dT = 0,5xP20..(7.28)
O'lim jadvali o'limning joriy holati va yosh bo'yicha guruhlardagi dinamikasi tahlilining mukammai vositasidir. O'lim jadvalining yakuniy ko'rsatkichi hisoblangan yangi tug'ilgan chaqaloq uchun kutiladigan hayot davomiyligining ko'rsatkichi ko'rinishida, bir tomondan, o'lim darajasini tavsiflaydi, ikkinchi tomondan esa har qanday mamlakat, hududlarning o'lim darajalarini taqqoslash imkonini beradi, ya'ni bir demografik guruhning boshqasiga nisbatan holatini epidemiologik jarayonlar, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot darajasi, hayot sifati nuqtai nazaridan taqqoslash imkonini beradi. Shu sababdan hayotning kutilayotgan davomiyligi aholi ijtimoiy-iqtisodiy farvonliginingasosiy o'lchamlari sifati deb qaraladi.
Demografiyada alohida olingan kasalliklar bo'yicha umrning o'rtacha uzunligini aniqlash uchun shu kasallikdan o'lganlar sonini dx dan ayirib tashianib, o'lim jadvali tuziladi. Natijada ayrim kasalliklarning umrning o'rtacha uzunligiga ta'siri o'rganiladi.
Nazoratvamuhokamauchunsavollar O'lim jarayoni qanday omillar ta'sirida vujudga keladi?
«Kzaziendogen omillar» deb nimaga aytiladi?
«Epidemiologik o'tish» deganda nimani tushunasiz?
Demografik tarixni davrlashtirish o'limning nechta tipi mavjudligini ko'rsatadi?
O'lim sabablarining dastlabki ro'yxati kim tomonidan tuzilgan?
O'limning umumiy koeffitsicnti qanday aniqlanadi?
Standartlangan o'lim koeffitsientlarini bevosila va bilvosita uslubda hisoblash tartibini tushuntirib beting.
Inson hayotining birinchi yili qanday davrlarga ajratiladi?
«Perinatal o'lim» tushunchasi qanday ma'noni anglatadi?
Barvaqt va kechki neonetal o'lim qanday aniqlanadi?
«Umrning o'rtacha davomiyligi» deganda nimani tushunasiz?
Qisqa o'lim jadvalini tuzish tartibini tushuntirib bering.