O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi


Aholi takror barpo bo'lishining asosiy



Yüklə 1,81 Mb.
səhifə82/125
tarix18.06.2023
ölçüsü1,81 Mb.
#132176
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   125
Abdurahmonov q. X. Abduramanov X. X

9.2. Aholi takror barpo bo'lishining asosiy ko'rsatkichlari
Aholining takror barpo bo'Iishini o'rganishda qator demografik ko'rsatkichlardan foydalaniladi. Ular jumlasiga tug'ilganlar va o'lganlarning mutlaq sonini taqqoslash asosida hisoblab chiqilgan quyidagi ko'rsatkichlar kiradi:
1. Yashovchanlik koeffitsienti yoki Pokrovskiy-Pirl indeksi. Ushbu indeks 1897-yilda rus olimi V.I.Pokrovskiy va 1921-yilda amerikalik olim R.Pirl tomonidan taklif qilingan. Yashovchanlik koeffitsienti quyidagi formula bo'yicha hisoblanadi:
bu yerda: N — vaqtning ma'lum bir davrida tug'ilganlar soni; M— berilgan joydagi vaqtning xuddi shu davri uchun o'lganlar soni.
Mazkur koeffitsient shuni ko'rsatadiki, bir o'lgan odam soniga to'g'ri keluvchi tug'ilganlarning soni ketayotgan avlodlarning kelayoigan yangi avlod tomonidan o'rnini bosishi to'g'risida taxminiy bahoni berish uchun foydalaniladi.
2. Tabiiy o'sish sur'ati koeffitsienti:
bu yerda: n — tug'ilishning umumiy koeffitsienti; in — o'limning umumiy koeffitsienti; S — aholining o'rtacha soni.
Agar n > m bo'lsa, aholining tabiiy o'sishiga, aksincha, n < m bo'lsa, aholi sonining kamayishiga ega bo'lamiz hamda bu aholining toraygan takror barpo bo'lish davriga kirganligi to'g'risida birlamchi xabar beradi.
3. Aholining aylanraa koeffitsienti:

Bu koeffitsient bizga har 1000 kishiga nisbatan aholi sonining o'rtacha yillik o'sishi qancha bo'lishini ko'rsatadi. Masalan, O'zbekistonda I960 yilda aholining aylanma koeffitsienti 39,8%o+6,0%o=45,8%o, 1991 yilda 34,5%o+6,2%o=40,7%o, 2009 yilda esa 23,2%o+4,7%o=27,9%o ni tashkil qilgan.
4. Aholi takror barpo bo'lishining foydalilik koeffitsienti:

U aholi tabiiy o'sish sur'atining uni umumiy aylanmasidagi hissasini ko'rsatib beradi.

Bu shuni anglatadiki, aholi umumiy aylanmasida tabiiy o'sish sur'atining hissasi 30 yil ichida (1960 yildan 1991 yilgacha) 0,04, 2009 yilga esa 0,07 punktga kamaygan, ya'ni aholi o'sishining foydaliligi borgan sari kamayib borgan.
Ushbu barcha ko'rsatkichlar hisoblashning oddiyligi bilan farqlanadi, lekin aholining takror barpo bo'lishi haqida toiiq tasawurga ega bo'lish imkonini bermaydi, chunki ularga quyidagi kamchiliklar xosdir:
A) tug'ilish va o'lim darajalarining turiicha bo'lishiga qaramay
koeffitsientlarning bir xil kattaliklari qo'shiladi. Masalan, tabiiy
o'sish sur'atining koeffitsienti 10%o bo'lganda, u quyidagicha
hisoblanishi mumkin.
Kn_m = 20%o - 10%o = 10%o va
Kn_m = 40%o - 30%o = 10%o,
bunda birinchi holatdagi aholi aylanmasi koeffitsienti 30%o ni tashkil qilsa, ikkinchi holatda u 70%o ga teng bo'ladi.
B) tug'ilganlar va o'lganlarning mutlaq soni kattaligini
yashovchanlik koeffitsientiga hisoblab chiqilayotganda tug'ilish
va o'limiarning umumiy koefiltsientlarini kattaligiga aholining
yosh-jins tarkibi ta'sir ko'rsatadi.
Aholining takror barpo bo'lish xususiyatlari haqida to'la tasawurga ega bo'lish uchun yosh-jins tarkibiga bog'liq bo'lmagan ko'rsatkichlardan foydalanish lozim, Aholining takror barpo bo'lish ko'rsatkichlariga quyidagilar kiradi:

  • tug'ilishning yig'indisi koeffitsienti;

  • takror barpo bo'lishning brutto koeffitsienti;

  • takror barpo bo'lishning netto koeffitsienti; Tug'ilishning yig'indi koeffitsienti bir ayoldagi bolalarning

o'rtacha sonini ko'rsatadi. Mazkur koeffitsient aholi takror barpo bo'lishining birlamchi umumiy tavsiflaridan hisoblanadi, lekin u bir qator kamchiliklarga ega, Xususan:

  • tug'ilishning yig'indi koeffitsienti yangi avlodning takror barpo boiishida, keyinchalik ayollar o'zidan so'ng qoldiradigan qizlar miqdorini ko'rsatib bermaydi. Aytish joizki, bolalami tug'ish ayollarning vazifasi hisoblanadi;

  • tug'ilish paytidagi bolalarni onasining yoshiga yetmasdan, o'zidan avlod qoldirmasdan va bola tug'ish yoshiga yetgan tengdoshlariga nisbatan bolalar sonini qisqartirgan holda qanchasi oiib ketishi mumkinligini e'tiborga olmaydi.

Birinchi kamchilikdan takror barpo bo'lishning brutto-koef-fitsenti, birinchisi va ikkinchisidan netto-koeffitsicnt xolidir.

Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin