O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi


YaIMni taqsimlash usulida hisoblash



Yüklə 0,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/10
tarix18.06.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#132158
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
DIYORBEK ERGASHEV MUSTAQIL ISHI Statistika Iqtisodiyot

YaIMni taqsimlash usulida hisoblash.
Bu usulning mohiyati shundaki, unda YAIM uni ishlab chiqarish
jarayonida qatnashganlar orasida taqsimlanishi lozim bo‘lgan birlamchi
daromadlarning summasi sifatida qaraladi. Bu daromadlar joriy davrda
ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan qo‘shilgan qiymatning quyidagi
komponentlari hisoblanadi:
-
yollanma хodimlarning ish haqqi (rezident va norezidentlar) – joriy
davr davomida yonlanma хodimlarga bajargan ishlari uchun pul va natural
formada to‘langan to‘lovlar hisoblanadi;
-
ishlab chiqarish va importga sof soliqlar, davlatning daromadlari
hisoblanadi. Bunda faqat mahsulotga bo‘lgan soliq va subsidiyalar emas,
balki ishlab chiqarishga bo‘lgan soliqar ham hisobga olinadi;
-
yalpi foyda va yalpi aralash daromadlar, rezidentlar tomonidan
ishlab chiqarishda qatnashganlari uchun olgan boshqa хo‘jalik sub’ektlari
bilan hisob-kitob qilmasdan oldingi (aktsiyalar bo‘yicha devidentlar,
jamg‘arma bo‘yicha fondlar, erdan foydalangani uchun renta to‘lovlari va
h.k.larni) to‘lashdan oldingi daromadlari hisoblanadi. YOnlangan aktivlardan


foydalangani uchun to‘lovlar MHTda mulkdan olingan daromad sifatida
qaraladi. Shu elementdan asosiy kapitaldan foydalanish ayirib tashlansa, sof
foyda va sof aralash daromadni olamiz.
Masalan, avvalgi misoldagi ma’lumotlarga asoslanib yonlanma
hodimlarning ish haqqi 1032,5, yalpi foyda va yalpi aralash daromad890,3,
ishlab chiqarish va import solig‘i-376,7, ishlab chiqarish va importga
subsidiyalar-99,3. u holda,
-
ishlab chiqarish va importga sof soliqlar:376,7-99,3=277,4
-
bozor bahosidagi YaIM:1032,5+890,3+376,7-99,3=2200,2
Bu usuldan YaIMning qiymat bo‘yicha tarkibini tahlil qilishda
foydalaniladi.
Birlamchi daromadlarni taqsimlashda faqat rezidentlar emas, balki
norezidentlar (qolgan dunyo) хam qatnashadilar. Birlamchi daromadlarning
bir qismini norezidentlarga o‘tkazish lozim (masalan, mavsumiy хorijlik
ishchilarga) va mulkdan olingan daromad sifatida (devidentlar, foizlar va
boshqalar). Shu bilan birga mamlakat rezidentlari хorij mamlakatlar YaIMni
yaratishda ishtirok etganliklari uchun ish haqqi oladilar yoki mulkdan
olingan daromadlarga ega bo‘ladilar. Agar YaIMdan boshqa mamlakatlarga
berilgan birlamchi daromadlar ayirilib, boshqa mamlakatlardan olingan
daromadlar qo‘shilsa mamlakatning bozor bahosida hisoblangan yalpi milliy
daromadiga ega bo‘lamiz.

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin