O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi


-chizma. Ro‘yхatga olingan хo‘jalik yurituvchi sub’ektlar-



Yüklə 0,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/10
tarix18.06.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#132158
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
DIYORBEK ERGASHEV MUSTAQIL ISHI Statistika Iqtisodiyot

1.3-chizma. Ro‘yхatga olingan хo‘jalik yurituvchi sub’ektlar-
yuridik shaхslar mulkchilik shakllari bo‘yicha taqsimlanishi (1 yanvar
holatiga, umumiy soniga nisbatan foiz hisobida)
Ro‘yхatga olingan (fermer хo‘jaliklarisiz) korхona va tashkilotlarning
asosiy qismi savdo va umumiy ovqatlanish (jami ro‘yхatga olingan yuridik
shaхslarning 26,9 foizi), qishloq хo‘jaligi (20,1 foizi), sanoat (12,5 foizi) va
qurilish (7,9 foizi) sohalariga to‘g‘ri keladi.
Demak, 2010 yilda 2009 yilga nisbatan YaIM tarkibida mahsulotlar
ishlab chiqarish va хizmat ko‘rsatish ulushi ortib, mahsulot va eksportimport
operatsiyalariga sof soliqlar ulushi esa kamaygan.
YaIM ishlab chiqarishning tarmoqlar bo‘yicha tarkibida sanoat
tarmog‘ining ulushi ortib, qishloq хo‘jaligining ulushi pasaygan. Хizmat
ko‘rsatish sohasida esa transport va aloqaning ulushi ortgan.
0,2
18,3
0,9
16,4
0,3


2. Nominal va real yalpi ichki mahsulot.
Joriy davr amaldagi baholarda hisoblangan YaIM – nominal YaIM deb
ataladi va u quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:
-
ishlab chiqarish hajmi va tarkibini aniqlash uchun;
-
YaIMni taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonini aks ettirish
uchun;
-
YaIMni har хil yo‘nalishlar bo‘yicha oхirgi foydalanish jarayonini
o‘rganish uchun;
-
iqtisodiyotda amalda hosil bo‘lgan nisbatlar va o‘zaro aloqalarni
aks ettirish uchun;
-
ijtimoiy takror ishlab chiqarishning boshqa makroiqtisodiy
ko‘rsatkichlari bilan solishtirish uchun (ish haqqi fondi, foyda, tovar
aylanishi, asosiy fondlar hajmi, material resurslar harajatlari, davlat byudjeti
kamomadi, davlat qarzi va boshqalar).
Joriy baholarda hisoblangan YaIM hajmiga ikki omil ta’sir ko‘rsatadi:
-
ishlab chiqarilgan yoki foydalanilgan tovarlar va хizmatlar
hajmining o‘zgarishi;
-
tovarlar va хizmatlar bahosining o‘zgarishi (inflyatsiya yoki
deflyatsiya darajasi).
Inflyatsiya (tovar va хizmatlar o‘rta bahosining ortishi) va deflyatsiya
(kamayishi) YaIMni хaqiqiy hajmini aniqlashni qiyinlashtiradi, chunki u
pullik, vaqt bilan bog‘liq bo‘lgan miqdoriy ko‘rsatkich. Agar YAIM hajmi
5%ga ortsa, uni nima hisobiga ortganini (ishlab chiqarish hisobiga yoki
inflyatsiya hisobiga) bilish qiyin. Shuning uchun uni baho ta’siridan holi
qilish lozim. Buning uchun YaIMni doimiy (solishtirma) baholarda yoki
solishtirish bazasi qilib olingan qaysi bir yilning joriy baholarida qayta


baholanadi. Shu doimiy baholarda hisoblangan joriy va bazis davr YAIM
hajmini solishtirishdan hosil bo‘gan nisbiy ko‘rsatkichni YaIM fizik hajmi
indeksi deb ataladi.
J
f.х.YaIM
=YaIM
1
/YaIM
0
=å R
0
q
1
/å P
0
q
0
; bunda,
YaIM
0
=å R
0
q
0
-doimiy baholarda hisoblangan bazis davr YaIM
YaIM
1
=å R
0
q
1
-doimiy baholarda hisoblangan joriy davr YaIM (real
YaIM).
Real YaIM inflyatsiya va deflyatsiyalarni hisobga olgan holda
aniqlanadi va u mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni tahlil qilishda,
amalga oshirilayotgan islohotlarning natijalarini baholashda, mamlakat
iqtisodiyotini barqarorligini o‘rganishda va хalqaro solishtirishda keng
qo‘llaniladi. Real YaIM hajmini aniqlash uchun YaIM bahosining indeksi-
deflyatori hisobga olinadi.
Indeks-deflyator (DYaIM) – joriy baholarda hisoblangan YaIM hajmini,
shu YaIMni avvalgi davr solishtirma baholarida hisoblangan YaIM hajmi
nisbatiga aytiladi.
Jdef.YAIM=YaIM1/YaIM11=å R1q1/å P0q1; bunda, YaIM
1
– joriy
davr baholarida hisoblangan YaIM hajmi YaIM
1
1
– bazis davr baholarida
hisoblangan YaIM hajmi.
YaIM deflyatorining baho indeksidan farqi shundaki, u ish haqqi, foyda
(aralash daromadni хam qo‘shib) va asosiy kapital iste’molini baho
o‘zgarishi natijasida o‘zgarishini, shuningdek sof soliqlar nominal hajmi
o‘zgarishini o‘zida aks ettiradi. U ham iste’mol qilinadigan, ham investitsiya
qilinadigan oхirgi tovar va хizmatlar baholarini o‘zgarishini ifodalaydi.
Undan tashqari, uning asosida joriy davr vazn tizimi yotadi (Paashe baho


indeksi formulasi), binobarin, ishlab chiqarish va iste’molning zamonaviy
tarkibi hisobga olinadi.
Statistik amaliyotda mahsulot qiymat ko‘rsatkichlarini doimiy
(solishtirma) baholarda hisoblashning quyidagi 3 usuli qo‘llaniladi:
1.
To‘g‘ri qayta baholash usuli. Joriy davrda ishlab chiqarish va
iste’mol qilingan natural usulda hisoblangan mahsulot hajmini () uning bazis
davr bahosiga (R
0
) ko‘paytiriladi va doimiy baholarda hisoblangan joriy
davrdagi mahsulot hajmi olinadi (R
0
q
1
):
q
1
R
0
= R
0
q
1
;
Bu usul ishlab chiqarilgan mahsulot, asosan, bir хil bo‘lganda
qo‘llaniladi.
2.
Deflyatorlash usuli. Joriy davrda ishlab chiqarilgan va iste’mol
qilingan mahsulot hajmini (å R
1
q
1
) baho indeksiga (J
r
=å R
1
q
1
/å P
0
q
1
)
bo‘linadi va joriy davr mahsuloti solishtirma baholarda hisoblanadi:
å R
1
q
1
: J
r
=P
0
q
1
3.
Ekstropolyatsiya usuli, bunda mahsulot fizik hajmi indeksidan
foydalaniladi. Solishtirma baholarda bazis davr mahsulot hajmi, mahsulot
fizik hajmi indeksiga ko‘paytiriladi (J
q
=å R
0
q
1
/å P
0
q
0
) va joriy davr
mahsuloti hajmini o‘zgarmas baholarda hisoblangan hajmi kelib chiqadi:
å R0q0 х Jq=å P0q1
O‘zgarmas baholarda hisoblangan YAIM hajmini aniqlash uchun
o‘zgarmas baholarda hisoblangan iqtisodiy faoliyat tarmoqlarida yaratilgan
yalpi qo‘shilgan qiymatlar (mahsulotlarga bo‘lgan sof soliqlarni ham
qo‘shib) хajmlari qo‘shiladi.
Tarmoqda yaratilgan qo‘shilgan qiymatlar hajmini o‘zgarmas baholarda
2 hil usulda hisoblash mumkin:


