O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 1,81 Mb.
səhifə59/125
tarix18.06.2023
ölçüsü1,81 Mb.
#132176
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   125
Abdurahmonov q. X. Abduramanov X. X

^ = SЈЈ. (6.4)
Bu yerda: x — besh yillik guruhlar bo'yicha yoshiga ko'ra tug'ilishlar.
Hisoblash natijasida hosil bo'lgan qij'mat shartli avloddagi bir ayolga to'g'ri keladigan farzandlar sonini tavsiflaydi. Shartli avlodlar uchun. hisoblanadigan barcha ko'rsatkichlarning etishmasligi tufayli tug'ilishning yig'indi koeffitsienti asosida tug'ilish daraja-sining tenglashtirilishidagi eng yuqori aniqlikka faqat bir shartda, ya'ni butun hayot davomida shartli avlodni tashkil etuvchi ayollarda bola ko'rishning yoshlar bo'yicha intensivligi, intergenetik va pretogenetik intervallar, bolalik me'yorlari va h.k. hisob-kitob olib borilgan yildagidek saqlanib kelinganda edshish mumkin. Shunga qaramasdan, aytish mumkinki, tug'ilishning yig'indi koeffitsienti tug'ilish darajasi va aholining takror barpo bo'lishini baholovchi eng aniq ko'rsatkichdir. Mazkur koeffitsientning muayyan miqdoriy chegaralarda uzoq vaqt saqlanib turishi aholi soni dinamikasi yo'nalishlarini (o'sishi, barqarorlashishi va qisqarishi) hamda aholining demografik rivojlanish istiqbollarini tavsiflab beradi.
6.7-jadvalda tug'ilishning yig'indi koeffitsientini bahoiash mezoni keltirilgan.
6.7-jadvaldan ko'rinib turibdiki, tug'ilishning yig'indi koef­fitsienti 1,8 dan kamni tashkil qilsa, tug'ilish darajasi juda past, agar u 1,8-2,15 ga teng bo'lsa, tug'ilish darajasi past hisoblanadi va h.k.
Shu bilan birga, ota-onalar avlodi o'rnining farzandlar avlodi bilan oddiy toidirilish't (1:1) real tarzda tug'ilishning yig'indi koeffitsienti birayolga o'rta hisobda 2,15-2,17 tug'ilish chegarasida bo'lganidagina yuz beradi. Tabiiyki, agar tug'ilishning yig'indi koeffitsienti qiymatlari bundan past bo'lsa, u holda aholining takror barpo bo'lishi tartibi torayadi va aksincha, u balandroq qiymatga ega bo'lgan hollarda aholining takror barpo bo'lishi kengayib boxadi.
Endi tug'ilishning yig'indi koeffitsientini baholash mezoni orqali O'zbekistondagi holatga baho berib o'tsak. Ma'lumki, 2008 yiii respublikada tug'ilishning yig'indi koeffitsienti 2,6 ga teng bo'lgan. Bu esa tug'ilish o'rtacha darajada ekanligini, aholining takror barpo bo'lishi kengaygan shaklga egaligini ko'rsatadi.
6.7-jadval
Tug'ilishning yig'indi koeffitsientini baholash mezoni



Tug'ilishning
yig'indi koeffitsienti
qiymati

Tug'ilish darajasi va aholi takror barpo bo'lish tartibining baholanishi

1,8 dan kam

Tug'ilish darajasi juda past, aholining takror barpo bo'lishi tor doirada kechadi.

1,8-2,15

Tug'ilish darajasi past, ushbu darajada uzoq vaqt saqlanib tursa, aholining takror barpo bo'lishi tor doiraga o'tishi muqarrar.

2,15-2.17

Aholining oddiy takror barpo bo'lish chegarasi

2,17-2,4

Ushbu tug'ilish darajasida, hatto o'lim ancha ko'tarilsa ham aholining oddiy takror barpo bo'lishi davom etadi va o'sishi ham kuzatiladi.

2,4 - 3,0

Tug'ilishning o'rtacha darajasi, aholi takror barpo bo'lishining kengaygan shakli va uning muntazam o'sishi kuzatiladi.

3,0 - 4,0

Tug'ilish darajasi o'rtachadan yuqori, aholining takror barpo bo'lishi keng va tez sur'atlarda o'sib boradi.

4,0 va undan yuqoci

Tug'ilish darajasi yuqori, aholining takror barpo bo'lishi keng tarzda kechib, jadal o'sib boradi.




145

Tug'ilishning yig'indi koeffitsienti hisoblariga ko'ra, repro-duktiv yoshdagi barcha ayollar farzand ko'radiiar. Shu o'rinda aytish kerakki, tug'ilishni yig'indi koeffitsientining real nikohiilik, o'lim, bevalik, ajralish. ayrim ayollardagi bepushtlilik hollarini hisobga olgan holda tuzatish algaritmi 1983 yili A.B.Sinelnikov tomonidan tavsiya etilgan. Uning hisob-kitoblari natijalarining ko'rsatishicha, oddiy avlodlar almashinuviga erishish uchun bir samarali nikohga 2,5-2,6 bola to'g'ri kcladigan tug'ilishning yig'indi koeffitsienti qiymati talab qilinadi.


Tug'ilish darajasini ifodalashda farzandlilik koeffitsientining o'rni katta. Farzandlilik koeffitsienti deganda, 0-4 yoshdagi bolalar sonining reproduktiv yoshdagi ayollar (15-49 yosh) soniga nisbati tushuniladi. Ba'zida farzandlilik koeffitsientini hisoblashda sur'at sifatida 0-9 yoshdagi bolalar soni olinadi, maxraj sifatida esa -20-49 yoshdagi ayollar soni olinadi.
Farzandlilik koeffitsienti tarkibiy koeffitsient bo'lishi bilan bir qatorda tug'ilishning yuqorida keltirilgan ko'rsatkichlari tizimiga kirmaydi, biroq u tug'ilishlar soni to'g'risidagi ma'lumotlarning mavjudligi yoki mavjud emasligida yoki bo'lmasa ishonchli emasligida, uning tavsifi uchun foydalanilishi mumkin. Farzandlilik koeffitsienti quyidagi formula asosida hisoblanadi:

Bu yerda: C/WR — farzandlilik koeffitsienti; Ch^ - - 0-4 yoshdagi bolalar soni; W[5A9reproduktiv yoshdagi ayollar soni.
Farzandlilik koeffitsientini tug'ilishni dastlabki baholash va uning darajasini oldindan aytib berish uchun, ayniqsa, aholining tabiiy harakatini hisobga olish yaxshi yo'lga qo'yilmagan, lekin etarli darajada aniq ro'yxatdan o'tkazish ma'lumotlari bo'lgan mamlakatlarda foydalaniladi. Aytish joizki, farzandlilik koeffitsienti tug'ilish ko'p bo'lgan mamlakatlarda yuqori va aksincha tug'ilish kam bo'lgan mamlakatlarda past bo'ladi.

Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin