Demografiyaning boshqa fanlar bilan o'zaro aloqadorligi. Aholi ko'pgina fanlar uchun umumiy va universal tadqiqot ob'yekti hisoblanadi. Lekin, ularning har biri aynan aholida ushbu fanni qiziqtiradigan jihatlar va munosabatlarni ajratadi hamda o'zining ta'rifini beradi.
Demografiya aholini o'rganuvchi boshqa fanlar tomonidan tuzib chiqiladigan munosabatlarni tadqiq qilmaydi, balki ularning aholini takror barpo bo'lish jarayoniga ta'sir qiladigan jarayonlarini o'rganadi, xolos. Aholining takror barpo bo'lish qonuniyatlarini tushuntirib berish uchun demografiya ushbu fanlar tomonidan o'rnatilgan dalillarni, usullarni oladi.
Quyidagi 1.1-chizmada demografiya fanining boshqa fanlar bilan o'zaro aloqadorligi keltirilgan.
Demografiya tadqiq etish predmeti jamiyat va turli ijtimoiy hodisalar hisoblangan sotsiologiya fani bilan uzviy bog'liqlikka ega. Sotsiologiyadagi kabi, demografiyada ham tadqiqot ob'yekti inson hisoblanadi, lekin ushbu fanlar ijtimoiy jihatdan insonga o'zlarining yondashuvi bo'yicha bir-biridan farq qiladi. Sotsiolog insonni shaxs va individ sifatida, umumiy holda jamiyat a'zosi yoki Uning alohida guruhlarining a'zosi sifatida ko'rib chiqadi
1.1 -chizma. Demografiya fanining boshqa fanlar bilan o'zaro aloqadorligi.
va jamiyat hamda insonning o'zaro ta'-sirini o'rganadi. Dcmografiyada esa inson yashovchi shaxs sifatida, aholi jamlanmasining elementi sifatida ko'rib chiqilib, unda har bir inson umumiylikda o'zining individual jihatlarini yo'qotgan holda qorishib ketadi.
Demografiya iqtisodiyot nazariyasining bir qator qonuniyat-laridan foydalanadi, chunki aholi ishchi kuchini takror barpo etadigan muhim unsurlardan biri hisoblanib, jamiyatning tabiiy asosini tashkil qiladi.
Demografiyaning tarix fani bilan bog'liqligi shundan kelib chiqadiki, bunda barcha demografik jarayonlar tarixiy hodisalar jabhasida o*rganiladi, ya'ni demografik qonuniyatlar ma'lum bir tarixiy tavsifga ega va tarixiy hodisalar hamda dalillarning oqibatlarini o'zida aks ettiradi.
Demografiya huquqshunoslik fani bilan ham uzviy aloqadorlikka ega. Qonuniy hujjatlar aholi va davlatning o'zaro munosabatlarini tartibga soladi hamda demografik jarayonlarning sodir bo'lishiga o'z ta'sirini o'tkazadi.
Demografiya fanining etnografiya bilan aloqadorligi shu bilan belgilanadiki, etnografiya turli xalqlar turmush tarzi va madaniya-tining o'ziga xos xususiyatlarini, demografik jarayonlarga ta'sirini ochib berishga yordam beradi.