O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi


Tug'ilish darajasini tavsiflovchi



Yüklə 1,81 Mb.
səhifə55/125
tarix18.06.2023
ölçüsü1,81 Mb.
#132176
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   125
Abdurahmonov q. X. Abduramanov X. X

6.4. Tug'ilish darajasini tavsiflovchi ko'rsatkichlar tizimi
Tug'ilish darajasini tahlil qilish uchun ikki xil ma'lumotlar asos bo'ladi. Birinchisi, bu tug'ilganlarmutlaq soni, onaning yoshi, nikohliligi, tug'ilishning tartib raqami, ikkinchisi, ushbu sonlar taqqoslanadigan aholi guruhlarining mutlaq soni (jami aholi, reproduktiv yoshdagi ayollar, reproduktiv davrdagi ayollarning yosh guruhlari). Mazkur axborot asosida tug'ilish darajasini ifoda-lovchi ko'rsatkichlar tizimi namoyon bo'ladi.
Tug'ilishga oid ma'lumotlarni ishlab chiqish va tahlil qilishda bo'ylama va ko'ndalang tahlil, ya'ni real va shartli avlodlar usullaridan foydalaniladi.
Real avlodlar usuli. Real avlodlar deganda, bir yilda (bir necha yil orasida) tug'ilgan, ya'ni tengdosh ayollar yoki aynan birvaqtda nikohga kirgan ayollar tushuniladi. Tug'ilishni bo'ylama tahlil • qilish usuli turmush sharoitlarining o'zgarishi holatlaridagi rep­roduktiv mayl me'yorlari evolyutsiyasi, aholida avlodlar ijtimoiy-lashuvi nuqtai nazaridan katta imkoniyat va afzalliklarga ega. Mazkur usulning kamchiligi — bu uzoq davr, ya'ni 35 yildan kam bo'lmagan vaqtga oid, aniqrog'i, ma'lum avlodning repro­duktiv faoliyati davridagi tug'ilish haqidagi ma'lumotlaming talab qilinishidir. Shu bois, real avlodlardagi tug'ilish to'g'risidagi ma'lu­motlar faqat retrospektiv kuzatish usuli, ya'ni ayollar orasida tug'il­gan farzandlari soni va qaysi yoshda tug'ilganlari so'rov olib borish orqali to'planadi. Bunday kuzatuv yoppasiga (ro'yxatga olish) yoki tanlanma bo'iishi mumkin.
Ushbu usulda olingan axborotni sharhlashdagi asosiy muam-mo — bu uning haqiqiyligini baholashdir. Birinchi navbatda, bu katta yoshdagi ayollarga tegishli bo'lib, ularning reproduktiv faoliyatini, bir tomondan, ancha oldin tugagan, ikkinchi tomondan, u go'daklarva bolalar o'limi yuqori bo'lib, ko'p bolalarning barvaqt hayotdan ko'z yumgan sharoitlarda kechgan. Qayd qilingan sabablarga ko'ra, real tug'ilishlar haqidagi axborotning bir qismi yo'qolib, yuqori avlodlardagi tug'ilish darajasi pasaytirib ko'rsa-tiladi.
Real avlodlar tug'ilishining ikkita asosiy ko'rsatkichi mavjud. Birinchisi — bu biravlodga mansub ayollarning ma'ium yoshgacha tuqqan bolalari soni. Tabiiyki, yosh ko'rsatkichlarini birlashtiruvchi umumiy ko'rsatkich, bu mazkur avlodga mansub bir ayolning reproduktiv faoliyati (shartli tarzda — 50 yoshga qadar, amalda farzand ko'rish jarayoni uzoqroq davrgacha davom etishi mumkin) tugashiga qadar tuqqan farzandlarining o'rta hisobdagi soni.
Ikkinchi ko'rsatkich kutilayotgan farzandlar soni, ya'ni har bir shaxsning mavjud reproduktiv moyilliklar va aniq hayotiy hodisalarni hisobga olgan holdagi bugungi kunda va kelajakda istagan farzandlar sonini bildiradi.
Kutilayotgan farzandlar soni to'g'risidagi savol an'anaviy tarzda quyidagicha bo'ladi: «Oilangizda hammasi bo'lib nechta farzand bo'lishini xohlaysiz?», «Bor farzandlaringiz bilan birga oilada yana nechta farzand ko'rishni xohlaysiz?», «Oilangizda yana nechta farzand bo'lishini xoh!aysiz?». Odatda, bu •savollar reproduktiv yoshdagi ayollarga (15-49 yosh) beriladi. Tug'ilishning maxsus tanlanma tadqiqotlarida turli yoshdagi ayollarning reproduktiv istiqbollariga doir aniq axborotlarga ega bo'lish maqsadida quyidagi tarzdagi qo'shimcha savollar ham beriladi: «Yaqin 2-3 yilda farzand ko'rish niyatingiz bormi?"; mazkur savol yordamida, ayniqsa, 35 yoshdan katta bo'lgan ayollar reproduktiv rejalarining mustah-kamligini aniqlash mumkin.
Kutilayotgan farzandlar soni haqidagi dastlabki ma'lumotlar 1955-yili AQSHda amerikalik oilalarning demografik istiqbolini tadqiq etish jarayoni da qo'lga kiritilgan. Har bir so'rovda qatnashgan ayolga o'z oilasi taraqqiyotining istiqbolini belgilash taklifi bilan murojaat etilgan. Mazkur individual so'rovlar asosida ilk bor mamlakatning demografik kelajagini tavsiflashga harakat qilingan.
O'zbekistonda mazkur savol 1960-yillarning o'rtalaridan bosh-lab turli aholi guruhlarining reproduktiv moyilliklari, tug'ilishning asosiy sabablaridagi tafovutlarning muhim tavsifi sifatida ko'rib chiqilgan. Reproduktiv rejalar to'g'risidagi savol aholini ro'yxatdan o'tkazish dasturlariga 1979 va 1989-yillarda kiritilgan.
Kutiladigan farzandlar soni haqidagi ma'lumotlar demografik vaziyatdagi istiqbol o'zgarishlarni, tug'ilish dinamikasi va
taqsimlanishining etnik mansublilik, yosh guruhi, yashash hududining turi va h.k. bilan bog'liq holdagi ko'rsatkichlarni baholashda muhim ahamiyatga ega. Shu bois, kutilayotgan farzandlar soniga izoh berish ularni real kogortda tug'ilgan yiliga ko'ra yoki real nikoh kogortida qo'llanishi bilan bog'liq. Kutila­yotgan farzandlar va mavjud farzandlar soni o'rtasidagi farq — bu mazkur kogort vakillarining butun reproduktiv faoliyatlari davrida o'rta hisobda rejaiashtirgan farzandlar sonidir.

Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin