Chaqaloqlar o'limi ko'rsatkichlarini hisoblash usullari. Chaqaloqlar o'limini hisoblash uchun alohida ko'rsatkichlardan foydalaniladi. Ular qatoriga chaqaloqlar o'limining umumiy koeffitsienti kirib, quyidagicha hisoblanadi:
Bu yerda: M — joriy yilda o'lgan chaqaloqlar soni; TV— joriy yilda tirik tug'ilgan go'daklar soni.
Masalan: bir yilda tuman bo'yicha tirik tug'ilgan bolalar soni 1150 nafarni, bir yoshgacha o'lgan bolalar soni 42 nafarni tashkil qilgan bo'lsin. U holda:
Ushbu usulni 2 yil oralig'ida (o'tgan va joriy yillar) tirik tug'ilgan chaqaloqlar soni o'rtacha bir xil bo'lganda qo'llash tavsiya etiladi. Yil davomida 1 yoshgacha o'lgan bolalar soni orasida joriy yilda tug'ilgan bolalar bilan bir qatorda o'tgan yili tug'ilgan bolalar ham bo'lishi rnumkin. Shuning uchun ham 1 yoshgacha bo'lgan bolalar o'limi kattaligini aniq hisoblash uchun 1920 yilda nemis demografi va matematigi Yoxannes Rats (1854-1933 yy) tomoni-dan taqdim etilgan quyidagi usuldan foydalaniladi:
Bu yerda: M'0— joriy yilda bir yoshgacha o'lgan bolalar soni; 2/31V' — joriy yilda tirik tug'ilgan bolalarning 2/3 qismi; 1/3N''1— o'tgan yilda tirik tug'ilgan bolalarning 1/3 qismi.
Masalan: joriy yilda tirik tug'ilgan bolalar soni 1150 tani, bir yoshgacha o'lgan bolalar soni 42 tani, o'tgan yili tirik tug'ilgan bolalar soni esa 1300 tani tashkil qilgan bo'lsin.
Birinchi uncha aniq bo'lmagan usul bo'yicha go'daklar o'limi 1000 nafar tirik tug'ilganlarning 36,5 %oni tashkil etdi, bu esa ikkinchi usulda aniq topilgan o'lim ko'rsatkichidan 4,3 % ko'pligini ko'rsatib turibdi. Xuddi shu usulda chaqaloqlar o'limining ayrim sabablari, masalan, oshqozon-ichak kasalliklaridan yoki zotiljamdan o'lganlar kattaligini hisoblash mumkin. Buning uchun kasr chizig'ining suratiga tegishli kasalliklardan o'lgan chaqaloqlar sonini qo'yib hisoblash kifoya.
Bir yoshgacha bo'lgan bolalar o'limi ko'rsatkichini eng aniq hisoblash usuli — bu R.Bek tomonidan taklif qilingan xalqaro usul hisoblanib. quyidagicha aniqlanadi:
D - M° +MM-Mq) D« ~ N0+ NM-M2) ■ C7.15)
Bu yerda: D0 — bir yoshgacha bo'lgan bolalar o'limi ko'rsatkichi;
M0— joriy yilda tug'ilgan bolalardan shu kalendar yilda o'lganlar soni;
Ml — o'tgan yili tug'ilgan bolalardan joriy kalendar yilida o'lganlarningsoni;
M2— o'tgan yili tug'ilganlardan o'sha yili o'lganlar soni;
N0 — joriy yilda tug'ilgan bolalar soni;
Nl — o'tgan yili tug'ilgan bolalar soni.
Ammo, bu usul nisbatan murakkabligi va ko'p mehnat talab qilganligi uchun ham sog'liqni saqlash amaliyotida keng o'rin olmagan. Odatda, amaliyotchilar yuqoridagi birinchi va ikkinchi usuldan keng foydalanadi.
7.3-jadvalda go'daklar oiimi koeffitsientini baholash mezoni keltirilgan.
7.3-jadval