O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 1,81 Mb.
səhifə50/125
tarix18.06.2023
ölçüsü1,81 Mb.
#132176
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   125
Abdurahmonov q. X. Abduramanov X. X

Tug'ilishning standart koeffitsientlari



Yosh guruhi

Gutteritlar

Tabiiy tug'ilish minimumi


%0

Reproduktiv
yoshdagi bitta
ayoiga

0/

Reproduktiv
yoshdagi bitta
ayoiga

15-19

300

0,300

-

-

20-24

550

0,550

400

0,400

25-29

502

0,502

377

0,377

30-34

447

0,447

349

0,349

35-39

406

0,406

279

0,279

40-44

222

0.222

155

0,155

45-49

61

0,061

31

0,031

Jarai

2488

12,44

1591

7,955
















Shunday qilib, tug'ilish biologik tabiatga ega demografik jarayon hisoblanib, uning darajasi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish natijasida o'zgarib turadi. O'z navbatida, pushtlilik muayyan sondagi farzand-larni dunyoga keltirishning biologik asosidir. Tabiiy tug'ilish esa kontratseptik vositalardan foydalanmaydigan, abort qilmaydigan, nikohga kech kirish udumlarni qabul qilmagan aholidagi tug'ilish jarayonidir.
6.2. Reproduktiv mayl va uning turlari
Mayl — bu sub'yektning qandaydir ob'yektga nisbatan ma'lum bir faollik va harakat qilishiga moyilligi, tayyorligidir; reproduktiv mayl xulq-atvoming ruhiy regulyatori, turli harakatlarning muvo-fiqligini, ma'lum sondagi bolalarning tug'ilishiga nisbatan ijobiy yoki salbiy munosabatlarni belgilab beruvchi shaxsning moyilligidir.
Reproduktiv mayl — shaxsning farzandning qonuniy yoki-nikohsiz tug'ilishi yoki tug'ilishidan voz kechishiga qaratilgan harakati, munosabati va ruhiy holatlarining yaxlit tizimidir. Ayrim hollarda «reproduktiv mayl» tushunchasi doirasiga farzandning ijtimoiylashuv jarayoni (o'qitish, tarbiyalash, ma'lum ijtimoiy jihatlarga ega bo'lishi) ham kiritiladi. Demografiyaga oid adabiyot-larda «reproduktiv mayl» tushunchasi bilan bir qatorda «generativ mayl» atamasi ham qo'llaniladi. Ushbu mayl turi shaxs maylining alohida ajratilgan unsuri emas, balki shaxsning boshqa intilishlari, ehtiyojlari bilan birga individ yashaydigan ijtimoiy-me'yoriy muhit nuqtai nazaridan talqin qilinadi. Reproduktiv mayl nafaqat aniq bir shaxs, balki yirik (etnoslar, aholining ijtimoiy guruhlari) va kichik ijtimoiy guruhlarga ham xos bo'lib, bular orasida eng asosiysi oilahisoblanadi.
«Reproduktiv mayl» atamasi hissiyjihatdan neytraldir, chunki u o'zida hech qanday baholashni aks ettirmaydi, barcha individlar va nikoh juftliklariga nafaqat o'z oilasi a'zolari sonini anglagan holda rejalashtirayoganlarga, balki bunday rejalashtirishni istama-yotganlarga ham taalluqlidir.
Reproduktiv maylning tarkibi ruhiy komponentlar tartibiga ko'ra quyidagilardan iborat: reproduktiv ehtiyojlar -»■ mayllar -motivlar -+ qiziqishlar -* rejalar -* qarorlar -* harakatlar -* harakat natijalari.
Reproduktiv mayl doirasida tarkibiy jihatdan quyidagilar ajratiladi:

  • bevosita farzand tug'ilishiga qaratilgan may], ya'ai repro­duktiv maylning o'zi;

  • kontraseptiv mayl, ya'ni homila paydo bo'lmasligiga qara­tilgan harakatlar;

  • abort mayli, ya'ni xohlamagan farzand tug'ilishining oldini olish maqsadidagi harakat.

Maylning uchta varianti ham nisbatan mustaqil vazifa va sabablar bilan tartibga solinadi. Reproduktiv maylning o'zi yaxlit reproduktiv davr, ya'ni farzand ko'rish haqidagi qaror qabul qilini-shidan to bola tug'ilguniga qadarbo'lgan davrni amalga oshirishga qaratiladi. Tashqi tomondan qaraganda, kontraseptiv va abort mayli har bir aniq reproduktiv davrni tartibga solish vositalari sifatida xizmat qiladi (homila paydo bo'lishiga yo'l qo'ymaslik, sun'iy abort yo'li bilan homiladorlikni to'xtatish). Biroq, ular bugungi kunda amaliyotda keng qo'llanilmoqda. Shaxsning kontraseptiv va abort maylidagi yo'nalishlar bilan bog'liq holda butun oilaning reproduktiv davri shakllanadi. Mazkur davrda, birinchidan, oiladagi birinchi farzand tug'ilishi eng qulay vaqtini belgilash tushuniladi. Nikohga kirgan vaqt (birga yashay boshlash) bilan birinchi farzand tug'ilgan vaqt oralig'i protegenetik interval deb ataladi. Ikkinchidan, kontra­septiv va abort usullaridan foydalanish rejalari intergenetik intervallar davomiyligini belgilaydi. Intergenetik interval — bu birinchi, ikkinchi va undan keyingi farzandlar tug'ilishi o'rtasidagi vaqt. Va nihoyat, reproduktiv va abort-kontraseptiv rejalar oila shakllanishining yakuniy muddati hamda er-xotinning kerakli deb hisoblagan farzandlar sonini dunyoga keltirishidan keyingi davrdagi mayliga bevosita ta'sir o'tkazadi.

Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin