O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi


-bob. AHOLI O'LIMI VA HAYOT DAVOMIYLIGI



Yüklə 1,81 Mb.
səhifə62/125
tarix18.06.2023
ölçüsü1,81 Mb.
#132176
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   125
Abdurahmonov q. X. Abduramanov X. X

7-bob. AHOLI O'LIMI VA HAYOT DAVOMIYLIGI KO'RSATKICHLARI
7.1. O'limning demografik mohiyati va uning ttplari
Demografiya fanida o'lim jarayonini o'rganish o'ta murakkab sanaladi, sababi bu sohada biologik va ijtimoiy asoslar o'rtasidagi qarama-qarshiliklar keskin namoyon bo'ladi. Oxir-oqibatda o'lim inson organizmini biologik rivojlanishining g'alabasi sifatida barcha ijtimoiy qonuniyatlardan ustun keladi. Ayni vaqtda inson organizmi jamiyatda yashashi davomida sivilizatsiya yutuqlarining ijobiy jihatlaridan bahramand bo'libgina qolmay, balki atrof-muhitning salbiy ta'sirlaridan mutnazam stresslarga ham uchraydi. Shuning uchun davlatning aholi salomatligi va o'limiga nisbatan olib borayotgan siyosatidagi vazifalar faqatgina sanitariya-epidcmiologik va2iyatni nazorat qilish bilan cheklanib qolmasligi lozim.
Kishilik jamiyati taraqqiyotining har bir bosqichida kuzati-ladigan o'limning miqdor ko'rsatkichlari aholining yoshi va o'lim sabablari bilan bog'liq bo'lgan omillaryig'indisi yordamida aniq-lanadi. Ushbu omillar shartli ravishda endogen va ekzogen omillarga bo'linadi.
Endogen omillar deganda organizmning ichki rivojlanishidan kelib chiqqan holatlar, ekzogen omillar deganda esa inson organizmiga tashqi muhit ta'siri tushuniladi.
O'limning endogen omillari yoki inson organizmida u tug'il-ganidan to o'Iguniga qadar sodir bo'ladigan endogen jarayonlar ko'p jihatdan biologik yoki genetik tabiatga ega va butun organizm yoki uning alohida a'zolarining tabiiy keksayishi bilan bevosita bog'liq. O'limning endogen omillari haqidaso'z borganda insonning biologik organizm sifatida keksayib borishi nazarda tutiladi.
Odamni alohida a'zolarining asta-sekin qarishi va ulardagi potologiko'zgarishlaryosh o'sgan sari rivojlanadi. Tabiiyki, o'lim endogen omillar ta'sirida keksa yoshdagilarda o'zining cho'qqisiga
etadi. Aytish joizki, endogen omillardan sodir bo'ladigan barcha o'lim holatlari faqat keksa yoshdagilarga to'g'ri kelmaydi, ya'ni aynan yoshning o'sib borishi natijasida organizmning biologik yoki jisraoniy eskirib borishi bilan bog'liq emas. Endogen omiliar ta'sirida ba'zi o'lim holatlari insonning yoshlik va bolalik davrida ham kuzatiladi. Bunga irsiy kasalliklar, tug'ma nuqsonlar, genetik buzilish va h.k.larni sabab qilib ko'rsatish mumkin.
«Keksalik» tushunchasining o'zi ham genetik xususiyatlarga ega va u insonlarda bir xil vaqtda sodir bo'lmaydi. Shu sababdan bir xil sharoitda yashab o'tgan insonlarda hayotiy kuchlarning tugash vaqti yoki yoshi ma'lum ko'rsatkich atrofida doimo o'zgarib turadi. Uning maksimal qiymati sifatida hayotning biologik davomiyligi belgilangan bo'lib, u 115-125 yoshni tashkil etadi. Agar endogen omiliar aholining muayyan guruhida o'lim holatlarining taqsimlanishini inson yoshi funktsiyasidan kelib chiqqan holda tartibga solib tursa, ekzogen omiliar, aksincha, bu tartibni buzadi. Chunki, ekzogen omiliar inson yoshiga bog'liq holda sodir bo'lmaydi. Har qanday odam yoshidan qat'iy nazar mazkur omiliar ta'sirining obyektiga aylanishi mumkin. Ular insonning darhol o'limiga sababchi boiishi yoki bo'lmasligi ham mumkin. Biroq, bunday omillarning organizmga o'tkazgan ta'siri juda kam hollarda asoratsiz kechadi.
Ekzogen omiliar insonning yoshligidan o'limiga olib kelmasa-da, organizmning keksayishi jarayonini tezlashtiradi va barvaqt o'iimga sababchi bo'ladi. Mazkur holat o'limning kvaziendogen omili deb ataladi.
Ekzogen omiliar aholining hayot davomiyligi va turmush sifatini tavsiflovchi omil sifatida talqin qilinishi mumkin. Bunda moddiy ta'minlanganlik (daromad, turar-joy va h.k.), sog'liqni saqlash va tibbiy yordam sifati, sanitariya madaniyati, ma'lumotlilik darajasi, atrof-muhitning holati va boshqalar tushuniladi.
Insoniyat yashab kelayotgan muhitning modernizatsiyalashuvi ikki yo'nalishda kechadi: bir tomondan, sivilizatsiya taraqqiyoti inson hayoti davomiyligini qisqartiruvchi omillarni nazorat qilish imkonini yaratadi; ikkinchi tomondan esa, sivilizatsiyaning o'zi taraqqiy etib borishi davomida biologik mavjudot hisoblanuvchi
insonga qarshi bo'lgan, asosan texnogen tabiatga oid ekzogen omillarni keltirib chiqaradi. Ushbu ma'noda, tashqi omillar yig'indisi muntazam ravishda o'zgaradi, murakkablashadi va kengayib boradi. Bir tomondan o'limni ijtimoiy nazorat qilishning kuchayishi, ikkinchi tomondan, ijtimoiy va individual xulq-atvorning shakllanishi ekzogen omillar rolini cheklaydi va aksincha endogen omillar rolini oshiradi.
Endogen va ekzogen omillar ta'sirida o'lim holatlarining yuz berganligi bois, ulardagi o'zgarislilarning yig'indisi ikki xil oqibatga olib keladi. Bular o'limni miqdor ko'rsatkichlarining o'zgarishi (yosh o'sib borgani sayin o'lim holatlarining ko'payishi hamda yoshdan qat'iy nazar o'lim hollarining tez-tez uchrashi) va hayot davomiyligining o'sishi. Mazkur hodisalar demografiyada epidemiologik o'tish deb nomlanadi. Bunda turli yoshdagi o'lim hamda o'lim sabablari intensiv ravishda evolyutsion o'zgarishi nazarda tutiladi. Ushbu holda o'lim sabablari deganda, insonga ekzogen omillar va inson organizmining qarishi jarayoni bilan bog'liq patologiyalarning yuz berish holatlari tushuniladi.
Ekzogen omillar ta'sirida sodir bo'lgan o'lim sabablariga yuqumli va parazitar kasalliklar, baxtsiz hodisalar, zaharlanish va shikastlanish, nafas yo'llari, shamollash, oshqozon-ichak a'zolarining kasalliklari kiradi.
Endogen tabiatga ega bo'lgan o'lim sabablari qatoriga qon aylanish tizimi, endokrin kasalliklar, shishlar, tug'ma nuqsonlar, qon-tomir tizimining shikastlanishi va bir qator boshqa kasalliklar kiradi. Mutaxassislarning fikricha, ko'p kasalliklarning kelib chiqishi aralash tabiatga ega. Buning yaqqol misoli - xavfli shishlar va o'simtalarning paydo bo'lishi. Zero, ularning vujudga kelishi genetik moyillik bilan bog'liq, lekin, ayni vaqtda, ularning tashqi muhit (kantserogen) omillar ta'sirida ham o'sishi aniqlangan. SHuning uchun o'lim sabablarining ushbu guruhi kvaziendogen sabablar qatoriga kiritiladi.
Demografik tarixni davrlashtirish o'limning quyidagi uchta asosiy tipining mavjud bo'lganligini asoslashga yordam beradi:

  1. Arxetip (qadimgi tip);

  2. O'limning an'anaviy tipi;

  3. O'limning zamonaviy tipi.


Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin