Tug'ilishning birinchi tarixiy tipi ibtidoiy jamoa tuzumidan antik davrgacha boigan oraliqni o'z ichiga olgan. Bu tipga pushtlilikning yuqori pog'onasidagi tug'ilish xos bo'lgan, chunki faqat shunday tug'ilish insonning og'ir sharoitlarda biologik tur sifatida tirik qolishini ta'minlagan. Ushbu davrdagi reproduktiv mayl me'yorlari asosan betartib tarzda ko'payishning biologik qonunlari ta'sirida shakllangan.
Tug'ilishning ikkinchi tarixiy tipi— antik davrdan ishlab chiqarishning agrar usulining barham topishi va industrial-kapitalistik jamiyatning shakllana boshlanishigacha bo'lgan davrni qamrab oladi. Ushbu davrda tug'ilish darajasi yuqoriligicha qolib, u tabiiy jarayondan diniy ta'limot va dunyoviy jamiyat belgilay-digan me'yorlar bilan tartibga solinuvchi ijtimoiy hodisaga aylanib borgan. Nikohdagi individual reproduktiv mayl qattiq nazoratga olinib, oilada farzandlar tug'ilishini rejalashtirish jazolangan. Reproduktiv mayl me'yorlari oiladagi farzandlar sonining shakllanishidagi asosiy omil bo'lgan. Bu davrda o'lim darajasi yuqori bo'lib, ba'zi yillarda oiladagi deyarli barcha bolalar yashab qololmay, o'lavergan. Tug'ilish sonining yuqori bo'Iishiga erta va universal nikoh me'yorlari zamin yaratib, nikohsizlik, nikohni kattaroq yoshlargacha kechiktirish jamiyatda ta'qiqlangan va bunga qarshi ijtimoiy choralar ko'rilgan. Ishlab chiqarish past bo'lgan sharoitlarda bolalar oilada ishchi kuchi hisoblangan, shu sababdan ko'p farzandlilik iqtisodiy jihatdan foydali bo'lib, tug'ilishning yuqori darajada saqlanib turishini ta'minlagan.
Tug'ilishning uchinchi tarixiy tipi— feodal-agrar jamiyatning barham topishi, kapitalistik munosabatlarning jadal rivojlanishi va birinchi jahon urushiga qadar bo'lgan davrni o'z ichiga oiadi.
Ushbu davr demografiya tarixida «dcmografik o'tish davri» deb ataiadi, chunki bu davrda iqtisodiy taraqqiyot natijasida tibbiyot rivojlangan, aholi turmush tarzining sanitariya-gigiena sharoitlari yaxshilangan va taraqqiy etgan mamlakatlarda epidemiologik vaziyat ijtimoiy nazoratga oJingan. Yuqori o'lim darajasi bilan bog'liq aholi sonining kamayishi reproduktiv mayl me'yorlarining qayta ko'rib chiqilishida o'z aksini topdi. Aholi takrorbarpo bo'lishining asosi hisoblangan ko'p bolalik me'yorlari oila doirasidagi tug'ilishlarni muayyan darajada cheklash tomon o'zgarib bordi. Biroq, bu homiladorlikning oldini oiuvchi vositalardan va abort yo'lidan foydalanishga ruxsat berildi, degani emas edi. Oiladagi farzandlar sonini tartibga solishning asosini aksariyat iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda nikohning yevropacha modeli — ya'ni erkak va ayollarda nikohga kirish yoshining asta-sekin ko'tarilib borishi tashkil eta boshlagan.
XIX asr oxiriga kelib ko'pchilik mamlakatlarda shaxsning nikoh, oila hamda farzandlar sonini tanlash va unga erishish sohasidagi huquqlarini kengaytirish uchun kurash boshlandi. Abortlar xususidagi qonunchilik avvalgidek qat'iy bo'lgan. Biroq, tug'ilishni kontraseptik nazorat qilish amaliyoti kengaya boshiadi; bu haqida XIX asr ikkinchi yarmi va XX asr boshlaridagi Yevropa mamlakatlarining tug'ilish darajasiga oid ma'lumotlari guvohlik beradi. Tug'ilish evolyutsiyasining mazkur bosqichi so'ngidagi reproduktiv mayl me'yorlariiii o'rtacha bolalilik me'yorlari sifatida tavsiflash mumkin. Biroq, reproduktiv mayl me'yorlari aholining ijtimoiy guruhlariga ko'ra o'zgarib turishini ham e'tiborga olish lozim. Masalan, ijtimoiy jihatdan sust rivojlangan jamiyat tabaqalariga (qishloq aholisi, iqtisodiy jihatdan qoloq hududlar, aholining ma'lumot darajasi past qismi va h.k.) ko'p bolalik, aholining iqtisodiy jihatdan ta'minlangan va ma'lumot darajasi yuqori bo'lgan qismiga, shuningdek, megapolislar aholisiga kam bolalik me'yorlari xos. Ko'p bolalik me'yorlari, birinchi navbatda, bolalarga iqtisodiy ehtiyoj baland bo'lgan hududlarda saqlanib qolgan. Bu ehtiyoj turli ijtimoiy qatlamlarda susayib borgani sari kam bolalik me'yorlari ustun kela boshlagan.