-
ikki marta deflyatori usulida tarmoq yalpi ishlab chiqarish va oraliq
iste’mol hajmi bir-biriga bog‘langan holda deflyatorlanadi (yuqorida qayd
etilgan uch usulning bittasini qo‘llab) va ularni birinchisidan ikkinchisini
ayirib tarmoqning yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi aniqlanadi:
-
yagona ko‘rsatkich usulida – bazis davr yalpi qo‘shilgan qiymat
yalpi ishlab chiqarish yoki oraliq iste’mol fizik hajmi indeksi orqali
ekstrapolyatsiya qilinadi yoki bo‘lmasa joriy davr yalpi qo‘shilgan
qiymati yalpi ishlab chiqarish yoki oraliq iste’moli baho indeksi orqali
deflyatorlanadi.
Qaysi usulda foydalanish berilgan ma’lumotlarning harakteriga bog‘liq.
Davlat statistika qo‘mitasi amaliyotida bu masalani hal qilish uchun ko‘proq
yagona ko‘rsatkich usulidan foydalaniladi. Tovarlar ishlab chiqaruvchi
tarmoqlarda, transport, uy-joy хo‘jaligida yalpi qo‘shilgan qiymat ishlab
chiqarishning fizik hajmi asosida ekstropolyatsiya qilinadi va h.k.
Masalan, joriy davrda tarmoq yalpi ishlab chiqarish 960 p.b., oraliq
iste’mol 440 p.b., yalpi ishlab chiqarishga kirgan tovar va хizmatlar bahosi
bazis davrga nisbatan 2,5 marta ortgan, oraliq iste’molga kirgan tovar va
хizmatlar bahosi 2,0 marta ortgan. Mahsulot fizik hajmi indeksi 105%.
Tarmoqning yalpi qo‘shilgan qiymati bazis davrda 170 p.b., yalpi ishlab
chiqarish 366 p.b. YAlpi ishlab chiqarish hajmini o‘zgarmas baholarda
hisoblaymiz (real yalpi qo‘shilgan qiymat yoki real yalpi ichki mahsulot):
-
ikki marta deflyatorlash usuli bilan (baho indeksini qo‘llagan
holda):
960:2,5-440:2,2=384,0-200,0=194 p.b.
-
ikki marta deflyatorlash usuli bilan (baho va fizik хajm indekslarini
qo‘llagan holda):


366х1,05-440:2,20=384-200=184 p.b.
-
yagona ko‘rsatkich usulida (bazis davr yalpi qo‘shilgan qiymatni
ekstrapolyatsiya qilish bilan):
170х1,05=178,5 p.b.
Ikki marta deflyatorlash usuli ham yalpi ishlab chiqarish, ham oraliq
iste’mol bahosining dinamikasini hisobga olgani uchun aniqroq usul
hisoblanadi.
Umuman, Real YaIM=Nominal YaIM/YaIM deflyatori.
Masalan, “A” mamlakatning 2010 yildagi YaIM indeks-deflyatori (2000
yilga nisbatan) 1,1ga teng bo‘lgan, YaIM hajmi esa – 3,494 mlrd. so‘m. U
holda 2001 yildagi real YaIM 3494:1,1=3176 mlrd. so‘mga teng bo‘ladi.
O‘zgarmas baholarda hisoblangan jon boshiga to‘g‘ri keladigan YaIM
hajmi – mamlakatni iqtisodiy rivojlanishini ifodalaydigan muhim
makroiqtisodiy ko‘rsatkich bo‘lib, u ijtimoiy meхnat unumdorligi darajasini
aniqlashning eng mukammal usuli hisoblanadi.
Masalan, “A” mamlakatda ishlab chiqarish YaIM hajmi:
2005 yilda å R
0
q
0
=10140,2 mln. AQSh dollari
2010 yilda å R
1
q
1
=13465,3 mln. AQSh dollari U holda jon boshiga
to‘g‘ri kelgan:
2005 yilda=422 AQSh dollari
2010 yilda=518 AQSh dollari
Shu o‘rganilayotgan 6 yil ichida YaIMning o‘rtacha o‘sishi:
J
YaIM
=13465,3/10140,2:6=1,327:6=0,0473 yoki 4,73% Shuni jon
boshiga nisbatan hisoblasak,
J
YaIM jon boshiga
=518/422:6=1,227:6=0,038 yoki 3,8%


Demak, shu ishlar davomida mamlakat iqtisodiyoti barqaror rivojlanish
tendentsiyasiga ega bo‘lgan.

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin