Tug'ilishlar taqvimi aslida tug'ilishlar makoni, oilada muayyan davrda kutiladigan farzandlar soniga erishish jarayonini tavsiflaydi. U aniqroq ravishda protogenetik va intergenetik intervallar o'lchamlari bilan tavsiflanib, aholini ro'yxatga olish natijalari yoki
ayollar orasida maxsus tadqiqot olib borish yo'li bilan olinishi mumkin. Mazkur holda yosh, nikohga kirish yoshi (sanasi) va farzandlarning tug'ilgan sanalari ketma-ketlikda qayd qilinishi lozim. Birinchi farzand tug'ilgan sanadan onaning nikohga kirish sanasini ayirish yo'li bilan protogenetik interval aniqlanadi. Agar tug'ilish ongli, ommaviy tarzda cheklanmagan va ixtiyoriy farzandsizlik tarqalmagan bo'lsa, u aksariyat hollarda bir yildan oshmaydi. Har keyingi farzandning tug'ilgan sanasidan oldingi farzandning tug'ilgan sanasini ketma-ketlikda ayirish yo'li bilan intergenetik interval qiymatlari hisoblanadi va farzandlar tug'ilgan sanalar bilan onaning tug'ilgan sanasini taqqoslab, onaning har bir farzandini dunyoga keltirganidagi yoshini aniqlash mumkin.
Tug'ilishlar taqvimining barqarorligini aniqlash uchun tug'i-lishning joriy statistik qayd qilinishiga nisbatan qator ko'rsatkichlar qo'llaniladi.
Eng oddiy ko'rsatkich — bu umumiy tug'ilishlar sonidagi har bir navbatdagi tug'ilishning ulushi va u quyidagi formula yorda-mida topiladi:
Bu yerda: Nf ~ i navbatidagi tug'ilishlar soni.
Hisob-kitoblar va umumiy tug'ilishlar onaning yoshi bo'yicha ajratib olib berilishi mumkin. Ushbu holda maxrajda mazkur yoshli onada tug'ilganlar soni, suratda esa mos ravishda o'sha yoshdagi onalarda ushbu navbatdagi tug'ilgan bolalar soni yoziladi.
Keyingi qadam — bu tug'ilishning o'rtacha navbatliligiini hisoblash. U barcha tug'ilishlar uchun quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
Bu yerda: q. — tug'ilish navbatliligi raqami.
Mazkur formula orqali alohida yosh guruhlaridagi ayollar uchun hisob-kitoblar ham olib boriladi, u ham maxrajga ushbu yoshdagi ayollarda tug'ilgan bolalar soni, suratga esa alohida navbatlilikdagi tug'ilishlar soni yoziladi.
batlilikda tug'ilganlarning umumiy soni, suratda esa berilgan yoshdagi onalarda ushbu navbatlilikda tug'ilganlarning yig'indisi yozilib, u mos ravishdagi yosh qiymatlari bo'yicha taqsimlangan bo'ladi:
Xuddu shu usulda har bir navbatlilik uchun o'rtacha tug'ish yoshi aniqlanadi, biroq bu holda formula maxrajida ushbu nav
5 yiluk yosh guruhlan uchun har bir guruh uchun mos ravishdagi yosh qiymatlari quyidagicha: 15-19 yoshdagilarda — 17,5; 20-24 yoshdagilarda — 22,5 va h.k.
Sanab o'tilgan ko'rsatkichlarni tahlil qilish borasida yoshlik davrlarida va quyi tartibdagi sonlarda tug'ilishning eng ko'p to'planishi, albatta, past tug'ilishga va aholining toraygan takror barpo bo'lishiga yo'naltirilgan tendentsiya mavjudligidan dalolat berishini nazarda tutish lozim. Tug'ilish darajasi yuqori bo'lgani sari solishtirma og'irliklarning yosh guruhlari va farzandlar tug'i-lishi tartibi bo'yicha taqsimlanishi kengroq bo'ladi.
Ammo, barcha qayd etilgan ko'rsatkichlar tug'ilishlarning mutlaq miqdoriga, reproduktiv yoshdagi ayollarning yosh tarkibiga asoslanadi. Shu bois, tug'ilishlar taqvimining aniqroq tavsifini tug'ilishningkumulyativkoeffitsienti yordamida berish mumkin.
Akkumulyatsiya yosh koeffitsientlarini ketma-ketlikda qo'yish yo'H bilan amalga oshiriladi. Tug'ilishning kumulyativ koef-fitsientini hisoblash tartibi 6.8-jadvalda keltirilgan.
6.8-jadval