7.3. Aholi o'limini tavsiflovchi ko'rsatkichlar tizimi Aholi o'limi va hayot davomiyligi tendentsiyalarini tahlil qilishda xuddi tug'ilishdagi kabi ikki turdagi axborot asos bo'ladi. Bulardan birinchilari qatoriga o'lganlarning mutlaq soni va ularning yoshi, jinsi, o'lim sabablariga ko'ra ajratilishi, ikkinchi-lariga esa mazkur sonlarni solishtirish Iozim bo'lgan aholi guaihlarining mutlaq soni (jami aholi, shuningdek, muayyan yoshdagi ayol va erkaklar soni) kiradi. Ushbu axborotlar asosida o'lim holatlari soni va darajasini aniqlovchi hamda kutiladigan hayot davomiyligini hisoblovchi ko'rsatkichlar tizimi yuzaga keladi.
Aholi o'limi va uning darajasini aniqlashda bo'ylama va ko'ndalang tahlil yoki real va shartli avlodlar uslublari qo'llaniladi. Tug'ilishdan farqli o'laroq, o'lim jarayonini tahlil qilishda real avlodlar uslubi keng qo'llaniladi, chunki aksariyat mamlakatlarda ma'lumotlarning etishmasligi muammosi mavjud. Gap shundaki, bir avlod ayollarining reproduktiv maylini sharhlash uchun 35 yil shartli ravishda qabul qilingan va bu aniq repoduktiv davr davomiyligi uchun ma'lumotlar zarur bo'ladi. Bir avlodning o'lishi jarayonini tadqiq qilish uchun esa deyarli yuz yilga oid o'limning yosh guruhlariga doir ma'lumotlar kerak. Ma'lumki, oiim dinamikasi ko'p jihatdan uzoq o'tmishdagi turmush sharoitlarining emas, balki ijtimoiy-iqtisodiy muhitning joriy o'zgarishlari zamirida bo'ladi, faqat chuqur iqtisodiy inqiroz yillari bundan mustasno (urush, ocharchilik, epidemiya davrlari). Ayni vaqtda ushbu qiyinchiliklarni boshdan kechirgan insonlar keyinchalik qulay turmush sharoitlariga erishsalar o'zlarining yo'qotgan sog'liq zaxiralarini qisman tiklashlari mumkin.
Demografiyada aholining o'lim holatini statistik tahlil qilish maqsadida qator ko'rsatkichlar tizimidan foydalaniladi. Shulardan o'lim darajasini baholovchi eng oddiy ko'rsatkich — bu o'limning umumiy koeffitsenti hisoblanib, u quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
Buyerda: M— o'rganilayotgan davrdagi o'lganlarning umumiy soni; R — o'rganilayotgan davrdagi aholining o'rtacha soni.
Mazkur koeffitsient hisoblab chiqishning soddaligi va ma'lu-motning mavjudligi sababli keng qo'llaniladi. Ayni vaqtda, ba'zi millat vakillari hamda kichik hududiy aholi manzilgohlari uchun jins va yoshga oid aniq ma'lumotlarni olishning imkoni bo'lma-ganligi bois o'limning umumiy koeffitsienti o'lim darajasini aniqlash va baholash uchun qo'llaniladigan yagona uslub hisoblanadi.
Mamlakat (hudud) aholisining o'lim darajasini baholashda o'limning umumiy koeffitsientidan foydalaniladi. 7.2-jadvalda o'limning umumiy koeffitsientini baholash mezoni keltirilgan.
O'lim darajasini tavsiflovchi mezonlarni tahlil qilish ularning deyarli bir-biriga o'xshash ekanligini ko'rsatadi. Aytish joizki, bugungi kunda mamlakatlarda aholining o'lim darajasini baholashda bu mezonlardan keng foydalanilmoqda.
O'lim darajalarini o'limning umumiy koefTitsenti yordamida solishtirish jarayonida standartlashtirish uslubi qo'llaniladi. O'z mohiyatiga ko'ra, standartlashtirish — bu indeksli uslubning sodda lashtirilgan varianti yoki o'rtacha ko'rsatkichlarni hisoblashning' oddiy usulidir.
7.2-jadval