BMT ning tasnifl bo'yicha tug'ilishning umumiy koeffitsientini
baholash mezoni
Tug'ilish umumiy koeffitsien lining
o'lchami, %0
|
Tug'ilish darajasi tavsifi
|
|
16,0 dan kam
|
past, farzandlar avlodi ota-onalar avlodi to'ldirish uchun ctarli emas
|
o'rnini
|
16,0 24,9
|
o'rtacha
|
|
25,0-29,9
|
o'rtachadan \aiqori
|
|
30,0 - 39.9
|
yuqori
|
|
40,0 va undan yuqori
|
juda yuqori
|
|
6.2-jadvaldan ko'rinib turganidek, BMT ning tasnifi bo'yicha tug'ilishning umumiy koeffitsienti 16,0 %odan kam bo'lsa, shu hududda tug'ilish darajasi past, 30,0 %o va undan baland bo'lsa, tug'ilish darajasi yuqori bo'ladi. Bu tasnif bo'yicha O'zbekistondagi holatni baholaydigan boisak, 2009 yili respublikada tug'ilishning umumiy koeffitsienti 23,2 %oni tashkil etgan va BMT tasnifi bo'yicha tug'ilish darajasi o'rtacha hisoblanadi.
Tug'ilish darajasini baholashda demograf B.Urlanits tomonidan ishlab chiqilgan tasnif ham keng qo'llaniladi (6.3-jadval).
6.3-jadval
B. Urlanisning tasnifi bo'yicha tug'ilishning umumiy kocffitsientini baholash shkalasi
Har 1000 aholiga nisbatan tug'ilganlar soni
|
Tug'ilish darajasi
|
tavsifi
|
10 gacha
|
Favqulotda past
|
|
11-15
|
Juda past
|
|
16-20
|
Past
|
|
21-25
|
O'rtacha
|
|
26-30
|
O'rtachadan yuqori
|
|
31-40
|
Yuqori
|
|
41-50
|
Juda yuqori
|
|
51 va undan yuqori
|
Favqulotda yuqori
|
|
B.Urlanitsning tasnifi bo'yicha tug'ilishning umumiy koef-fitsienti 10 %ogacha bo'lsa favqulotda past, 16-20 %o bo'lsa past, 31,0 %odan baland bo'lsa yuqori hisoblanadi. Bu tasnif bo'yicha O'zbekiston tug'ilish darajasi (23,2 %o) o'rtacha mamlakatlar qatoriga kiradi.
Tug'ilish darajasiga A.Merkov tomonidan ishlab chiqilgan tasnif bo'yicha baho berish ham maqsadga muvofiq (6.4-jadval).
6.4-jadval
A.M. Merkovning tasnifi bo'yicha tug'ilish umumiy koeffUsientini baholash shkalasi
-
Ko'rsatkich bahosi
|
Har 1000 kishiga nisbatan
|
Juda yuqori
|
40 dan yuqori
|
Yuqori
|
31-40
|
O'rtachadan yuqori
|
26-30
|
O'rtacha
|
21-25
|
O'rtachadan past
|
16-20
|
Past
|
11-15
|
Juda past
|
lOgacha
|
6.4-jadvaldan ko'rinib turganidek, tug'ilishning umumiy koef-fitsienti 31,0 %odan baland bo'lsa tug'ilish darajasi yuqori, 11-15 %o atrofida bo'lsa past hisoblanadi. Qiyosiy tahlillar A.Merkov tomonidan ishlab chiqilgan tasnif demograf B.Urlanitsnikiga deyarli o'xshash ekanligini ko'rsatadi. Endi A.Merkov tomonidan ishlab chiqilgan tasnif bo'yicha O'zbekistondagi tug'ilish darajasi (23,2 %0) o'rtacha hisoblanadi.
Yuqoridagi tasniflar bilan bir qatorda demograf olim Z.Pavlik tomonidan ishlab chiqilgan tug'ilish darajasini baholash mezonidan ham foydalaniladi (6.5-jadval).
6.5-jadvaldan ko'rinib turganidek, Z.Pavlik tomonidan ishlab chiqilgan tasnif yuqoridagi tasniflardan keskin farq qiladi. Ya'ni, bu tasnif bo'yicha tug'ilishning umumiy koeffitsienti 17,5 %ogacha
bo'lsa tug'ilish darajasi past, 20,0 %o va undan baland bo'lsa yuqori hisoblanadi.
6.5-jadval
Z. Pavlikning tasnifi bo'yicha tug'ilishning umumiy
koeffitsientini baholash shkalasi
Tug'ilishning umumiy koeffitsienti
|
Tug'ilish darajasi tavsifi
|
17,5 gacha
|
Past
|
17,5-19,9
|
O'rtacha
|
20,0 va yuqori
|
Yuqori
|
Tug'ilishning umumiy koeffitsientidagi surat va maxraj oichamlarini bir-biriga yaqinlashtirish va maxrajdan tug'ilishga bog'liq boimagan aholi qatlamlarini chiqarib tashlashga qaratilgan urinishlar natijasida tug'ilishning maxsus koeffitsienti paydo bo'lgan; ushbu koeffitsient tug'ilishlar soni va reproduktiv yoshdagi ayollar soni mutanosibligini ifoda etib, quyidagi formula yordamida hisoblanadi:
Bu yerda: M^l5.49 — reproduktiv yoshdagi ayollar soni; vt'l5_49 — mazkur aholidagi reproduktiv yoshdagi ayollar ulushi.
Keltirilgan formuladan ko'rinib turibdiki, ushbu ko'rsatkich tug'ilishning umumiy koeffitsienti bilan uzviy bog'liq, ya'ni tug'ilishning umumiy koeffitsientida kasr maxrajida jami aholi qo'yilsa, maxsus koeffitsientda esa reproduktiv yoshdagi ayoilar miqdori ishlatiladi. Agar reproduktiv yoshdagilar doirasida eng ko'p bola tug'adigan ayollar (30 yoshgacha) ko'proq bo'lsa, tug'ilishning maxsus koeffitsienti yuqori, aksincha, aholi tarkibida reproduktiv salohiyati tugab boradigan yoki tugagan avlodlar ko'p bo'lsa, u holda tug'ilishning maxsus koeffitsienti past bo'ladi. 6.6-jadvalda tug'ilishning maxsus koeffitsientini baholash mezoni keltirilgan.
6.6-jadval Tug'ilishning maxsus koeffitsientini baholash mezoni
Reproduktiv yoshdagi har
1000 ta ayolga to'g'ri keladigan tug'ilishlar soni
|
Tug'ilish darajasi tavsifi
|
64 dan past
|
Past
|
64-100
|
O'rtacha
|
101-120
|
O'rtachadan yuqori
|
121-160
|
Yuqori
|
161 va yuqori
|
Juda yuqori
|
6.6-jadvaldan ko'rinib turibdiki, tug'ilishning maxsus koef-fitsienti 64 %odan kam bo'lsa tug'ilish darajasi past, 121 %odan baland bo'lsa yuqori hisoblanadi. Mazkur mezon bo'yicha O'zbekistondagi holatga baho beradigan bo'l'sak, 2008- yili respublikada tug'ilishning maxsus koeffitsienti 84,2 %oga teng bo'lgan. Bu esa, tug'ilishning o'rtacha darajada ekanligini ko'rsatadi.
Tug'ilish intensivligini aniq tarzda baholash uchun alohida yosh guruhlariga ajratilgan ko'rsatkichlardan foydalaniladi. Ular bir yillik yosh guruhlariga nisbatan hisoblanib, yosh tarkibi xususiyatlaridan to'la mustaqil bo'ladi. Biroq, ushbu hisob-kitoblar quyidagi ba'zi cheklanishlarga ega: aholining yosh tarkibiga doir to'g'ri ma'lumotlar faqat aholini ro'yxatdan o'tkazilgan davr uchun olinishi mumkin, ushbu sanadan uzoqlashgan sari tug'ilish, o'lim, migratsiyaga oid statistik ma'lumotlar yordamida hisoblab chiqilgan ko'rsatkichlar bilan bog'liq qayta hisoblarda ba'zi noaniqliklar yuzaga keladi. Shu sababli amaliyotda tug'ilishning yosh guruhlari bo'yicha koeffitsientlari 5 yillik yosh guruhlariga ko'ra hisoblanadi. 20 yoshgacha, 20-24, 25-29, 30-34, 35-39, 40-44 va 45-49 yoshlar. Ayrim hollarda (tug'ilish yuqori bo'lgan hududlarda) tug'ilish koeffitsientini 50 yoshdan yuqori yoshda-gilarda ham aniqlash maqsadga muvoftq.
Sanab o'tilgan yosh guruhlari orasida eng ko'p muammo 20 yoshgacha bo'lganlarda uchraydi. Chunki, nikohlilik maqomiga
ko'ra, bu guruhga kirgan ayollar tarkibi turlichadir. Aftidan, ushbu guruhdagi tug'ilishlarning asosiy qismi 17 va undan yuqori yoshli ayollarga to'g'ri keladi, sababi O'zbekistonda ayollar uchun nikoh yoshi qilib 17 yosh belgilangan. Shunga ko'ra, so'nggi yillarda ushbu guruhga tegishli uchta koeffitsientni qo'llash keng tarqalgan, bu: 15-17, 18-19, 15-19 yoshlar.
Dostları ilə paylaş: |