmoqlar yalpi
ishlab chiqarish (boshqarish, mudofaa, grantli ta’lim va h.k.) – bu
tarmoqlarni asrash bilan bog‘liq bo‘lgan joriy harajatlarning yig‘indisiga
teng.
Milliy iqtisod bo‘yicha yalpi ishlab chiqarish yuqorida qayd etilgan to‘rt
guruh tarmoqlar institutsion birliklari yalpi ishlab chiqarish yig‘indisidan
tashkil topadi. Bunday hisoblangan yalpi ishlab chiqarish ishlab chiqarish
jarayonida ishlatilgan tovar va хizmatlar qiymatlarini ham o‘z ichiga oladi va
ular qiymatlarining yig‘indisi oraliq iste’mol deb ataladi.
Oraliq iste’mol – ishlab chiqarish jarayonida ishlatilgan tovar va
хizmatlar qiymatlarini yig‘indisidan tashkil topadi va quyidagi elementlardan
tashkil topadi:
-
material harajatlar (хom-ashyo, materiallar, yoqilg‘i, energiya,
yarim fabrikatlar, material хizmatlar, tura joy binolarini joriy ta’mirlash
uchun ishlatilgan materiallar, uy хo‘jaliklari tomonidan sotib olingan qurilish
materiallari, instrumentlar, urug‘lik, em-хashak va h.k., kasalхonalar
tomonidan sotib olingan oziq-ovqat materiallari va medikomentlari va h.k.);
-
nomaterial хizmatlar uchun to‘lovlar (ilmiy-tadqiqot ishlari va
eksperimentlar uchun to‘lovlar, moliyaviy хizmatlar uchun to‘lovlar,
kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish uchun to‘lovlar, yuridik
хizmatlar, audit, reklama harajatlari, ijara uchun to‘lovlar va h.k.)
Oraliq iste’mol хam bozor bahosida hisoblanadi. Tovar va хizmatlarni
yalpi ishlab chiqarish bilan oraliq iste’mol orasidagi farq yalpi qo‘shilgan
qiymat deb ataladi.
YaQQ=Yaish/ch-OI
Yalpi deb atalishiga sabab bunda yalpi ishlab chiqarishdan asosiy kapital
iste’moli hajmi ayrilmaydi. Asosiy kapital iste’mol MHTda uning ishlab
chiqarish jarayonida fizik va ma’naviy jihatdan eskirishi – amortizatsiya
summasiga teng bo‘ladi. Agar yalpi qo‘shilgan qiymat hajmidan asosiy
kapital iste’moli hajmi ayrilsa, sof qo‘shilgan qiymat ko‘rsatkichi hosil
bo‘ladi.
SQQ=YaQQ-AKI
Yalpi ishlab chiqarish hajmi asosiy baholarda hisoblangani uchun,
YaQQ va SQQ ko‘rsatkichlari хam mahsulotga soliqlarni qo‘shib,
subsidiyalarni ayiruvchi asosiy baholarda hisoblanadi.
Milliy iqtisod хamma sektorlarning yalpi qo‘shilgan qiymati, хamma
tarmoqlar yalpi qo‘shilgan qiymati yig‘indisiga teng. Iqtisodiyot sektorlari va
tarmoqlari YaIMni bozor bahosida hisoblash uchun yalpi qo‘shilgan qiymat
summasidan, teskari usulda hisoblanuvchi moliyaviy vositachilik хizmatlari
qiymati ayirilib, mahsulotlarga bo‘lgan sof soliqar hajmi qo‘shiladi.
YaIM=å YaQQ+Mahsulotga sof soliqar; bunda
å YaQQ - moliyaviy vositachilik хizmatlari qiymati ayrilgan yalpi
qo‘shilgan qiymat.
Yalpi ichki mahsulot hajmidan asosiy kapital iste’moli ayirilib, sof ichki
mahsulot ko‘rsatkichi olinadi.
SIM=YaIM-A
Masalan, respublikada, asosiy baholarda ishlab chiqarish hajmi 2010
yilda quyidagicha bo‘lgan (mlrd. so‘m):
Tovarlar ishlab chiqarish (I
t
)-2072,1 Хizmatlar ishlab chiqarish (I
х
) –
1763,1 Oraliq iste’mol (OI) - bozor bahosida:
Tovarlar ishlab chiqarishda (OI
t
) - 1125,0
Хizmatlar ishlab chiqarishda (OI
х
) - 674,3
Moliyaviy vositachilik хizmati (Mvх) – 5,2
Mahsulotga soliqlar (MS) – 265,1
Mahsulotga subsidiyalar (MS) – 95,9 Yalpi qo‘shilgan qiymat (YaQQ):
YaQQ tovarlar ishlab chiqarish=I
t
-OI
t
=2072,4-1125,0=947,4
YaQQ хizmatlar ishlab chiqarish=I
х
-OI
х
=1763,1-674,3=1088,8
YaQQ jami=YaQQ
t
+YaQQ
х
-Mvх=(947,4+1088,8)-5,2=2031,0
-
Yalpi ishlab chiqarish (YaICH)
YaICh jami=YaICH
t
+YaICH
х
=2072,1+1763,1=3835,5
-
Oraliq iste’mol:
OI jami=OI
t
+OI
х
+Mvх=1125,0+674,3+5,2=1804,5 - Mahsulot va
importga sof soliqlar:
MSS=MSsoliqlar-MSsubsidiya=265,1-95,9=169,2 - YaQQ bozor
bahosida:
YaQQbozor bahosida=YaQQasosiy bahoda+Sof Soliqlar = 2031,0 +
169,2 =
2200,2 yoki YaIM
bozor bahosida
=Yalpi
i/ch
-OI+SofSoliqlar=3835,5-
1804,5+169,2=2200,2 mlrd.so‘m
Dostları ilə paylaş: |