Reproduktiv mayldagi zaruriy shart — bu pushtlilik bo'lishi, ya'ni farzand ko'rishga fiziologik qobiliyatlilikdir. Er-xotinning bepushtliligi sababli hamda oilada kerakli farzandlar ko'rishning iloji bo'lmaganda bunday oilada yo ajralish yoki farzandlar boqib olish hollari tanlanadi.
Ijtimoiy-iqtisodiy maqomi va etno-demografik tavsiflari bir xil hamda pushtlilikda kamchilik bo'lmagan oilalarda to'liq va noto'liq reproduktiv davrlar mutanosibligi er-xotinning muayyan miqdorda farzand ko'rishga (o'g'il boia qiz bolaga nisbatan) bo'lgan ruhiy (ijobiy yoki salbiy) munosabati bilan belgilanadi.
Reproduktiv mayllarning o'zaro ta'siri doirasida farzandlarga bo'lgan ehtiyoj jarayoni amalga oshiriladi (6.1-rasm).
6.1-rasm. Aholining reproduktiv mayliga ta'sir etuvchi omillar.
Reproduktiv maylning uchta turi farqlanadi: ko'p bolali (5 va undan ortiq farzandga bo'lgan ehtiyoj); o'rtacha bolali (3-4 ta farzandga ehtiyoj) va kam bolali (1-2 ta bolaga ehtiyoj). Reproduktiv maylning ko'p bolali turida farzandlar tug'ilishiga to'la moyillik mavjud, tug'ilishning o'zi esa tabiiy tug'ilishga yaqin yoki to'laligicha mos, deb hisoblaniladi. Ushbu holda noto'liq reproduktiv davrlar maylligi er-xotinning pushtlilik xususiyatlari, abortlar, tug'ilishdan keyingi tozalanish va sut kelishi davrlarining davomiyligi bilan bog'liq.
O'rtacha bolali reproduktiv mayl o'z mohiyatiga ko'ra, oilada farzandlar tug'ilish jarayonini tartibga solish amaliyotini asta-
sekin tadbiq etish natijasida noto'liq reproduktiv davrlar sonining o'sib borishi bilan tavsiflanadi. Va nihoyat, kam bolali reproduktiv maylda abort-kontraseptiv usullardan foydalanish hollari farzand ko'rishga bo'lgan moyillikdan ancha ustun kelib, oilada farzandlar soni va tug'ilish davrlari qattiq nazorat qilinadi. Kam bolali reproduktiv maylning o'ziga xos turi bu farzandsizlikdir, ya'ni bolalarga ehtiyojning yo'qligidir. Ushbu holatda nikoh juftligi va shaxsning mayli faqat abort-kontratseptiv vositalardan foydalanishga qara-tilganbo'ladi.