Aholi takror barpo bo'lishining brutto-koeffitsienti. Bu koeffitsient har bir ayolning reproduktiv davrida nechta qiz bola
ko'rishi mumkinligini aniqlab beradi hamda quyidagi formula bo'yicha hisoblanadi:
bu yerda: R — aholi takror barpo bo'lishining brutto-koeffitsienti: 5— tug'ilganlar orasidagi qizlaming ulushi (u 0,488 deb qabu! qilingan va ayollarning barcha yosh guruhlari uchun bir xil
49
bo'ladi); X — 15-49 yosh guruhidagi tug'ilish koeffitsientining
15
yig'indisi; fie — yosh guruhlari bo'yicha tug'ilish koeffitsienti.
Ushbu ko'rsatkichning afzalliklari quyidagiJardan iborai: birin-chidan, uning kattaligiga aholining yosh tarkibi ta'sir ko'rsatmaydi, ikkinchidan, u fertil yoshdagi ayollarning yosh tarkibini hisobga oladi. Aholi takror barpo bo'lishini bnitto-koeffitsientining kamchi-ligi feitil yoshdagi ayollarning o'limini hisobga olmasligi hisoblanadi.
Aholi takror barpo bo'lishini yanada to'liqroq tavsiflash uchun netto-koeffitsientidan (Rn) foydalaniladi. U bir ayolning butun hayoti davomida tuqqan qizlarining o'rtachasini anglatadi va qizlarning tug'ilish paytidan onasining yoshiga yeta olishligini ko'rsatib beradi. AhoJi takror barpo bo'lishining netto koeffitsienti aholi soni o'sishining yaqin kelajagini emas, balki mayjud davrdagi tug'ilish va o'lim darajasining umumiy tavsifini o'zida namoyoxi etadi. Uni hisoblash uchun quyidagi forrnuladan foydalaniladi:
R„ = RLx, (9.6)
bu yerda: Rn— aholi takror barpo bo'lishining netto-koeffitsienti; R — aholi takror barpo bo'lishining brutto-koeffitsienti; Lx — onasining yoshigacha yashagan qizlar.
Aholi takror barpo bo'lishining netto-koeffitsienti quyidagi qatorafzalliklarga ega: birinchidan, u o'lim jadvali tuzish davrida ayollarning ayrim yosh guruhlaridagi tug'ilish darajasini hisobga oladi, ikkinchidan, netto-koeffitsientni hisoblashda aholining o'lim darajasi, keyingi yosh guruhigacha yashab qolish ehtimoli hisobga olinadi. Shunday qilib, aholi takror barpo bo'lishining netto-koeffitsienti yangi avlodning eskisining o'rnini bosish jadalligini
tavsiflab beradi, bunda tug'ilish va o'limning mavjud darajada va kelajakda saqlanib qolishining shartlari inobatga olinadi.
Aholi takror barpo bo'lishining netto-koeffitsientini baholash shkalasi qabul qilingan va u 9.1-jadvalda ko'rsatilgan.
Aholi takror barpo bo'lishining netto-koeffitsienti nafaqat ayo-liar, balki erkaklar uchun ham hisoblab chiqilishi mumkin. U o'g'il bolalaming tug'ilish paytida otasining yoshiga eta olishligini inobatga olgan holda har bir erkak o'zidan so'ng qancha o'g'il bola qoldirishini ko'rsatib beradi.
9.1-jadval