2. Neonatal davr bolaning tug'ilganidan to 28 kunigacha bo'lgan davrni o'z ichiga oladi. Ushbu ko'rsatkich go'dakiar o'limining asosiy qismlaridan biri bo'lib, chaqaloqlarning shu davrga to'g'ri keladigan o'lim salmog'i qancha baland bo'lsa, go'dakiar o'limining darajasi shunchalik past bo'ladi.
Neonatal o'lim quyidagi formula yordarnida aniqlanadi:
Bu yerda: n — neonatal o'lim koefiitsienti; y — 0-27 kunlik davrida oigan chaqaloqlar soni; / — tirik tug'ilgan bolalar soni.
Masalan: 1 kalendar yilida tirik tug'ilgan bolalar soni 1150 nafarni, 0-27 kun mobaynida o'lganlar soni esa 25 nafami tashkil etgan bo'lsin. U holda neonatal o'lim ko'rsatkichi quyidagiga teng:
Neonatal o'lim doirasida ikkita davr ajratiladi: barvaqt va kechki. Barvaqt neonatal o'lim quyidagi formula orqali topiladi:
Bu yerda: p — 0-6 kunlik (168 soat) davrda o'lgan chaqaloqlar o'limi; t — tirik tug'ilgan bolalar soni.
Kechki neonatal o'lim ko'rsatkichi chaqaloqlar hayotining dastlabki 2-4 haftalik davrini o'z ichiga olib, quyidagi formula orqali aniqlanadi:
Bu yerda: 9 — 2-4 haftalik davrda o'lgan chaqaloqlar soni; / — tirik tug'ilgan bolalar soni.
Neonatal o'lim tug'ma nuqsonlar, tug'ilish paytidagi shikast-lanishlar, neonatal davrdan keyingi asfiksiyalar, tug'ma pnev-maniya tufayli yuz beradi.
3. Postneonatal davr.Bu neonatal davrdan keyingi davr bo'lib (28 kundan 1 yoshga to'lgunga qadar), quyidagi formula orqali aniqlanadi:
Bu yerda: to— postneonatal o'lim koeffitsienti; 8—28 kundan 1 yoshgacha bo'lgan davrda o'lgan chaqaloqlar soni; t— tug'ilgan bolalar soni; y — 0-27 kunlik davrda o'lgan bolalar soni.
Endogen omillar bilan ko'proq bog'langan, ya'ni ona salomatligi va homiladorligi davridagi hayot tarzi bilan belgilanuvchi neonatal o'limdan farqli ravishda, postneonatal davrda bola salomatligiga tashqi omillarning ta'siri ortib boradi. Bularjumlasiga parvarish qilish, ovqatlantirish, pediatr xizmatining sifati va h.k.lami kiritish mumkin.